Abduhamidov Akramjon Abduvaxabovich

Tug'ilgan yili va joyi: 29.11.1973, Yangiqoʻrgʻon tumani

Ma'lumoti: Oliy, 1997-y. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (kunduzgi)
2000-y. Bank-moliya akademiyasi (kunduzgi)

MEHNAT FAOLIYATI

1993-1997 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi

1997-1999 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mulkning davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanishi va foydalanishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi
1-toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi

1999-2002 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qimmatli qogʻozlar va moliya bozori boshqarmasi bosh iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
1999-2000 yy. - Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

2002-2006 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi

2006-2007 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari maktab taʼlimi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktor oʻrinbosari

2007-2007 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi Turar joy boʻlmagan binolarni ijaraga berish, hisobini yuritish va roʻyxatga olish boshqarmasi boshligʻi

2007-2017 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi moliya, hisob va hisobot boshqarmasi boshligʻini oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi

2017-2022 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi yetakchi inspektori, bosh inspektori,
shoʻba mudiri

2022-2022 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati ijro intizomini taʼminlash shoʻbasi bosh konsultanti

2022- 2023 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati nazorat inspeksiyasi bosh inspektori

2023 y. - h.v. - Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

 

Quyidagilar viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining
asosiy vazifalari hisoblanadi:

 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan moliya-iqtisodiyot, kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli Dasturlarni ijrosini taʼminlash;

viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini,

shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, xizmat koʻrsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

moliya-iqtisodiyot masalalari boʻyicha tegishli vazirlik, idoralar, qoʻmitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini kambagʻallikdan chiqarish va tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari oʻrtasida muloqot oʻrnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yoʻlga qoʻyish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish

va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsilashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablagʻ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti

va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini,

shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xoʻjaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va soʻzsiz amalga oshirishni taʼminlash;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni

qoʻllab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini taʼminlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish

va bartaraf etish choralarini koʻrish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx konyukturasini oʻrganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini taʼminlash boʻyicha kompleks

chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini taʼminlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek yangi mexanizm va tizimlarni joriy qilish;

moliya-iqtisodiyot va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan

chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar koʻrsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini isteʼmol tovarlari

va xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va koʻrgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

“yagona darcha” tamoyili boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi markazlarning va davlat xizmatlari koʻrsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilib borish;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar natijalari asosida tadbirkorlik

va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan koʻrilayotgan

chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga kiritish;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar boʻyicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam oʻtkazish, viloyat hokimligida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;

davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk obyektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini koʻrib chiqish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida

muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash;

investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek investitsiyalash toʻgʻrisida bitimga kiritilgan majburiyatlarning, shu jumladan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilari korxonalarining biznes-rejalari parametrlari bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari

- tadbirkorlik subyektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda yordam koʻrsatish;

erkin iqtisodiy zonalar hududlarining chegaralarini aniqlashtirish va yangi kichik sanoat zonalari barpo etish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etish;

hududning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanishining istiqbolli ustuvor strategik yoʻnalishlari, uzoq, oʻrta va qisqa muddatli prognozlar va hududlarni kompleks rivojlantirish, tuzilmaviy oʻzgartirishlar, iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilish dasturlari asosida hududning sanoat salohiyatini va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

hududning tabiiy xom ashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunligi”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;

shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sigʻimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya koʻlamlarini belgilash - mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yoʻldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash;

agrar sektorda tuzilmaviy oʻzgartirishlar, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash sohalarini chuqur tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;

hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy va moliyaviy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy

va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil etish va nazorat qilish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajadagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ–3152-son qarorlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son va “Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish boʻyicha meʼyoriy xujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 29-martdagi 140-son qarorlariga muvofiq, ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari vazifa va funksiyalarining tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi uchun shaxsiy javobgardir.

 

Quyidagi komissiyalarni boshqaradi:

 

toʻlov muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish

va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash viloyat komissiyasi;

jazoni oʻtash joylaridan ozod etilgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishida yordam koʻrsatish boʻyicha viloyat hokimligi huzuridagi maxsus komissiyasi;

harbiy xizmatga majburlarni zaxiralashtirish masalalari boʻyicha viloyat  komissiyasi;

Qurolli kuchlarda xizmat qilishga chaqiriluvchi yoshgacha boʻlgan va chaqiriluv yoshidagi yigitlarni tayyorlash holatini tekshirish va amaliy yordam berish komissiyasi;

tariflar va uy-joy kommunal xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlar Dasturi bajarilishini monitoringini olib borish viloyat komissiyasi;

viloyat pul-kredit siyosati komissiyasi;

kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha viloyat muvofiqlashtiruvchi kengashi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

 

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan oʻzaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

 

viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi;

viloyat hokimligining moliya bosh boshqarmasi;

viloyat boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi;

viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi;

byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi;

viloyat davlat soliq boshqarmasi;

viloyat statistika boshqarmasi;

viloyat Bandlik bosh boshqarmasi;

Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi;

Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi;

“Oʻzbekinvest” kompaniyasi, “Oʻzagrosugʻurta” AJ, “Kafolat” AJ sugʻurta agentligi viloyat boʻlimi va boshqa sugʻurta kompaniyalari filiallari;

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va barcha tijorat banklari hududiy boʻlimlari;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish hududiy boshqarmasi;

Viloyat hokimligi huzuridagi Elektron hokimiyatni rivojlantirish markazi davlat muassasasi;

“Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati viloyat boʻlimi;

Tovar xom-ashyo birjasi viloyat boʻlimi;

viloyatdagi ulgurji sharob bazalari;

viloyatdagi barcha avtodilerlar va ulgurji savdo bazalari;

viloyat bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi;

“Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi;

Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi;

viloyat hokimligi huzuridagi “Gulchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi;

Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona Direksiyasi.