“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ–2691-son qaroriga muvofiq o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha hokim o’rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va/yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislar, shu jumladan, har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim o’rinbosari kotibiyati to’g’risidagi nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Qishloq va suv xo’jaligi masalalari kotibiyati ishini muvofiqlashtiradi, unga rahbarlik qiladi, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ularni joylarda nazoratini, viloyat qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari ishini tashkil etadi va rahbarlik qiladi.

Hukumat qarorlari bilan belgilangan yo’nalishlar asosida qishloq va suv xo’jaligi tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalarini muvofiqlashtirib boradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, viloyat hokimining mazkur sohaga oid qarorlari, farmoyish, ko’rsatma va topshiriqlari bajarilishining nazorati va ijrosini ta’minlaydi.

Yerlardan samarali foydalanish, uning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo’jaligi qurilishi tashkilotlarini qo’llab quvvatlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloqlarda obodonlashtirish, qishloq aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

Qishloq xo’jaligida muhim material va tabiiy resurslar — ekin maydonlari, sug’orish suvi va ichimlik suvi, yoqilg’i-energetika, mineral xom ashyo va boshqa resurslardan tejamli, samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar ishlarini muvofiqlashtirilib borilishida hokim o’rinbosariga ko’mak berib boradi.

Viloyat hokimi va uning o’rinbosari rahbarligi ostida Qishloq va suv xo’jaligi masalalari kotibiyati masalalari, muammolari va kamchiliklari bo’yicha olib borilayotgan ishlarni tahlil qiladi, hokim va uning o’rinbosariga axborot berib boradi.

Viloyat hokimi yig’ilishlari, hokim soati va boshqa yig’ilishlarga dolzarb vazifalar, muammolar bo’yicha masalalar kiritadi va uni ijrosini ta’minlaydi. Dehqonchilik, chorvachilik, qishloq xo’jalik texnikalari, suv xo’jaligi, kimyolashtirish, urug’chilik, naslchilik, parrandachilik, balikchilik, ilmiy ishlab chiqarish, yer resurslari, o’rmon xo’jaligi va boshqa sohalarni rivojlantirish istiqbollarini ushbu soha rahbarlari bilan birgalikda belgilaydi.

Kotibiyat xodimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, hokimlik xujjatlarini sifatli va o’z muddatlarida tayyorlanishini ta’minlaydi.

Qishloq xo’jalik sohasida kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo’yish, o’quvini tashkil qilish, malakasini oshirish, ularni mukofotlash masalalari bo’yicha takliflar kiritadi.

Fuqarolarning xat, ariza va shikoyatlari bilan ishlaydi va bajarilishini ta’minlaydi.

Hokimlik devonining boshqa tashkiliy ishlarida amaliy yordam ko’rsatadi, kotibiyat xodimlari uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlashga ko’maklashadi.

 

Microsoft Word ko'rinishida yuklab olish (30 KB)