O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash xaqida”gi PQ-2487-sonli qarorini ijrosini ta’minlash  maqsadida 2016 yil 15 fevral kuni viloyat hokimligining 63-sonli qarori bilan 1-ilova viloyat Dasturi, 2-ilova “Sog‘lom ona va bola yili” viloyat Dasturini to‘laqonli va belgilangan muddatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat komissiyasi, 3-ilova viloyat Dasturini ijrosini tahlil qilish va muvofiqlashtiruvchi monitoring guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Jumladan, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida belgilab berilgan 11 ta yo‘nalish asosida keng jamoatchilikni jalb etgan holda 87-banddan iborat viloyat dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida jami  520,0 mlrd so‘m va ekvivalentda 12,6 mln AQSh dollari, shundan 224,8 mlrd so‘m va ekvivalentda 0,167 mln AQSh dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, 256,5 mlrd so‘m va ekvivalentda 1,6 mln AQSh dollari bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari,  22,7 mlrd so‘m tijorat banklarining kreditlari,     16,2 mlrd so‘m va ekvivalentda 10,7 mln AQSh dollari xalqaro tashkilotlar,  moliyaviy institutlar mablag‘lari va grantlar hisobidan amalga oshirish rejalashtirildi.

Joriy yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan dasturning barcha bandlarining ijrosi bo‘yicha tegishli tartibda ish tashkil etildi. Shundan dasturning 27 banlari bo‘yicha barcha manbaalar hisobidan 468,9 mlrd.so‘m va ekvivalentda 144,8 mln AQSh dollari, shundan 204,9 mlrd so‘m va ekvivalentda 63,1 mln AQSh dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, 106,7 mlrd so‘m va ekvivalentda 33,6 mln AQSh dollari bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari, 175,7 mlrd so‘m va ekvivalentda 50,8 mln AQSh dollari tijorat banklarining kreditlari, 0,5 mlrd so‘m va ekvivalentda 0,14 mln AQSh dollari xalqaro tashkilotlar,  moliyaviy institutlar mablag‘lari va grantlar hisobidan amalga oshirilib rejaga nisbatan 90,1 foizni tashkil etdi.

Jumladan, Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va kishlok vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko‘paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish maqsadida:

- Viloyatdagi 12 ta tuman tibbiyot muassasalarining bolalar bo‘limlari va tug‘ruqxona majmualarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha muassasalarga 36004,0 mln.so‘m ajratilib to‘liq rekonstruksiya qilindi.

- 2016 yil oktabr oyida 56 stomatologik uskunalar barcha tuman markaziy poliklinikalariga va barcha shaxar oiaviy poliklinikalariga jami 256 mln 688 ming so‘mga olib kelindi.1 FGDS shaxar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga 47  mln so‘mga berildi. RIA va GIATM NFga 171 mln so‘mlik IVL apparati va Viloyat onkologiya dispanseriga 172 mln. 243 ming so‘lik raqamli ko‘chma rentgen aparati keltirildi.

- RI va GIATM NFning ChRBda mavjud bo‘lgan nosoz tibbiy apparaturalardan 3 ta arrabella , 1 ta kyuvez, 2 elektron tarozi, 1 pulsoksimetr, 1ta Drayger, 1 ta infuzamat  apparati ta’mirlandi

- 2016 yil oktabr oyida Chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limida muddatiga yetmay chala tugilgan 62 ta chaqaloqlarni reanimatsion chora-tadbirlar ko‘rsatilib, og‘ir xolatdan chiqarildi.

- 2016 yil 12 oyi davomida jami bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 3089 nafarni tashkil etdi. Ularning 1563 nafari ginekologik va 1526 nafari ko‘rak bezi xastaliklari bilan murojat etganlarni tashkil etadi.

- 2016 yil 20 sentabr xolatiga  viloyat tug‘ruqxonalarida tug‘ilgan chaqaloqlarning virusli gepatit Vga qarshi 99.6% va BSJga (silga qarshi) 99.5%  nafari emlandi. 2 oylik bolalar orasida OPVga poliomiyelitga qarshi 100,0% hamda 1 yoshli bolalar KPK bilan 99.0%, 6 yoshli bolalar KPKga 99.9% emlandi.

- 2016 yil 2016 yil 11 oyida profilaktik flyuorografik tekshiruvlar rejalashtirilgan tug‘ish yoshidagi ayollarning 52163 nafari (97,5%), 18 yoshgacha bolalarning 81112 nafari (89.9%)   profilaktik flyuorografik tekshiruvdan o‘tkazildi.

- 2016 yil 20 dekabriga kadar  OIV infeksiyasi bilan yashayotgan shaxslarning hayoti sifatini yaxshilash maqsadida 646 nafar bemorlar: shundan 359 nafar kattalar, 287 nafar bemorlar bolalar ARVterapiya usulida davolanmoqda.

- 853 mln 740 ming 800 so‘m mablag‘ sarflanib, 816658 nafar bolalar laboratoriya yo‘li bilan tekshiruvdan o‘tkazildi. 36201 nafar bolalarda  gijja kasalligi aniqlandi. Shundan 0.8% geminolipedoz, 3.6% enterobioz, 0.01% askaridoz aniqlandi. Bemorlarning 96.8% sog‘lomlashtirildi. Xaftalik davomida 332622 nafar 210 yosh bolalarga “Vermoreks” (mebendazol) dori vositasi profilaktika maqsadida ichirildi.  Xaftalik davomida 332622 nafar 210 yosh bolalarga “Vermoreks” (mebendazol) dori vositasi profilaktika maqsadida ichirildi.  Rotavirus infeksiyasiga qarshi 99.7%  emlandi pnevmokokkga 99.3% emlandi,  pentavalent 99,0%  emlandi.

- 1 yoshgacha bolalar orasida rotavirus va pnevmokokkli infeksiyaga qarshi immunizatsiyalash bo‘yicha Rotavirus infeksiyasiga qarshi 99.7% emlandi pnevmokokkga 99.3% emlandi,  pentavalent 99,0%  emlandi.

- VBKTTM gemotologiya bo‘limida 2016 yil 20 sentabriga kadar 48 nafar bemorlar “Utkir leykoz” kasalligi bilan davolanib chikib uz salomatligini tikladilar. 20 nafar bemor “Talassemiya” xastaligi bilan davolanib ularga standart asosida davo choralari olib borildi. 40 nafar Gemofiliya bilan bemorlar davolandi. 8.4 mln sumlik Oktanat, 642 ming sumlik Doksirubitsin dori vositalari sarflandi.

- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida gemorragik kasalliklar profilaktikasi maqsadida barcha tug‘ruq komplekslarini Vitamin K ta’minlash. RIA va GIATM Namangan filiali tomonidan vitamin K rutin qo‘llash maqsadida 400 ta chaqaloqqa qo‘llanildi. Pop tumanida chaqaloqlarga vitamin K ishlatilishi yo‘lga qo‘yildi.  Pop tumanida 1000 dona vitamin K 2 mln 96 ming so‘m mablag‘ga sotib olindi.

- 2016 yil  11  oy davomida  22084  nafar xomiladorlar (2015 y  11 oyda  23923 ta) skrining kurigidan o‘tganligi qayd etildi. Bulardan  17805 nafar xomiladorlar (2015 y  11 oyda 19071 ta) ultratovush tekshiruvidan o‘tkazildi. UTT tekshiruvidan o‘tkazilgan xomiladorlarning 363 (2,0%) nafarida (2015 y 11 oyda 400 ta) rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari aniqlangan. RTN aniqlangan  363 nafar xomiladorlarning  290  nafari (79.8%) turli anomaliya (2015 y  11 oyda  321 ta)  va  73 nafari (20,1%)  akusherlik patologiyani (2015 y 11 oyda 79 ta) tashkil qiladi. Tug‘ma nuqson aniqlangan  363 nafar xomiladorlarni  358 nafari  (98,6%) to‘xtatishga yuborildi.  Tuxtatishga yuborilgan  358 nafar xomiladorlardan  353  nafari (98,6%) nafarida (2015 y 11 oy 389 ta) xomiladorlik to‘xtatildi va xabarnomalari olindi. Shuningdek skrining ko‘rigidan o‘tgan 3612 nafar (22,5%) xomilador AFP|XG ga qon topshirdi (2015 y 11 oyda 2352 ta). Ulardan 1608 nafari  (44,5%)  xavfli guruxga qayd etilib nazoratga olindi (2015 y  11 oyda  984 ta). 135 nafar (123 nafar xomiladorlar, 12 nafar TYoA) TORCH infeksiyaga tekshirildi va xavfli guruxlar ajratilib  davolanishga yuborildi. 

- Erta turmush qurishni oldini olish va erta turmush qurishning asoratlari borasida 1493 ta ma’ruza, 217 davra suhbati, 5431 suhbat tashkillashtirilib, 125642 nafar qatnashchi qamrab olindi. Tadbirlarning 419 tasi kollejlarda, 615 tasi maktablarda, 3 ta oliy o‘quv yurtlarida, 5496 tasi maxallalarda va 608 ta boshqa joylarda tashkillashtirildi. Ommaviy axborot vositalari orqali televideniye 3ta, radio77 ta chiqishlar, 8 ta maqola, 6287ta buklet va 6239 ta varaqalar tarqatildi xamda 172 videoroliklar namoshiy etildi.

Shu bilan bir qatorda dasturga muvofiq,

- Viloyatning olis qishloq joylarida “Go‘zallik saloni”, modalar atelesi, elektromaishiy texnikalar va oyoq kiyim ta’mirlashni o‘z ichiga qamrab olgan 13 ta namunaviy maishiy xizmat komplekslari foydalanishga topshirildi.

- Viloyatning barcha tumanlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha 911 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joriy yilning avgust oyidafoydalanishga topshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida davrida 245,1 mlrd.so‘mlik (100,0%) qurilish ishlari amalga oshirildi.

- Namunaviy loyihalar asosida quriladigan uy-joylarni tashqi elektr ta’minoti uchun 19 km elektr uzatish havo tarmog‘i  va 28 komplekt transformator punkti qurildi. 27-ta massivdagi namunaviy loyiha asosida qurilayotgan  911 ta uy joylardan 18 ta massivdagi 762 xonadonga tabiiy gaz bilan gazlashtirish uchun 30,6 km gaz tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan, bugungi kunda 19,85 km gaz tarmoqlari tortildi.

- Namangan shahri va 11 ta tumanlarda tashkil etilgan” Ayollar maslahat markazlari” faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida taqsimotda ko‘zda tutilgan 100,0 mln.so‘mga 12 ta kompyuter jamlamasi (printer bilan), 24 ta kitob jovoni, 48 ta stol, 120 ta stul, 12 ta yumshoq mebel, shuningdek, 12 ta telefon apparatlari, 12 ta televizor, 12 ta gilam va 12 ta stol ish jihozlari olib berildi. Mazkur maqsadda 100,0 mln.so‘m mablag‘ sarflandi.