O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan 2016 yilda jami 8 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 10 ta loyihasi bo‘yicha 15,6 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.

Dastur doirasida yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 15,6 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 25,4 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda
25,5 mlrd.so‘mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi. Shu bilan birga, iqtisod qilingan valyuta miqdori 4312,3 ming dollarni tashkil etdi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko‘rilganda: Namangan shahridagi “Mexmash” AJda 1610 tonna shurup, “Namangan rezina plast” ShKda 32,7 ming kv.m konveyer lentalari, “Namterm” ShKda 35 ta Shkaf “ShRU-M”, va  “Nam lider lityo servis” MChJda 13916 dona non qoliplari hamda Uychi tumanidagi “Extra Primer Bat” MChJda 1330 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida yanvar-sentabr oylari yakuni bilan belgilangan prognoz topshiriqlari 162,6 foizga bajarildi.

Dasturga 2017-2019 yillarda mahalliy xom ashyo negizida mahsulot ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida hududlar potensialini o‘rgangan xolda 32 ta korxonaning 93 ta loyihasini dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Hozirda mazkur loyihalardan 2 tasi Vazirlar mahkamasining VM 231-sonli (08.07.2016) hamda VM 334-sonli (30.09.2016)  qarori bilan dasturga kiritildi.

Shuningdek, O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi PQ 2698-sonli qaroriga asosan 2017-2019 yillarda amalga oshirish uchun mahalliylashtirish dasturiga 23 ta yangi loyihalar kiritildi.