Ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni  ijtmoiy ximoyalash, qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi  sa’y-harakatlarda Xotin-qizlar qo‘mitalarining  faol ishtiroki  bor. Ayni kunda  har bir tumanda  xonadonlarga kirish  orqali  kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lganlar qaytadan o‘rganilyapti. Ularga alohida e’tibor qaratilyapti, mavjud muammolari o‘rnida  bartaraf etilib, uy-joyga muhtojlar ruyxati shakllantirilyapti. Shuningdek, hududlarda aniqlangan  bo‘sh, foydalanmay yotgan binolarni  qayta ta’mirlab  uy-joyga muhtojlarga doimiy yashash uchun   berish choralari ko‘rilmoqda.

Namangan shahrida  joriy yilda ehtiyojmand oilalar uchun 14 ta ko‘p qavatli  turar-joy qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularni 1-qavatidan   uy-joyga muhtoj 28 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga doimiy   boshpana sifatida   ajratish mo‘ljallanyapti.

Chortoq  tuman Xotin-qizlar ‘mitasining bo‘sh binolarni nogironligi bo‘lgan  uy-joyga muhtojlarga ajratish haqidagi  taqdimnomasiga asosan tuman hokimligining   ishchi guruhi taqdim etilgan ob’ektlarni   qaytadan o‘rganib xulosa bermoqda. Shunga ko‘ra, tuman hokimligi  Oyqiron maishiy xizmat kasb-hunar kollejining   foydalinmayotgan 3 qavatli  o‘quvchilar yotoqxonasini nogironligi bo‘lgan  uy-joyga muhtojlarga berishni lozim topdi.  Joriy yil Navro‘z bayrami arafasida 10 ta nogironi bor oila shu uylarga joylashtiriladi, yil davomida  nogironligi bo‘lgan yana  20 ta oilaga yangi   xonadonlar topshiriladi. Hozirda ana shu maqsadda zamonaviy ta’mirlash,  tayyorgarlik  ishlari ketmoqda.

***

Yangiqo‘rg‘on  tumanidagi Iskovot madaniyat va aholi dam olish  maskanida  ijtimoiy himoyaga muhtoj  xotin-qizlar va bitiruvchi yoshlarni  qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi  rolini oshirish, bandligini ta’minlash maqsadida  tashkil etilgan tadbir ham ko‘tarinki ruhda bayramona  o‘tdi.  Undan xunarmandlar, kasanachilar, oilaviy tadbirkorlar va fermerlar tomonidan  ishlab chiqilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘rin oldi. Shu orqali 100  nafar  kam ta’minlangan, maxsus hisobdan chiqarilgan oilalarda yashovchi   xotin-qizlar o‘rtasida    usta-shogird, mehnat bilan banldikni ta’minlash yo‘llari targ‘ib qilindi va bu haqida keng tushunchalar, bo‘sh ish  o‘rinlari bo‘yich aniq ma’lumotlar   berildi.

Asosiysi,  xotin-qizlardan 23  nafari  taklif etilgan   bo‘sh ish o‘rinlardan o‘zlari uchun ma’qulini tanlashdi va  ishlash   istagini bildirishdi. 

Axborot xizmati