Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Xalq orasiga kirish, aholi bilan yaqindan muloqot o‘rnatish hamda ularning qiynayotgan muammolari, dardini eshitib, og‘irini engil qilishga ko‘maklashish bugungi kun rahbar xodimlari, mutasaddi idoralarning eng muhim vazifalaridan biriga aylandi. SHu maqsadda Majburiy ijro byurosi rahbar mutassaddilari tomonidan joylarda sayyor qabul tashkil etilmoqda.

Serbiyalik 51 yoshlik mutaxassis Deyan Jurjevich 3 kun avval iste’foga chiqarilgan Andrey Kanchelskis o‘rniga “Navbahor” klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Mamlakatimizda yoshlar borasida olib borilayotgan barcha islohotlar, shubhasiz, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashga intilgan, mamlakatni isloh qilishda namuna ko‘rsata oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni  bartaraf etish hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish maqsadida tumanlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyati Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi Iqtisodiy dasturlar bo‘limi rahbari Dmitriy Pugovkin boshchiligidagi delegatsiya 19 iyun kuni Namangan viloyatiga keldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Sodiqjon Alijonovich Berdialiev Namangan viloyatida sayyor qabul o‘tkazadi. Sayyor qabul 2019 yilning 25 iyun, seshanba kuni soat 10-00 dan 16-00 ga qadar Byuroning Chortoq tuman bo‘limi binosida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etadi. Sayyor qabul davomida aholi va yuridik shaxslarning sohaga oid muammolari, taklif va mulohazalar tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘riladi.

 

Arxiv

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech