Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Rapiqov Toxirjon Yuldashbayevich

Tug'ilgan vaqti va joyi: 08.11.1974, Namangan viloyati, Chust tumani

1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi agromuxandis.

MEHNAT FAOLIYATI 

1991-1996 yy. - Namangan sanoat texnologiya instituti talabasi

1996-1997 yy. - Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisi

1997-1998 yy. - Chust tumani qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

1998-1999 yy. - Harbiy xizmatda

1999-2000 yy. - Chust tumani qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi

2000-2001 yy. - Chust tumanidagi statistika va hisoblash ishlari markazi bosh mutaxassisi

2001-2003 yy. - Chust tumani statistika va hisoblash ishlari markazi boshlig’i

2003-2005 yy. - Chust tumani statistika bo’limi boshlig’i

2005-2007 yy. - Chust tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari

2007-2009 yy. - Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi rahbari

2009-2016 yy. - Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani hokimi

2016-2019 yy.  - Mingbuloq tumani hokimi

2019 y.  -  h.v. - Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari

 

 

Quyidagilar viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg’or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko’rish, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, bo’g’inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo’jaligini, suv xo’jaligini va o’rmon xo’jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish
chora-tadbirlarini ko’rish;

 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug’lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko’rsatish tarmog’ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko’paytirish;

urug’chilik va selektsiya ishlarini rivojlantirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o’z yo’nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o’zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

Viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;

irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi;

qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyalari;

gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi;

viloyat suv nazorat inspektsiyasi;

viloyat “Davsuvxo’jaliknazorat” inspektsiyasi;

don mahsulot korxonalari;

viloyat “Mashina traktor parklari birlashmasi” aktsiyadorlik jamiyati;

“O’zagrolizing” viloyat filiali”

“Hududiy paxtasanoat” AJ

“Davurug’nazoratmarkazi” viloyat bo’limi;

viloyat chorvachilikda naslchilik inspektsiyasi;

Davlat o’rmon xo’jaligi viloyat boshqarmasi;

viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;

“O’zdaverloyiha” viloyat filiali;

viloyat “Pilla” tashkiloti;

viloyat “G’o’za urug’chiligi” birlashmasi

“O’zagrokimyohimoya” AJ hududiy tashkiloti;

O’zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti viloyat filiali;

viloyat fermerlar kengashi;

viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi;

viloyat veterinariya boshqarmasi;

Respublika “Sifat” markazi viloyat bo’limi;

mintaqaviy paxta terminallari;

O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining viloyat bo’limi;

viloyat o’simliklar karantini davlat inspektsiyasi;

“O’zdavdoninspektsiyasi” viloyat bo’limi;

viloyat “Davtexnazorat” inspektsiyasi;

viloyatdagi fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi muqobil mashina traktor parklari, suv iste’molchilar uyushmalari, biolaboratoriyalar, omuhta-em, yoqilg’i-moylash va mineral o’g’it shaxobchalari, “Agrotexservis MTP” MCHJ

barcha yo’nalishdagi fermer xo’jaliklari.

 

Microsoft Word shaklida ko'chirib olish (40 KB)

 

Arxiv

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech