Chop etish

Namangan viloyatining statistik axborotnomasi viloyatning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar holatini kompleks tavsiflovchi Namangan viloyat statistika boshqarmasining choraklik nashri hisoblanadi. Statistik axborotnomada 2018 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari boʻyicha viloyatning asosiy statistik koʻrsatkichlari chop etilgan.

Ushbu nashrda 2017 yilning I choragidan boshlab, hisobot davri uchun statistik koʻrsatkichlar Yevropa hamjamiyatining Iqtisodiy faoliyat turlari statistik tasniflagichiga (NACE Rev.2) asoslangan hamda iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT–2) boʻyicha shakllantirilgan va taqdim etilgan.

Shu bilan birga, mavjud iqtisodiy faoliyat turlaridan foydalanishda
IFUT-2 talablari qoʻllanilgan. Hususan, foydalanilayotgan yoki qaytaishlanayotgan mahsulotlarni ularning yangi turlariga qayta shakllantirishga yoʻnaltirilgan barcha faoliyat turlari ishlab chiqarish jarayonlariga kiritilgan:

Qayta ishlab chiqarish sanoati, elektr bilan taʼminlash vasuv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish, qurilish (tasniflagichning B,C,D,E,F seksiyalari). Qishloq xoʻjaligiishlab chiqarishini, iqtisodiyot tarmogʻi sifatida talqin qilishdagitafovutni bartaraf etish maqsadida, yangilangan tasniflagichda qishloq xoʻjaligi faqatgina dexqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga olmay, balki oʻrmon va baliq xoʻjaliklari mahsulotlarini ham oʻz ichiga oladi (Seksiya A “Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi”).

Shuningdek, xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq iqtisodiy trendlarni yanada aniqroq tahlil qilish maqsadida, Yalpi hududiy mahsulot tuzilmasidagi iqtisodiy faoliyat turlarining ulush koʻrsatkichlari yalpi qoʻshilgan qiymatga nisbatan keltirilgan (yaʼni, YAHM hajmidan mahsulotlarga soliqlar va subsidiyalar chiqarib tashlangan).

Nashr 12 ta tematik qismlardan tashkil topgan boʻlib, u asosiy makroiqtisodiy indikatorlarni, shuningdek yalpi hududiy mahsulotni ishlab chiqarish, korxonalar va tashkilotlar, jumladan kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyati, investitsion faollik, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, sanoat,qurilish, bozor xizmatlarining rivojlanish dinamikasi toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini oʻz ichiga oladi.

Statistik axborotnomada sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, transport, ichki va tashqi savdo, ulgurji va chakana savdo, mehnat bozori va demografik holat toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar keng yoritilgan.

 

Асосий иқтисодий кўрсаткичлар 2018 йил 3-chorak (word 9,45MB)

Асосий иқтисодий кўрсаткичлар 2018 йил 3-chorak (pdf 4,13MB)

Асосий иқтисодий кўрсаткичлар 2018 йил 3-chorak uchun (Microsoft Excel 664 KB)