Chop etish

Inamov Okibjon Odiljonovich

Tug'ilgan yili va joyi: 03.07.1984, Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani

Ma'lumoti: Oliy, 2008 y. Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti

MEHNAT FAOLIYATI

1998-2001 yy. - Uchqo‘rg‘on iqtisodiyot va tadbirkorlik kolleji talabasi

2002-2005 yy. - Namangan viloyati Statistika bosh boshqarmasi boshlig‘ining yordamchisi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy faoliyat bo‘limi 1-toifali mutaxassisi

2005-2006 yy. - Namangan viloyati Statistika bosh boshqarmasi sanoat statistikasi bo‘limi etakchi  mutaxassisi

2006-2007 yy. - Namangan viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi investitsiyalar va investitsiya dasturlari bo‘limi 2-toifali mutaxassisi

2007-2011 yy. - Namangan viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi sanoat, kommunikatsiyalar tizimlarini va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi etakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi

2012-2012 yy. - Namangan viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

2012-2013 yy. - Namangan viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi sanoat, kommunikatsiyalar tizimlarini va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

2013-2014 yy. - Namangan viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari

2014-2016 yy  - Namangan viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i

2016-2017 yy  - Viloyat hokimligining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri

2017-2018 yy. - Investitsiyalar bo‘yicha Namangan viloyati hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i

2018-2019 yy. - Namangan viloyati Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i

2019-2019 yy. - Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

2019-2019 yy. - Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi

2019 y.  x.v      - Namangan viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i

 

Quyidagilar viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizm sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ushbu sohalardarespublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;

investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizm masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalarning hududiy tuzilmalari va boshqa viloyatdagi tashkilotlarning ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

shahar va tuman hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizm masalalari bo‘yicha mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rib borish;

tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

 

investitsiya masalalari bo‘yicha:

 

chet el investitsiyalarini jalb qilish va viloyat hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va viloyat hokimi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda respublika vazirlik va idoralariga kiritib borish;

viloyatning investitsiya dasturlarini, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha shakllantirishda qatnashish, kelishish va monitoringini amalga oshirish, chet el investitsiyalari, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashish vositalarini jalb qilish uchun viloyatning investitsiyaviy takliflari bazasini yuritish ishlarini nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasining chet mamlakatlar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlar moliya institutlari, etakchi xorijiy kompaniyalar va bank tuzilmalari bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalari asosida viloyatda amalga oshiriladigan vazifalar ijrosini ta’minlash;

tarmoq investitsiya dasturlari, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlari, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari asosida viloyatga chet el, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etilishi bo‘yicha belgilangan tadbirlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash;

investitsiya loyihalari bajarilishining borishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatining, shuningdek investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishining tahlilini o‘tkazish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritish asosida viloyatga jalb etilayotgan chet el investitsiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

O‘zbekiston Respublikasida va chet ellarda xorijiy investorlarga viloyatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng axborot berish maqsadida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarida viloyat nomidan qatnashish;

innovatsiya masalalari bo‘yicha:

 

barcha sohalarda ilmiy va texnologik salohiyatni, innovatsion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;

qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga, ijtimoiy sohani, shu jumladan ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga,atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish tadbirlari ijrosini ta’minlash;

viloyatning hududiy dasturlari ishlab chiqilishida nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalarni shakllantirishga alohida ahamiyat qaratish;

xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha:

 

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkningdarajasi va rolini oshirish;

xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkillashtirish;

qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiya ishlarini tashkil etish;

xususiylashtirilgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tahlili asosida ishlamayotgan, kam quvvatli va iqtisodiy nochor korxonalarni, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan ob’ektlar va er uchastkalarini aniqlashda soliq, iqtisodiyot va statistika organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’ektlar, mavjud ilgari xususiylashtirilgan korxonalarning ishlamayotgan va kam samaraliligiomillari va sabablarini aniqlash ishlarini tashkillashtirish;

ishlamayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar va er uchastkalari bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqishni tashkillashtirish va «yo‘l xaritalari»ni amalga oshirishni ta’minlash;

xususiylashtirilgan korxonalar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklari kreditlari ajratilishida ko‘maklashadi;

xususiylashtirilgan korxonalar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini ishbilarmonlik asoslari va biznes-reja ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa mavzular bo‘yicha o‘qishini tashkil etish ishlarini nazorat qiladi;

ilgari xususiylashtirilgan bo‘sh turgan, samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar va ishlab chiqarish maydonlari negizida tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi jarayonlar tahliliasosida ularni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi.

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari:

viloyatdagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat yuritishini tashkillashtirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarini shakllantirish hamda ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

investitsiya loyihalarini tanlash va ularni amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish ishlarini tashkillashtirish;

tadbirkorlik sub’ektlarini tanlab olish va ularni kichik sanoat zonalarida joylashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasi funksiyalarini amalga oshirish;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga er maydonlari taqdim etish to‘g‘risida qarorlar loyihalari ishlab chiqilishi va viloyat hokimiga kiritilishini ta’minlash;

davlat mulki bo‘lgan ishlamayotgan korxonalar va bo‘sh yotgan mol-mulklarni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda «nol» xarid qiymati bo‘yicha sotish choralarini ko‘rish;

erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini ko‘rib chiqish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash;

investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek investitsiyalash to‘g‘risida bitimga kiritilgan majburiyatlarning, shu jumladan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilari korxonalarining biznes-rejalari parametrlari bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari –  tadbirkorlik sub’ektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda yordam ko‘rsatish;

erkin iqtisodiy zonalar hududlarining chegaralarini aniqlashtirish va yangi kichik sanoat zonalari barpo etish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etish.

turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha:

viloyatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi amalga oshirilishini ta’minlash;

turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlari marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tarixiy-madaniy merosni teng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan turizm sohasida faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish, viloyatning turistik imiji jalb etuvchanligini saqlash va rivojlantirish, viloyatning turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turistik bozorlarga jadal yo‘naltirish ishlarini tashkillashtirish;

turizm sohasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini ta’minlash, viloyatda turistik xizmatlarni jadal rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish hamda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan zamonaviy turistik infratuzilmani tashkil etish;

belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq turistik infratuzilma ob’ektlarining sanitariya holatini qo‘llab-quvvatlash va saqlash, madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish bo‘yicha obodonlashtirish organlari ishlarini muvofiqlashtirish;

viloyatda turistik faoliyatni rivojlantirishni ta’minlash, viloyat hududida yangi turistik yo‘nalishlar tashkil etilishiga ko‘maklashish, turizm ob’ektlari va turizm yo‘nalishlarining yagona reestrlarini shakllantirish;

eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, viloyat hududi bo‘ylab harakatlanish vaqtida turistik xizmatlarni tashkil etish va ko‘rsatishda turistlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, turizm ob’ektlariga tashrifni tashkil etish, viloyatda mehmon uylari reestrini yuritish, mehmon uylari va ularning xizmatlari belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish yuzasidan vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

viloyatda turizmni rivojlantirishga, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirishga to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, viloyatda turizm sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

 

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi

 

qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha Idoralararo komissiyasi;

viloyatda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashi;

qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

 

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

 

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi;

hududiy innovatsiyalarni rivojlantirish markazi;

Hususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi.

O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyatdagi boshqarmasi;