Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini tasdiqlash xaqida”gi PQ-2487-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 15 fevral kuni viloyat hokimligining 63-sonli qarori bilan 1-ilova viloyat Dasturi, 2-ilova “Sog’lom ona va bola yili” viloyat Dasturini to’laqonli va belgilangan muddatlar ijrosini ta’minlash bo’yicha viloyat komissiyasi, 3-ilova viloyat Dasturini ijrosini tahlil qilish va muvofiqlashtiruvchi monitoring guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Jumladan,

“Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida belgilab berilgan 11 ta yo’nalish asosida keng jamoatchilikni jalb etgan holda 87-banddan iborat viloyat dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida jami 520,2 mlrd so’m va ekvivalentda 12,6 mln AQSH dollari, shundan 224,8 mlrd so’m va ekvivalentda 0,167 mln AQSH dollari Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’lari, 256,5 mlrd so’m va ekvivalentda 1,6 mln AQSH dollari bajaruvchilar va homiylar mablag’lari, 22,7 mlrd so’m tijorat banklarining kreditlari, 16,2 mlrd so’m va ekvivalentda 10,7 mln AQSH dollari xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar mablag’lari va grantlar hisobidan amalga oshirish rejalashtirildi.

Joriy yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan dasturning barcha bandlarining ijrosi bo’yicha tegishli tartibda ish tashkil etildi. Shundan dasturning 27 banlari bo’yicha barcha manbaalar hisobidan 85,0 mlrd.so’m mablag’ o’zlashtirilishiga erishilib, rejaga nisbatan 16,4 foizni tashkil etdi.

Jumladan,

9-band bo’yicha: Viloyatning barcha tumanlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha 911 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini to’liq yakunlash bo’yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirilmoqda. Hisobot davrida davrida 54,8 mlr.so’mlik (28,7%) qurilish ishlari amalga oshirildi.

Tender savdolaridan o’tgan 809 ta uy-joylarda qurilish ishlariga boshlangan. Jumladan, 520 ta poydevor ishlari, 195 ta g’isht urish ishlari va 110 ta plita bosish ishlari tasdiqlangan kalendar reja asosida kechiktirilmagan holda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

11-band bo’yicha: Qishloq joylarni sifatli ichimlik suvi ta’minlash bo’yicha 3 ta ob’ekt yakuniy manziliy ro’yxat tayyorlanib, tender tanlov savdolari o’tkazildi. Bugungi kunda ob’yektlarda 527,3 mln. so’mlik qurilish montaj ishlari bajarilib, pudratchilarga 654,6 mln.so’m mablag’ moliyalashtirib berildi.

13-band bo’yicha: 2016 yil Investitsiya dasturi doirasida davolash-profilaktika muassasalarida rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash ishlarini olib borish uchun 11 ta davolash-profilaktika muassasalariga 35 mlrd 965 mln 674 ming so’m ajratilib, xisobot davrida 11,8 mlrd.so’mlik (34,0%) qurilish montaj ishlari amalga oshirildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech