Chop etish

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2016 yil 1-chorak yakuni bilan 130,5 mln. dollarlik (2015 yil 1-chorak yakuniga nisbatan 152,8%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 39,2 mln.dollarni (101,6%), import 91,3 mln.dollarni (195,1 %) tashkil etdi.

Jumladan “Namangan momiq sochiqlar” MCHJda 1460,0 ming dollar (153,7%), "Aisha home textile" QK 619,7 ming dollar (123,9%), “Samo tekstil servis” MCHJda 502,5 ming dollar (167,5%), "Gamma farm teks" MCHJda 280,3 ming dollar (107,8%), "Tubo-textile" MCHJda 263,2 ming dollar (125,3%) va “Nafis teks group” MCHJ 178,5 ming dollar korxonalari tomonidan eksport prognozi ortig’i bilan bajarilgan.

Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o’sib bormoqda. 2015 yil 1-chorak yakuni bilan eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 28 tani tashkil etgan bo’lsa, 2016 yil 1-chorak yakuni bilan ularning soni 14 taga ortib, 42 tani tashkil etgan.

Hisobot davrida viloyatdagi eksportyor korxonalar soni ortishi bilan bir qatorda yangi turdagi mahsulotlarni eksportga chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Xususan 2016 yildan boshlab viloyatdagi “Zuhro yulduz dizayn” MCHJ (25,3 ming doll.), “Rauf Aziz” MCHJ (19,7 ming doll.), “Nestle agro” MCHJ (26,9 ming doll.), “Panda sanoat savdo” MCHJ (19,8 ming doll.), “Dambog’ poyabzali savdo” MCHJ (3,2 ming doll.), “Sofiya sof tekstil” QK (0,6 ming doll.), “Terri jar tekstil” MCHJ (82,7 ming doll.) bo’z mahsulotlari kabi yangi turdagi maxsulotlarni eksportga chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati

Hukumat tomonidan xorijiy investorlarga yaratilgan keng ko’lamli sharoilar natijasida 2016 yilning 1 aprel holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 67 tani tashkil etdi. Qo’shma korxonalarning 27 tasi yengil sanoat mahsulotlari, 10 tasi qurilish materiallari, 10 tasi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlash, 5 tasi charm-poyabzal mahsulotlari va 6 tasi boshqa turdagi sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida viloyatdagi qo’shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar xajmi 129,7 mlrd.so’mni (o’sish 145,7 %) tashkil etib, mintaqada ishlab chiqarilgan jami maxsulotdagi ulushi 15,8 foizga yetdi (2015 yil 1-chorakda 15,6 foiz).

Hisobot davri yakuni bilan qo’shma korxonalarning eksport xajmi 12,2 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 101,7 foizga o’sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 31,2 foizga yetdi.

Qo’shma korxonalarning import hajmi 66,0 mln.dollarni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 4 marotabaga ortdi. Bunda, asosan Uchqo’rg’on tumanidagi “Uzteks Uchqo’rg’on” QK va “Uchqo’rg’on tekstil” QKlar tomonidan 60,0 mln.dollardan ziyod mashina va jihozlar korxonaga import qilingan.