I. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2015 yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2015 yil yanvar-sentyabr yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 9,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 17,3 foizga, qishloq xo’jaligi 5,1 foizga, kapital qo’yilmalar 16,8 foizga, qurilish ishlari 11,8 foiz, chakana savdo aylanmasi 13,1 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 13,3 foizga o’sishi ta’minlandi.

II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.

1. Davlat Investitsiya dasturi.

Viloyatda 2015 yil davomida 2079,7 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 161,5 mlrd.so’m byudjet mablag’lari, 5,1 mlrd. so’m mahalliy byudjet mablag’lari, 99,1 mlrd. so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 521,2 mlrd. so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 57,3 mlrd. so’m O’zbekiston Respublikasi RRQJ mablag’lari, 428,5 mlrd. so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 147,1 mlrd. so’m bank krediti mablag’lari, 516,0 mlrd. so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 143,9 mlrd. so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan.

Hisobot yakunida barcha manbalar hisobidan 1424,8 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 16,8 punktga ko’p jalb etilishi ta’minlandi. Shu davrda 820,3 mlrd.so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi (prognoz 111,0%).

Markazlashgan mablag’lar hisobidan 8 ta (3 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 19 ta (1 ta yangi qurilish, 10 ta rekonstruktsiya va 8 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 5 ta sog’liqni saqlash obyektlari hamda yangi qurilish va rekonstruktsiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

2015 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan markazlashgan mablag’lar hisobidan sog’liqni saqlash sohasi bo’yicha rekonstruktsiya hisobiga 5 ta (16,7 mlrd. so’m) sog’liqni saqlash muassasalari, rekonstruktsiya hisobiga 3 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 8 ta (6,8 mlrd. so’m) kasb-hunar kollejlari, yangi qurilish hisobiga 1 ta, rekonstruktsiya hisobiga 10 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 8 ta jami 19 ta (22,0 mlrd. so’m) umumta’lim maktablari hamda 34 ta ichimlik suvi (12,8 mlrd. so’m) obyektlarida 58,0 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi  va bu maqsadlar uchun jami 59,8 mlrd. so’m mablag’ o’zlashtirildi.

Mazkur ishlar natijasida, 8 ta (3 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 19 ta (1 ta yangi qurilish, 10 ta rekonstruktsiya va 8 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» hisobidan jami 16 ta jumladan, 11 ta maktablar uchun sport zal,4 ta Bolalar va o’smirlar sport maktabi va 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi obyektlarida qurilish ishlari olib borildi. Mazkur obyektlarda 14,2 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirilib, 13,4 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi maydonlarida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruktsiya hisobidan 12 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 4 ta obyektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va bu maqsadlarga 3210,0 mln.so’m miqdorida mablag’lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan.

2015 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan obyektlarda 3143,3 mln.so’mlik qurilish ishlari bajarildi. Ushbu ishlar natijasida Mingbuloq tumanidagi “Tegirmon” nasos stantsiyasini va Pop tumanidagi tumanlararo “Qoraqalpoq” kollektorini rekonstruktsiya qilish ishlari to’la yakunlandi.

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 866,5 ming kv.m. turar-joy, 151,2 km ichimlik suvi va 18,2 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

2. Hududiy investitsiya dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2264 sonli qarori asosida viloyat hokimining 2015 yil 15 yanvardagi “Namangan viloyatining 2015 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 48-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 5,1 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 456,4 mlrd.so’m jami 461,5 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 5,1 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 141,3 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 147,1 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 41,0 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo’yicha 394 ta, qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida 242 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 707 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha obyektlarini rivojlantirish borasida 11 ta, jami 1354 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 10850 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

Dasturga asosan, 2015 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 125,2 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 91,1 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 26,0 mlrd.so’m xamda boshqa manbalar hisobidan 42,6 mlrd.so’m jami 284,9 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi.

O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 183 ta sanoat, 678 ta xizmat ko’rsatish va servis va 446 ta qishloq xo’jaligi, jami 1307 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 3-chorak yakuni bilan  678 ta savdo va xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 62,2 mlrd.so’mdan ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 2237 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 183 ta ishlab chiqarish obyektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 46,0 mlrd.so’m (21,9 mlrd.so’m o’z mablag’i, 24,1 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 1853 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Jumladan, Namangan shahrida 81 ta, Mingbuloq tumanida 4 ta, Kosonsoy tumanida 11 ta,  Namangan tumanida 13 ta, Norin tumanida 9 ta, Pop tumanida 9 ta, To’raqo’rg’on tumanida 13 ta, Uychi tumanida 5 ta, Uchqo’rg’on tumanida 9 ta, Chortoq tumanida 11 ta, Chust tumanida 11 ta va Yangiqo’rg’on tumanida 7 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 446 ta  loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 75,0 mlrd.so’m (38,2 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 36,8 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 2502 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

3. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 8 ta asosiy va 6 ta ustivor loyihalar bo’yicha 17,1 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Hisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 10,2 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Belgilangan prognoz ko’rsatkichi 102,6 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Jumladan, Namangan shahridagi “Nestle-Uzbekiston” qo’shma korxonasida modernizatsiya ishlarini amalga oshirish bo’yicha 1928,0 ming dollar, “Namangan tibbiy diagnostika” qo’shma korxonasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish loyihaga 500,0 ming dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritildi.

Namangan tumanidagi “Toshbuloq teks” qo’shma korxonasida kalava ip mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 374,3 ming dollar miqdorida investitsiya kiritildi.

Norin tumanidagi “ELDORBEK SANOAT” korxonasida shifer ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 69,8 ming dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar Nizom jamg’armasini shakllantirish va ishlarni davom ettirish maqsadlari jalb etildi.

Pop tumanidagi “PAP FEN” qo’shma korxonasida kengaytirish ishlarini amalga oshirish bo’yicha 4912,0 ming dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritildi.

To’raqo’rg’on tumaniidagi “PACKING INDUSTRIES” xorijiy korxonasida qadoqlash materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi bo’yicha xorijiy investorlar tomonidan 300,0 ming dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritildi.

Uchqo’rg’on tumanidagi “Uztex Uchkurgan” qo’shma korxonasida ip gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 1756,4 ming dollar miqdorida investitsiya kiritildi.

4. “Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.

“Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2015 yil davomida 3181,7 mlrd.so’m miqdorida mablag’larni o’zlashtirish hisobiga 1552 ta loyihalarni (sanoat sohasida 298 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 795 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 459 ta) ishga tushirib, 14007 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

Shundan, yanvar-sentyabr oylari davomida 1244 ta loyihalarni (sanoat sohasida 165 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 656 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 423 ta) amalga oshirish, 6052 ta ish o’rinlarini yaratish va 167,8 mlrd so’m mablag’larni o’zlashtirilish belgilangan.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga 1306 ta loyihalar (rejaga nisbatan 105,0%) amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun  182,8 mlrd.so’m mablag’lar (shundan, 112,0 mlrd so’mi tashabbus-korlarning o’z mablag’lari, 70,8 mlrd so’mi bank kreditlari) sarflandi. Natijada 6589 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

Jumladan,

- Sanoat sohasida Joriy yilning 9 oyligida 165 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 27,6 mlrd.so’m (shundan 13,4 mlrd.so’mi bank krediti) investitsiya mablag’larini o’zlashtirish hamda 1548 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.

Yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 183 ta loyihalar (111,0%), shundan, kimyo sanoatida 1,9 mlrd so’mlik 12 ta loyiha (101 ta ish o’rni), mashinasozlik va ehtiyot qismlar yo’nalishida 1,6 mlrd.so’mlik 6 ta loyiha (105 ta)  yengil sanoat yo’nalishida 11,1 mlrd.so’mlik 61 ta loyiha (630 ta), oziq-ovqat yo’nalishida 14,2 mlrd.so’mlik 39 ta loyiha (309 ta), qurilish materiallari sanoatida 14,9 mlrd.so’mlik 49 ta (569 ta), charmpoyabzali yo’nalishida 726,0 mln.so’mlik 8 ta (56 ta), mebel va qog’ozni qayta ishlash sohasida 1,6 mlrd.so’mlik 8 ta (83 ta) loyihalar amalga oshirildi.

Ushbu loyihalarga 46,0 mlrd so’m mablag’lar (shundan, 22,0 mlrd so’mi tashabbuskor mablag’lari va 24,0 mlrd so’mi bank krediti) yo’naltirilib, 1853 ta ish o’rinlari yaratildi.

- Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 9 oyligida 69,4 mlrd so’mlik investitsiyalar o’zlashtirib, 656 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 2184 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan.

Joriy yilning 9 oyi yakunida 62,2 mlrd so’m mablag’ sarflash hisobiga 678 ta (103,5%), jumladan, 359 ta savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 1 ta aloqa va axborotlashtirish, 4 ta kompyuter dasturlashtirish xizmati, 37 ta qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnika xizmati, 195 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 10 ta moliya xizmati, 24 ta sog’liqni saqlash xizmati, 1 ta turizm xizmati, 1 ta transport xizmati, 1 ta qishloq xo’jaligi sohasidagi xizmati va boshqa 45 ta turdagi xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 2237 ta ish o’rinlari yaratildi.

- Qishloq ho’jaligi sohasida yanvar-sentyabr oylari davomida 423 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun 70,8 mlrd.so’m (shundan 36,4 mlrd so’mi bank krediti) mablag’lar sarflanib, 2320 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.

Joriy yilning 01 oktyabr holatiga 75,0 mlrd.so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 446 ta (105,4%) loyihalar amalga oshirildi. Natijada 2502 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

Jumladan, 156 ta qoramolchilik, 36 ta parrandachilik, 48 ta baliqchilik, 77 ta asalarichilik xo’jaliklari tashkil etilib, 23 ta issiqxona, 93 ta fermer xo’jaliklari tomonidan intensiv bog’lar hamda 13 ta fermer xo’jaliklari tomonidan yangi tokzorlar barpo etildi.

II. Sanoat.

Viloyatda 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 3200 dan ziyod faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida 1686,9 mlrd.so’mlik (117,3%) sanoat mahsulotlari, 1091,9 mlrd.so’m (121,2%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (113,8% va 115,0%) parametrlari to’liq ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik, farmatsevtika va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati 14,0 foiz, oziq-ovqat sanoatida 30,6 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (36,7%) va oziq-ovqat sanoati (27,5%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini hududlar bo’yicha ko’rilganda, Namangan tumani (121,7%), To’raqo’rg’on (138,4%), Uychi (124,1%), Chortoq (120,3%) xamda Yangiqo’rg’on (155,4%) tumanlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari o’sish tendentsiyasi 120,3 foizdan 155,4 foizgacha, Namangan shahri (118,2%), Kosonsoy (116,1%) tumanlarida o’rtacha o’sish tendentsiyasi kuzatildi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 651,3 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 421,6 ming so’mni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 92,4 ming so’m va 73,3 ming so’mga ko’p bo’ldi.

Shu bilan birga, yirik korxonalardan 2 tasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilning shu davriga nisbatan 16,7 mlrd.so’mga pasaygan.

Jumladan, Namangan shahridagi “O’zbekneftegaz” MXK tasarrufidagi “Karbonam” MCHJda 3,4 mlrd so’mga (37,0%) va “Elektrqishloqqurilish” OAJ tizimidagi “Elektrqurilmalari” AJda 2,9 mlrd so’mga (63,8%) mahsulot ishlab chiqarish hajmlari o’tgan yilga nisbatan kamaygan.

“Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 28 yanvardagi 8-sonli bayoni topshirig’iga asosan ishlab chiqilgan Namangan viloyatini “2013-2015 yillarda sanoat saloxiyatini rivojlantirish Dasturi” doirasida joriy yilda umumiy qiymati 3,1 trln.so’mlik 298 ta loyixalarni amalga oshirish va natijada 8695 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilishi belgilangan loyixalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda, yengil sanoat yo’nalishida 235,7 mlrd.so’mlik 98 ta loyiha (4156 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 39,5 mlrd.so’mlik 60 ta loyiha (718 ta), qurilish materiallari sanoatida 41,1 mlrd.so’mlik 77 ta loyiha (1180 ta), charmpoyabzali yo’nalishida 5,5 mlrd.so’mlik 14 ta loyiha (261 ta), mashinasozlik va metallni qayta ishlash soxasida 11,8 mlrd.so’mlik 15 ta loyiha (272 ta), mebel va qog’oz sanoatida 6,7 mlrd.so’mlik 15 ta (235 ta), kimyo va neftkimyo soxasida 2,7 trln. so’mlik 17 ta loyiha (1653 ta) xamda farmatsevtika sanoatida 23,2 mlrd. so’mlik 2 ta (220 ta) loyixalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.  

Dasturga ko’ra joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida loyixa qiymati 27,6 mlrd.so’mlik 165 ta loyixalarni amalga oshirish va 1548 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan bo’lib, amalda 183 ta loyixalar ishlab chiqarishga tadbiq etildi va 1853 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Foydalanishga topshirilgan loyixalarga loyixa tashabbuskorlari tomonidan 22,0 mlrd.so’m va 24,1 mlrd.so’m bank kredit mablag’lari jalb etildi.

Dastur asosida amalga oshirilgan loyixalar soni belgilangan rejaga nisbatan 18 taga va yaratilgan ish o’rinlari soni 305 taga ortig’i bajarildi. 

Amalga oshirilgan loyixalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda yengil sanoat yo’nalishida 11,1 mlrd.so’mlik 61 ta loyiha (630 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 14,1 mlrd.so’mlik 39 ta loyiha (309 ta), qurilish materiallari sanoatida 14,9 mlrd.so’mlik 49 ta (569 ta), charmpoyabzali yo’nalishida 726,0 mln.so’mlik 8 ta (56 ta), ximiya va neftximiya soxasida 1,9 mlrd.so’mlik 12 ta (101 ta), mashinasozlik va metallni qayta ishlash soxasida 1,6 mlrd.so’mlik 6 ta (105 ta), mebel va qog’oz sanoatida 1,6 mlrd.so’mlik 8 ta (83 ta) loyihalar foydalanishga topshirildi.

Mahalliylashtirish dasturi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qarorini viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2015 yil 17 fevraldagi 64-sonli qarori qabul qilinib, dasturga asosan 2015 yilda jami 9 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 15 ta loyihasi bo’yicha 16,2 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.

Dastur doirasida yanvar-sentyabr oylari davomida 7,7 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 7,9 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 7,0 mlrd.so’mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotilib, 25,0 ming dollar eksport amali bajarildi.

Shu davrda iqtisod qilingan valyuta miqdori 2217,9 ming dollarni tashkil etib, Dastur asosida 47 ta yangi ish o’rinlari tashkil etishga erishildi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko’rilganda;

Xususan, Namangan shahridagi «AUTO PLAST PART» MCHJda 107,6 ming komplekt avtomobil ehtiyot qismlari, «Nam lider lityo servis» MCHJda 2,4 ming dona 2 komforli plita pechlar, 26 dona lyuk qopqoqlari,  7236 dona non qoliplari va «Namangan rezina plast» SHKda 10,5 ming kv.m konveer lentalari, "Namterm" SHKda 24 dona shkaf "SHRU-M" Kosonsoy tumanidagi «Kosonsoy to’qimachi» MCHJda 30,0 ming p.m. bayka mato, 35,0 ming p.m odeyal mato, 120,0 tonna sintetik trikotaj ip mahsulotlari, Namangan tumanidagi «CHina Namangan Indastriy» MCHJda 110,0 tonna elektrod mahsulotlari hamda Uychi tumanidagi «Extra Primer Bat» MCHJda 2720 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab  chiqarilib, dastur asosida yanvar-sentyabr oylariga belgilangan prognoz topshiriqlari to’liq bajarildi.

III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

“Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga muvofiq xizmatlar va servis yo’nalishida 2015 yil yanvar-sentyabr oylari davomida umumiy qiymati 51,0 mlrd.so’mlik 656 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish obyektlarini tashkil etish belgilangan.

Amalda 678 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari (shundan 454 tasi qishloq joylarida) tashkil etilib,  reja 103,4 foizga bajarildi. Shu jumladan, 268 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do’koni, 51 ta savdo va umumiy ovqatlanish, 15 ta dorixona, 37 ta maishiy xizmat ko’rsatish, 12 ta sun’iy qoplamali futbol va boshqa sport maydonchasi, 40 ta avtotexxizmat, 79 ta go’zallik salonlari va 176 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shaxobchalari foydalanishga  topshirildi.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 2729,3 mlrd.so’mni tashkil etib, 2014 yilning mos davriga nisbatan 119,0 foiz o’sdi (prognoz 119,0%).

Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 121,2 foiz (prognoz 121,0%), kompyuterli programmalashtirish xizmatlari konsultatsion xizmatlar bilan birga 112,5 foiz (112,5%), transport xizmati 118,6 foiz (112,2%), moliya va bank xizmatlari 131,6 foiz (131,0%), qurilish xizmatlari 112,5 foiz (111,2%), texnologiya uskunalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish 121,1 foiz (119,9%), qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xizmati 119,5 foiz (119,1%), turizm xizmati 116,7 foiz (115,2%), savdo xizmati 119,2 foiz (116,5%), maishiy xizmatlar 117,5 foiz (117,1%),  ta’lim xizmatlari 111,6 foiz (111,2%), sog’liqni saqlash xizmatlari 120,9 foiz (120,1%), qishloq xo’jaligi soxasidagi xizmatlar 116,7 foiz (116,6%) va boshqa xizmatlar 118,2 foiz (118,0%)ga bajarildi.

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida  2015 yil yanvar-sentyabr oylari davomida (PQ-1754-sonli qaror asosida) Mikrokredit bank tomonidan 2229,0 mln.so’m kredit mablag’lari yo’naltirildi.

Chakana savdo. Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 2865,7 mlrd.so’m va pullik xizmatlar hajmi 1155,3 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 113,1 foiz va 113,3 foizni tashkil etdi.

Hududlar bo’yicha ko’rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan (136,0%), Norin (124,4%), Pop (122,2%) va Chortoq (118,7 %) tumanlarida,  pullik xizmat ko’rsatish hajmi Namangan shahri (122,5%), Mingbuloq (115,8%) va Yangiqo’rg’on (116,2 %) tumanlarida o’sish sur’atlari yuqori bo’ldi.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 1106,4 ming so’m, pullik xizmat 446,3 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 14,5 va 14,7 foizga ko’paydi.

IV. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 dekabrdagi 334-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2013 yil 23 noyabrda qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatildi.

Mazkur qaror asosida «Namangan viloyati tumanlarida 2015 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum  mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko’rsatkichlari» ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2015 yilda barcha xo’jaliklarda 240,0 ming tonna kartoshka, 642,4 ming tonna sabzavot, 70,4 ming tonna poliz, 216,4 ming tonna meva, 115,0 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 114,3 ming tonna go’sht, 580,6 ming tonna sut, 357,1 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2014 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

9 oylik yakuni bilan 402,3 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 102,2%), 163,6 ming tonna kartoshka (107,3%), 48,9 ming tonna poliz (105,3%), 141,3 ming tonna meva (100,3%), 71,5 ming tonna uzum (105,2%), 92,5 ming tonna go’sht (110,2%), 434,9 ming tonna sut (108,8%) va 323,1 mln.dona tuxum (126,0%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Shu davrda, qoramol bosh sonlari 577,4 ming boshni (102,1%) shu jumladan, sigirlar 204,0 ming boshni (101,6%), qo’y-echkilar 683,7 ming boshni (102,5%), parrandalar 3266,5 ming boshni (114,8%) va otlar 6,6 ming boshni (100,9%) tashkil etdi.

Buning hisobiga viloyatda 1699,9 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 105,1 foizga ta’minlandi (prognoz 105,1%).

“Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq qishloq xo’jaligi yo’nalishida 2015 yil davomida umumiy qiymati 88,0 mlrd.so’mlik 459 loyihalar amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Hisobot davrida 75,0 mlrd so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 446 ta loyihalar amalga oshirilib, 2502 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. Jumladan, 8271 bosh qoramol boqishga ixtisoslashgan 156 ta qoramolchilik, 715,0 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 36 ta parrandachilik, 590,1 gektar maydonda 48 ta baliqchilik, 77 ta asalarichilik (2960 ta oila) xo’jaliklari tashkil etilib, 13,2 gektar maydonda 23 ta issiqxona, 93 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 902,2 gektar maydonda intensiv bog’lar, 13 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 277,7 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi.

Namangan viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan 2015 yil Davlat dasturi asosan olib borilayotgan meliorativ tadbirlar  to’g’risida.

2015 yil viloyat tumanlaridagi 28856 gektar sug’oriladigan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 4 ta loyihalarda  3241,6 mln.so’mlik 2,0 km uzunlikda yangi kollektor qurish, 1 dona meliorativ nasos stantsiyasini, 10,0 km uzunlikda kollektorni va 12 dona meliorativ tik qudqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish hamda 24 ta loyihalarda 7300,0 mln.so’mlik 950,6 km uzunlikda kollektorlarni 24 dona meliorativ tik quduqlarini ta’mirlash va tiklash ishlari rejalashtirilgan.

Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari loyihalari.

1. Mingbuloq tumanidagi «Damkul» kollektorini rekonstruktsiya qilish obyekti. Loyihani shartnoma  kiymati 717,0 mln.so’m ishlar amalga oshirildi. Loyihada 1 dona ekskovator, 1 dona buldozer ish olib bormoqda.

2. Viloyat tumanlarida 12 dona meliorativ kuduklarni rekonstruktsiya kilish obyektlarida 234,8 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan  bo’lib, amalda 258,6 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi.

3. Mingbuloq tumanidagi «Tegirmon» nasos stantsiyasini rekonstruktsiya kilish obyektida 125,4 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi.

4. Pop tumanidagi «Korakalpok» kollektoriga yangi kollektorlar kurish obyektida 61,7 mln.so’mlik ishlar qurilish ishlari olib borildi.

Ta’mirlash va tiklash ishlari  loyihalari. 2015 yilda 18805 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 24 dona loyihalardagi 950,6 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, shundan 6 donasi yildan-yilga o’tuvchi 18 donasi yangidan boshlanuvchi obyektlarda, kollektor drenaj tarmoq-larini, 24 dona meliorativ tik quduqlarini, 162 dona quvurli o’tish joylarini, 16 dona suv o’lchash inshootlarini, 178 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlari rejalashtirilib, ushbu ishlarga 7 mlrd 300 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan.

Joriy yilning 9 oylik yakunida 212,08 km uzunlikdagi 1631,95 mln.so’mlik  ishlar rejalashtirilgan bo’lib, amalda 224,68 km uzunlikda 1721,40 mln.so’mlik ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi.

IV. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2015 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 252,1 mln. dollarlik (2014 yilning mos davriga nisbatan 108,4%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 124,3 mln.dollarni (128,1%), import 127,8 mln.dollarni (94,4%) tashkil etdi.

Jumladan “Namangan momiq sochiqlar” MCHJda 3049,3 ming dollar (2,4 m.), “Namangan to’qimachi” MCHJ 3533,0 ming dollar (109,4%), "Kristal Agro Aziya" 3277,3 ming dollar (104,9%), "Aisha home textile" QK 1119,8 ming dollar (2,2 m.), "Iftixor kiyim sanoat" MCHJ 854,5 ming dollar (155,4%), “Samo tekstil servis” MCHJda 825,5 ming dollar (163,5%), "Tekstil libos" MCHJ 623,1 ming dollar (3,2 m.), "Tubo-textile" MCHJ 551,1 ming dollar (162,1%) korxonalarida maxsulotlarni eksportga chiqarishda o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o’sib bormoqda. 2014 yilning III-choragida eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 95 tani tashkil etgan bo’lsa, 2015 yil yanvar-sentyabr oylarida ularning soni 68 taga ortib, 163 tani tashkil etgan.

Hisobot davrida viloyatdagi eksportyor korxonalar soni ortishi bilan bir qatorda yangi turdagi mahsulotlarni eksportga chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Xususan joriy yildan boshlab viloyatdagi “Karmen Fason” MCHJda 41,2 ming dollar) erkaklar poybzali, “Nam motor servis” MCHJda (61,1 ming dollar) nasos aggregatlari, “Namanganmash” AJda (8,3 ming dollar) zadvijkalar, “Gabon Tekstil” MCHJda (237,8 ming dollarlik) bo’z mahsulotlari kabi yangi turdagi maxsulotlarni eksportga chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati. 2015 yilning 1 oktyabr holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 66 tani tashkil etib, qo’shma korxonalarning 55 tasi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 2 tasi savdo va xizmat ko’rsatish sohasida, 3 tasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, 3 tasi  telekommunikatsiya, 2 tasi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va 1 tasi farmatsevtika sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida viloyatdagi qo’shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar xajmi 464,5 mlrd.so’mni (o’sish 121,7 %) tashkil etib, mintaqada ishlab chiqarilgan jami maxsulotdagi ulushi 27,5 foizga yetdi (2014 yil yanvar-sentyabr oylarida 24,3 foiz).

O’tgan davr mobaynida qo’shma korxonalarning eksport xajmi 23,9 mln dollarni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 106,0 foizga o’sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 bandga ortib 18,9 foizga yetdi.

Qo’shma korxonalarning import xajmi 38,0 mln.dollarni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 103,5 foizga ortishi ta’minlandi.

V. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. 2015 yilning 9 oy yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 77,8 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes subektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2015 yilning 1 oktyabr holatiga jami 15765 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2014 yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizga ortdi.

2014 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 493,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo’lsa, 2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida ushbu ko’rsatkich 737,2 mlrd.so’mni tashkil etdi. Kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi mos ravishda 42,5 foizdan 43,7 foizga ortishi ta’minlandi.

Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning qishloq xo’jaligidagi ulushi 99,7 %, qurilish ishlarida 94,1%, savdoda 45,8%, pullik xizmatda 47,7 %ni tashkil etdi.

2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik korxonalar tomonidan eksportga chiqarilgan mahsulotlar xajmi 2014 yilning mos davriga nisbatan 186,3 foizga ortib 104,6 mln.dollarni tashkil etdi. Buning natijasida viloyat eksportidagi kichik biznes sub’ektlarining ulushi mos ravishda 61,0 foizdan 83,1 foizga ko’paydi.

Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan import amallari 84,1 mln.dollarni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 114,6 foizga ortishi hamda viloyat jami importdagi ulushi 63,6 foizga ortishi ta’minlandi (2014 yilning 9 oylikda 64,5%).

Hisobot davrida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 20362 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo’lganlar soni 778,6 ming kishiga yetdi.

VI. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

Bandlik. 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari  yakuni bilan viloyat aholi soni 2590,2  ming kishini  tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 49,1 ming kishiga ko’paydi yoki 101,9 foizni tashkil etdi. SHundan mehnat resurslari soni 1519,0 ming nafarni tashkil etib, bu ko’rsatkich  o’tgan yilning shu davriga nisbatan 101,3 foiz (19,0 ming nafarga)ga ortdi.

Iqtisodiy faol aholi  999,5  ming kishini tashkil etdi, shundan band aholi 947,6 ming nafar va 53,1 ming nafari doimiy ish bilan band bo’lmaganlar. 

Hisobot davrida «Bandlikka ko’maklashuvchi» markazlarga jami 22768  nafar fuqarolar ish so’rab murojaat etdilar. Shundan 21368  nafari (93,8%) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ish bilan ta’minlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 9 oktyabrdagi 6-sonli yig’ilish bayoni, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014 yil 22 oktyabrdagi 992-II-sonli, Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 13 noyabrdagi SQ-454-II-sonli va Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 9 dekabrdagi 152/27-4-sonli  Qarorlari  bilan tasdiqlangan  tasdiqlangan “2015 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturi” asosida 2015 yil yanvar-sentyabr oylarida  46753 ta  ish o’rni yaratilishi belgilanib, haqiqatda 47741 ta ish o’rinlari yaratildi, yoki reja 102,1 foizga bajarildi.

Shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o’rinlari 10534 tani tashkil etdi.

Jumladan,

-         Sanoatda 3756 ta;

-         Xizmat ko’rsatish va servis sohalarida 2225 ta;

-         Qishloq xo’jaligi, jumladan, chorvachilik, parrandachilik, bog’dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, uzumchilikda 2308 ta,

-         Ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklashda 2245 ta;

-         Tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar hisobida 6852 ta;

-         Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda 6283 ta;

-         Uy mehnatini tashkil qilishda 23180 ta;

-         Dehqon va fermer xo’jaliklarini tashkil  tiklashda 992 ta ish o’rinlari tashkil etildi.

Yaratilgan ish o’rinlarining 15818 tasi xotin-qizlarga,  yoshlarga 15191 ta, shu jumladan 3704 tasi kasb-xunar kolleji bitiruvchilariga, 4853 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga ajratildi.      

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat Dasturining 2015 yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi PQ-2302 sonli qaroriga asosan  viloyat xokimining 2015 yil 23 fevraldagi 77-sonli qarori qabul qilindi. Qaror 6-bo’lim, 66-banddan iborat.

Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun jami 203,5 mlrd so’m mablag’, shundan byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan 18,4 mlrd so’m, bajaruvchilar va xomiylar mablag’lari hisobidan 31,9 mlrd so’m va 12,2 mln.dollar, tijorat banklari kreditlari xisobidan 153,2 mlrd so’m sarflanishi ko’zda tutilgan.

Joriy yilning o’tgan davri davomida dasturda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun jami 163,3 mlrd so’m mablag’ (70 foiz), shundan byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan 15,0 mlrd so’m (81,5 foiz), bajaruvchilar va xomiylar mablag’lari hisobidan 107,7 mlrd so’m, tijorat banklari kreditlari xisobidan 40,6 mlrd so’m (26,5 foiz) sarflandi.

Jumladan, qishloq oilalarini, keksalari bor oilalarni namunaviy loyihalar bo’yicha 848 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurish yo’li bilan shinam uylar bilan ta’minlash, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish maqsadida xozirda 59 ta pudratchilar bilan 98,1  mlrd. so’mlik shartnoma imzolangan. Viloyat bo’yicha pudratchilar bajargan qurilish montaj ishlari uchun jami 59,3 mlrd. so’m moliyalashtirib berilgan.

Наманган вилоятида 2015 йилнинг январ-сентябр ойлари якунлари бўйича иқтисодий ислоҳотлар бориши  ва ижтимоий-иқтисодий ривожланишнинг асосий кўрсаткичлари
1. УМУМИЙ КЎРСАТКИЧЛАР      
  (Ҳажми - жорий баҳоларда, фоизлар - солиштирма баҳоларда)

т/р
Кўрсаткичлар номлари Ўлчов бирлиги 2014 йил
9 ойда    ҳақиқатда
2015 йил 9 ойда 2014 й.
9 ойга  нисбатан
%да
прогноз ҳақиқатда
1 2 3 4 5 6 7
1.1. Ялпи ҳудудий махсулоти (ЯҲМ) млрд.сўм 3 658,6 4 271,7 4 283,5 109,2
  шу жумладан;          
  ЯҲМ даги кичик бизнеснинг улуши % 77,1 76,4 77,8 х
  ЯҲМ даги хизматлар улуши % 50,2 50,5 50,8 х
1.1.1. Ахоли жон бошига ЯҲМ минг сўм 1 450,3 1 500,0 1 665,3 107,1
1.2. Саноат махсулотлари хажми млн.сўм 1 363 658,9 1 654 555,4 1 686 867,7 117,3
1.3. Халк истеъмоли моллари ишлаб чиқариш млн.сўм 900 844,8 1 063 908,2 1 091 928,1 121,2
1.4. Қишлоқ хўжалиги ялпи маҳсулоти млн.сўм 1 554 615,9 1 821 246,4 1 699 912,0 105,1
1.5. Капитал қуйилмалар ҳажми млн.сўм 1 082 133,5 1 350 488,4 1 424 801,3 116,8
1.6. Пудрат ишлари ҳажми млн.сўм 699 897,8 813 016,5 820 313,2 111,8
1.7. Чакана савдо айланмаси млн.сўм 2 505 100,0 2 865 000,0 2 865 706,2 113,1
1.8. Пуллик хизмат курсатиш ҳажми млн.сўм 987 700,0 1 155 300,0 1 155 300,2 113,3
  шу жумладан, маиший хизмат ҳажми млн.сўм 116 367,8 135 620,0 139 087,0 116,0
1.9. Махаллий бюджет даромадлари млн.сўм 816 341,2 974 033,4 978 752,0 119,9
1.10. Махаллий бюджет харажатлари млн.сўм 934 123,3 1 098 576,9 1 055 616,1 113,0
1.11. 2014 йил 1 октябр холатига дебиторлик қарзи млн.сўм 242 063,6 х 236 460,6 97,7
  Шу жумладан муддати ўтгани млн.сўм 1 942,8 х 734,9 37,8
1.12. 2014 йил 1 октябр ҳолатига кредиторлик қарзи млн.сўм 239 505,6 х 168 331,1 70,3
  Шу жумладан муддати ўтгани млн.сўм 6 871,5 х 149,5 2,2
  Транспорт:          
1.15. Юк айланмаси млн.т.км. 972,3 1 009,5 1 015,9 104,5
1.16. Йўловчи айланмаси йуловчи/
км.
265 005,4 270 712,0 275 783,3 104,1
1.17. Ташишдан тушган фойда:          
1.17.1 Юкдан млн.сўм 131 038,9 135 148,5 140 963,3 103,2
1.17.2. Йуловчилардан млн.сўм 130 057,2 187 499,0 206 248,9 152,2
1.18. Алоқа хизматидан олинган фойда млн.сўм 140 200,1 152 742,5 168 016,8 126,9
1.19. Ташқи савдо айланмаси  минг $  232 448,0 227 654,0 252 133,2 108,4
1.19.1. Экспорт  минг $  97 040,0 101 892,0 124 308,2 128,1
1.19.1.1 Шундан ҳудудий экспорт минг $  38 548,9 93 097,7 93 342,5 242,1
1.19.2. Импорт минг $  135 408,0 125 762,0 127 825,0 94,4
1.20. Йил охирига доимий яшовчи ахоли сони минг киши 2 541,1 2 585,7 2 590,2 101,9
1.21. Мехнатга лаёкатли ахоли сони минг киши 923,4 971,2 947,6 102,6
1.22. Бандлик хизматидан руйхатдан утган ишсизлар сони минг киши 2,4 0,9 0,9 39,5
1.23. Ўртача иш хаки сўм 857 589,9 106,5 1 001 700,0 113,5

 

 

 

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (175 kb)

Umumiy ko'rsatkichlr jadvalini ko'chirib olish (MS Excel 37 kb)