Namangan shahar "Z.M.Bobur" nomli madaniyat va istirohat bog’i

Z.M.Bobur nomli madaniyat va istirohat bog’iga 1884 yil asos solingan. 1990-yilgacha A.S Pushkin nomi bilan atab kelingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Namangan shahriga tashriflari va undan so’ng 2009 yil qabul qilingan 1170-sonli qarorlari asosida bog’ davlat dasturiga kiritilib, 2009 yilda qayta loyixalashtirildi va o’sha yilning oktyabr oyida rekonstruktsiya ishlari boshlab yuborildi. Bog’dagi 26-ta talabga javob bermaydigan xizmat ko’rsatish obe’ktlari buzib tashlandi. Loyixa qiymati 4 mlrd. 800 mln so’mdan, 3 mlrd 300 mln so’mlik qurilish montaj va obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Bugun bog’da 6 ta choyxona va oshxonalar, 9 ta muzqaymoq pavilonlari, shaxmat-shashka klubi, 27 ta zamonaviy attraktsionlar va boshqa ko’plab ko’ngilochar ob’ektlar xizmat qilmoqda.Bog’ xududida 1 gektarlik 1,5 km irrigatsiya tarmoqlari,1 ta zamonaviy favvora ishlab turibdi. Bog’da ochiq estrada maydoni, 400 tomoshabinga mo’ljallangan amfiteatr bunyod etilmoqda. Xududda axolining madaniy dam olish uchun 175 ta o’rindiqlar, 160 ta tungi yoritish chiroqlari o’rnatilgan. Gavjum va sokin xududlar tashkil etilgan. 
Bog’da 24,5 shtat bo’yicha xodim ishlayapti. Shundan 4 nafari rahbar, 2 nafar texnik xodimlar, 3 nafar gulchi, 1 nafar elektrik-mexanik, 4 nafar qorovul, 1 nafar irrigatsiya ishchisi, qolganlari har xil xizmatlarni bajaruvchi xodimlardir. Bog’ moliyaviy jixatdan to’la o’z xarajatlarini qoplayapti.

 "Kamolot" yoshlar madaniyat va istirohat bog’i

Bog’ning bosh reja loyihasi «Davarxitekqurilish» qo’mitasi bilan kelishilgan holda viloyat arxitektura bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bog’ hududida loyiha asosida qurilish ishlari davom etmoqda. Jumladan, milliy uslubda muzqaymoq pavilьoni, 50 o’rinli kafe binosi foydalanish uchun topshirildi. Bog’ atrofiga 640 metr panjara o’rnatildi va bog’ darvozasi qurildi. Bog’ hududida ichimlik suvi va kanalizatsiya ishlari bajarildi. Bog’ hududida 4500 m kv plitkalar o’rnatildi. 3000 m kv asfalt yotqizildi. 2,6 ga maydondagi shag’alli qoplamalar chiqarilib, o’rniga tuproq tashlandi. Irrigatsiya tarmoqlari 2000m LI-40 va LB latoklari o’rnatildi. Bog’ning yuqori qismida chiqish zinapoyasiga marmar terish ishlari yakunlandi. Navbahor stadionidan odamlar chiqib ketishi uchun zinapoyalar qurilishi tugatildi. 3 ta xorij atrraktsionlari olib kelib o’rnatildi. Jami harajatlar 1519154720 so’mlik xisobotga olingan, hamda 171561200 so’mlik xisobotga olinmagan ishlar bajarildi.

 

 Namangan shahar “Kichkintoy” bolalar bog’i

Namangan shahar A.Temur ko’chasi 2-uyda joylashgan “Kichkintoy” bolalar bog’i O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1170 sonli qarori asosida Namangan shaxar xokimligining 500-sonli qarori bilan 2010 yil 13 avgustda tashkil etilgan. Rekonstruktsiya qiymati 2 mlrd, 400 mln so’m. Bog’ning bank xisob raqami mavjud. Bog’ xududida 4 ta muzqaymoq shaxobchasi, 1 ta restoran, 1 ta “Bouling” sport klubi, 1 ta sport zal va amfiteatr mavjud. Bog’ xududida 900 tupdan ziyod 15 turdagi manzarali daraxtlar o’stiriladi.