Chust tumani hokimi

Hamdamov Bekzod Ismoiljanovich (batafsil)

 Qabul qilish kunlari: Xar haftaning Dushanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha

 tel: (0-369) 42-33-600, 42-33-112

 Manzil: 161100, Namangan viloyati, Chust shahri

 E-mail: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 Veb-manzil: www.chust.uz

Chust tumani hokimligining reglamenti

Hamisha ko’hna va navqiron Chust tumani 3 ming yildan ziyodroq tarixga ega. Chust tumani (qadimiy nomi Tuss) Chust-Olmos-Varzik tog’ oldi tekisligida yastangan bo’lib, uning markazi Chust shahri hisoblanadi.Hozirda Chust tumanida 70 ta Mahalla fuqarolar yig’ini bo’lib, ularning 20 tasi Chust shahrida, qolgan 50 tasi 11 ta qishloq fuqarolar yig’ini xududida joylashgan. Umumiy yer maydoni 916.7 kv km. Jami axoli soni 217 948 taga yetdi.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yillik bayramiga tumanda katta tuxfalar hozirlanmoqda. Buvanamozor ziyoratgohini muqaddas qadamjolardan biri sifatida obodonlashtirish maqsadida 415 tupdan ortiqroq dub, yapon saforasi, kashtan kabi manzarali daraxtlar utkazildi. Shahardagi Namangan, Fayozov ko’chalariga tungi yoritkich chiroqlarn urnatildi. Chustning milliy iftixori bulgan Chust duppilari savdosi uchun xunarmand ayollariga qulaylik yaratish maqsadida 200 kv metr joyga usti yopilgan milliy xunarmandchilik rastalari qurildi.

Tumanda 27 ta qishloq va shahar vrachlik punktlari ishlab turibdiki, barchasi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jixozlangan.

Mustaqillik yillarida bir nechta yangi kasb-xunar kollejlari barpo etildi. Jumladan, 1050 o’rinli pedagogika va servis kolleji, 615 o’rinli Olmos iqtisodiyot kolleji, 720 o’rinli Baymoq agroiqtisodiyot kolleji, 650 o’rinli ijtimoiy iqtisodiyot Varzik kolleji, G’ova qishlog’ida Chust sport kolleji, NamMPI qoshidagq 2-sonli akademik litsey bugun komil farzandlar tarbiyalash yo’lida faoliyat olib bormoqda.

Ikkita “Xalq” unvoniga ega "Chust taronalari" dastasi va "Chust dorbozlari" jamoasi, 12 ta estrada va folklor yunalishidagi badiiy xavaskorlik jamoalari faoliyati izchil yo’lga qo’yilgan.

Yoshlarning siyosiy faolligi va xushyorligini oshirishga, ularda mafkuraviy immunitetni xosil qilishga, terrorizm va ekstremizmning mamlakatimmiz tinchligi va xavfsizligiga, xalqimiz xayotiga solayotgan taxdidini yoshlar o’rtasida keng targ’ib etishga aloxida e’tibor bermoqda.