Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


 

 

 

 

 

 Xalq Deputatlari

Namangan Viloyati Kengashining

“29” dekabr 2016 y. 74/16-5-sonli

QARORI

 

Viloyatda 2016 yil yanvar-noyabr oylarida “Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi”ning ijrosi hamda bu borada 2017 yil “Aholi bandligi dasturi” prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlash va amalga oshirish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 oktyabrdagi 9-sonli yig‘ilish bayoni, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015 yil 16 noyabrdagi 286-III-sonli, Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi SQ-63-III-sonli, Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 20 noyabrdagi 27/5-5-sonli Qarorlari bilan Namangan viloyatida 2016 yilda 75674 ta, shundan yanvar-noyabr oylarida 69022 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Ishchi komissiyalar tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar natijasida hisobot davrida 8652 ta loyihalarda 69518 ta yoki 100,7 foiz ish o‘rinlari tashkil etildi.

Ish o‘rinlari tashkil etish uchun 556,8 mlrd.so‘m bank kreditlari mablag‘i sarflandi.

Ish o‘rinlarining 30,1 mingtasi ayollar, 14,2 mingtasi migrantlar, 
1,2 mingtasi yoshlar, 17,4 mingtasi kasb-hunar kollej bitiruvchilar tarkibiga to‘g‘ri keldi. 

Xususan, 2016 yilda sanoatni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturi, investitsiya va mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 176,9 mlrd.so‘m, shundan 106,6 mlrd.so‘m bank kreditlari ajratish hisobiga 335 ta loyihada 7742 ta (100,1%) ish o‘rni yaratildi.

Birgina, Namangan shahar, SHerbuloq dahasida "Namangan Farm Plant" MCHJda ampula medikomentlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishda 10,8 mlrd.so‘m kredit hisobiga 126 ta ish o‘rni tashkil etilib, ushbu yaratilgan ish o‘rinlariga 67 nafar tibbiyot kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirildi.

SHuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida Namangan shahridagi “Afruz kamol nabi” MCHJ tomonidan meva sabzavotlarni qayta ishlash va eksportini amalga oshirish uchun 2,5 mlrd. so‘m kredit olib, ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiya qilindi va 110 ta ish o‘rinlari tashkil etildi. Buning hisobiga 39 nafar kollej bitiruvchilarini bandlini ta’minlandi va yilning o‘tgan davrida 158.1 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi.

SHunga o‘xshash, 454 ta loyihada 2898 ta (100,3%) ish o‘rni yaratildi.

Dastur doirasida kam quvvatda ishlayotgan va faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar, bo‘sh turgan ob’ektlarni tadbirkorlarga berish va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni ishga tushirish natijasida 746 ta loyihada 4195 ta (108,8%) ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, Pop tumanidagi sobiq 27-MTM binosini “0” qiymatda "Asadbek chorkesar" fermer xo‘jaligiga berish orqali junni qayta ishlashda 22 ta ish o‘rni yaratildi. Norin tumanidagi kam quvvatli "Norin Teks" AJni moliyaviy sog‘lomlashtirish hisobiga yigiruv-tuquvda 18 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi.

Ish o‘rinlarini tashkil etishda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Xususan, tijorat banklari tomonidan 26,6 mlrd.so‘m mablag‘larni korxonalarni moliyaviy qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirish orqali 2448 ta loyihada 16996 ta (100%) ish o‘rinlari tashkil etildi.

Xususiy mulk va kichik biznesni ishonchli himoyalash, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va Hukumat tomonidan belgilangan engilliklardan keng foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borilgani, o‘tkazilgan seminar va uchrashuvlar hisobiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 45,3 mingta ish o‘rinlari yaratilib, umumiy ish o‘rinlaridagi ulushi64,5 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, muxandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq joylarida namunali uy-joy qurish dasturlarini amalga oshirish hisobiga 491 ta loyihada 5841 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Viloyatda qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va optimallashtirish dasturini tizimli amalga oshirish, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda 774 ta loyihada 6845 ta (100,8%) ish o‘rinlari tashkil etilib, aholi bandligi ta’minlandi.  

Barcha sohalarda ish o‘rinlarini yaratish, avval yaratilganlarini tiklash va mavjudlarini saqlab qolish hisobiga aholi bandligini, shu jumladan kasb-hunar kollej bitiruvchilarini bandligini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar bilan birgalikda mavjud imkoniyat va salohiyat to‘liq safarbar etilmaganligi oqibatida viloyatda ishsizlik darajasi 5,5 foiz bo‘lib, ishga muhtojlar soni 56 ming nafarni  tashkil etgan.

Ayrim hududlarida yangi ish o‘rinlari yaratishdagi mavjud imkoniyatlar to‘la safarbar etilmaganligi natijasida Mingbuloq (5,7%), Kosonsoy (5,7%), Pop (5,6%) hamda To‘raqo‘rg‘on (5,6%) tumanlarida ishsizlik darajasi yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil etmoqda.

Tijorat banklari yo‘nalishida muddatida kredit mablag‘lari ajratilmaganligi oqibatida 5 ta loyihada 82 ta ish o‘rinlari yaratilmagan.

“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan viloyatdagi demografik omil va mehnat bozoridagi vaziyatni tahlil qilgan holda, aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish  yuzasidan buyurtmanoma ishlab chiqildi.

Ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda joylarda mahalla, ichki ishlar, bandlik bo‘limlari bilan birgalikda ishga muhtoj, bir martalik ish bilan band bo‘lgan va chetdan qaytarilishi ko‘zda tutilgan fuqarolarning manzilli ro‘yxatlari hududlar kesimida shakllantirildi.

Natijada, 2017-2020 yillarda viloyat bo‘yicha 409,8 mingta, 2017 yilda 184,2 mingta doimiy ish joylariga ehtiyoj aniqlandi.

Ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida 2017 yilda viloyatda “Aholi bandligi dasturi” parametrlari ishlab chiqildi.

Dastur viloyat hokimligining Hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi, Mehnat bosh boshqarmasi va boshqa aloqador tashkilotlar tomonidan ishlab chiqildi. 

Dastur ishlab chiqishda loyihachilarga er, tijorat banklarining kreditlari, infratuzilma ta’minoti masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbuga asosan Dasturning doirasida jami 27583 ta doimiy ish o‘rinlari, shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etiladigan ish o‘rinlari, 23260 ta, shu jumladan, sanoatda 11094 ta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 3631 ta, oziq-ovqat dasturlari yo‘nalishida 1923 ta, qurilish sohasida 5667 ta, ijtimoiy infratuzilma sohalarida 945 ta, ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklashda 4323 ta ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 7521 nafar fuqarolar yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, 11603 nafar qishloq xo‘jaligida bir martalik va mavsumiy ishlarda band, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashda va qurilishda, 29330 nafar shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida, uy mehnati va oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida o‘zini o‘zi band qiladiganlarni tashkil etadi.

Ish o‘rinlari tarkibiga 34,1 mingtasi yoshlar, 35,3 mingtasi xotin-qizlar, 16 mingtasi chetdan qaytadigan migrantlar uchun joy ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Viloyatda 2016 yil yanvar-noyabr oylarida ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi parametrlarini bajarilishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab olish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y. 9-son, 320-modda) 24-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari viloyat Kengashi

 

Q A R O R   Q I L A D I:

 

  1. Viloyat Mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari SH.Po‘latovning 2016 yil yanvar-noyabr oylarida “Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi” ijrosi hamda 2017 yilda viloyatda “Aholi bandligi dasturi”ning parametrlari yuzasidan qilgan ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. 2017 yilda viloyatda “Aholi bandligi dasturi”ning parametrlarida belgilangan ish o‘rinlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Viloyat Mehnat bosh boshqarmasi (SH.Po‘latov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2017 yil Dastur parametrlarida belgilangan loyihalarni bir hafta muddatda ko‘rib chiqqan holda tarmoq jadvallarini yakunlasin.
  4. 4. Namangan shahar va tumanlar hokimlariga:

- 2016 yil dekabr oyida 6652 ta ish o‘rinlari yaratish dasturi prognoz parametrlarini sohalar hamda tarmoqlar bo‘yicha to‘liq bajarilishini ta’minlash, bunda mazkur ish o‘rinlarini to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish va oyda kamida 2 marotaba mazkur dasturni bajarilishini muhokama etib borish va dasturga kirgan har bir ob’ektlar bo‘yicha alohida tizimli ish tashkil etish;

loyihachilarni er ajratish, kadastr hujjatlarini tezkorlik bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;

viloyat, respublika miqyosida hal etiladigan muammoli loyihalarni doimiy o‘rganib chiqib, istiqbolsiz loyihalarni belgilangan tartibda dasturdan chiqarish bo‘yicha viloyat ishchi komissiyasiga taklif kiritib borish vazifalari topshirilsin.

  1. Kosonsoy tumani hokimi B.YUsupovning viloyatdagi paxta va g‘allachilik hamda bog‘-tok yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida har gektariga
    5 tadan ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha bergan taklifi inobatga olinsin. Kosonsoy tumani misolida bir oylik muddatda paxta va g‘allachilik hamda
    bog‘-tok yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarini har gektar maydonga 5 nafar ishchini o‘zaro kelishuv asosida, mehnat shartnomasi tuzgan holda ishga qabul qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etilsin. Kosonsoy tumanida namunali ish tajribasi asosida seminar o‘tkazish rejalashtirilsin.
  2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalari hamda tuman va shahar Kengashlari raislari, hududlarda ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy ravishda tahlil qilib, bu borada aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam bersinlar va har chorak yakuni bilan viloyat Kengashiga ma’lumot taqdim etib borsinlar.
  3. Elektr tarmoqlari korxonasi (SH.Davranov), “Vodiygazta’minot” korxonasi (T.Turdiev), Suvoqava DUK (A.Apakov)lar tasdiqlangan dastur loyihachilariga belgilangan tartibda uzluksiz elektr, gaz, suv ta’minotini hal etib borish vazifasi yuklatilsin.
  4. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi (I.Jo‘raev), tijorat banklari bilan birgalikda dasturdagi ish o‘rni yaratiladigan loyihalarga belgilangan muddatda kredit mablag‘larini hamda konvertatsiya masalalarini hal etish tavsiya etilsin.
  5. Ish o‘rinlari tarmoq parametrlari ijrosi yuzasidan:

Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Mamatov) yirik ob’ektlarda hamda hududlarda sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis, savdo va umumiy ovqatlanish, transport, aloqa va boshqa sohalardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha;

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi (D.Botirov) ishlamasdan turgan va nochor korxonalar, shu jumladan tijorat banklari balansiga berilgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga hamda davlat mulkidagi bo‘sh binolar va boshqa ob’ektlar bazasida tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish hisobiga tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha;

Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (I.Isomiddinov) qurilish va uy-joylarni ta’mirlash sohasidagi kichik biznes sub’ektlarini tashkil etish hisobiga va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarida tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha;

Pensiya jamg‘armasi (N.Usmonqulov) va Mahalla xayriya jamoat fondi (M.Xodjaev) uy mehnatini, shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmay turib tadbirkorlik bilan shug‘ullanish hisobiga tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha;

Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi (A.Xakimov), Fermerlar Kengashi viloyat bo‘limi (U.Jo‘raev) dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularni kengaytirish hisobiga tashkil etilgan ish o‘rinlari bo‘yicha;

Viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Xakimov) yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, PF-4725-son Farmon imtiyozlari bo‘yicha norasmiy tadbirkorlarni rasmiylashtirish, faoliyatini to‘xtatgan korxonalarni tiklash hisobiga yaratilgan ish o‘rinlari bo‘yicha;

Viloyat statistika boshqarmasi (S.Meliboev) ma’lumotlarda yaratilayotgan ish o‘rinlarini statistik hisobotlarda aks ettirish holati bo‘yicha;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi (R.G‘ulomov), Mehnat bosh boshqarmasi (SH.Po‘latov) kollej bitiruvchilarining bandligi holati bo‘yicha;

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i (I.Jo‘raev) tijorat banklari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga yaratilgan ish o‘rinlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oy yakunining 5-sanasiga viloyat ishchi komissiyasiga axborot berib borsinlar.

  1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi (R.G‘ulomov), Mehnat bosh boshqarmasi (SH.Po‘latov), Namangan shahar va tumanlar hokimlari, joriy yil kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini aniq ish joylariga joylashtirish bo‘yicha qat’iy ish tashkil etsinlar va bitiruvchilar bandligini ta’minlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarini sifatli o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
  2. Mazkur qaror “Namangan xaqiqati” gazetasida e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining mazkur qarorini bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Mamatov hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari a’zolari zimmasiga yuklatilsin.

 

Xalq deputatlari viloyat

kengashi raisi, viloyat hokimi                                      X. Bozarov

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech