Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


 

 

 

 

Xalq Deputatlari

Namangan Viloyati Kengashining

“29”  dekabr 2016 y  73/16-5-sonli

Q A R O R I

                

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 28 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 618-III-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2016 yil 13 dekabrdagi SQ-122-III-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli qarori va Moliya vazirligining 2016 yil 27 dekabrdagi BX/20-01-34-11/1066-sonli xati bilan etkazilgan Namangan viloyatining 2017 yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari hamda viloyat mahalliy byudjetining 2016 yilgi kutilayotgan ijrosi to‘g‘risida

 

Namangan viloyati mahalliy byudjetining 2016 yilgi daromadlari va xarajatlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlaridan kutilayotgan ijrosi hamda 2017 yilga belgilangan asosiy parametrlarini muhokama qilib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y. 9-son, 320-modda) 24-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi

QAROR   QILADI :

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 28 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 618-III-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2016 yil 13 dekabrdagi SQ-122-III-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining
    2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Namangan viloyati moliya boshqarmasining mahalliy byudjetning
    2016 yilgi daromadlar va xarajatlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  3. Namangan viloyati mahalliy byudjeti 2017 yil asosiy ko‘rsatkichlarining daromadlar qismi 961 mlrd. 259 909 ming so‘m, xarajatlar qismi 1 trln. 617 mlrd. 655 mln. 707 ming so‘m, maqsadli subvensiya miqdori 542 mlrd. 275 mln. 499 ming so‘m, Namangan viloyati mahalliy byudjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar miqdori 114 mlrd. 120 mln. 299 ming so‘m, aylanma kassa mablag‘lari miqdori 8 mlrd 399 mln. 700 ming so‘m, 2017 yilda umumdavlat soliqlari bo‘yicha tushumlarning Namangan viloyati byudjetiga ajratiladigan me’yorlari 1-4 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
  4. Viloyat hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari A.Mamatov, viloyat Davlat soliq (A.Xakimov) va moliya (T.YUsupov) boshqarmalari, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda viloyat mahalliy byudjeti daromadlar qismini soliq turlari bo‘yicha belgilangan rejalarini oshirib bajarilishini ta’minlasin.
  5. Namangan viloyati hokimligi moliya boshqarmasi (T.Yusupov)ga:
  • 2017 yilni «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan viloyat mahalliy byudjetining 2017 yil davomida mahalliy byudjet xarajatlarini maqbullashtirish natijasida shakllanadigan qo‘shimcha manbalar hisobidan viloyatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur tuzatishlar kiritib borish;
  • byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanish asoslari mavjudligini muntazam tahlil qilib borish hamda byudjet mablag‘laridan saqlanish asoslari mavjud bo‘lmagan hamda ajratilgan byudjet mablag‘larining natijadorligiga erishilmayotgan byudjet muassasalarini qisqartirish yuzasidan viloyat hokimligiga va tegishli viloyat tarmoq boshqarmalariga muntazam ravishda taklif kiritish;
  • G‘aznachilik organlari bilan birgalikda byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish ustidan g‘aznachilik ijrosi tizimi vositasida qat’iy nazorat qilinishini bundan buyon ham ta’minlash borasidagi ishlarni davom ettirish vazifasi topshirilsin.
  1. Shahar va tumanlar hokimliklari tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda byudjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasinlar, hududlarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustaxkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rsinlar, byudjet mablag‘laridan manzilli, maqsadli va samarali foydalanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
  2. Viloyat hokimligi moliya boshqarmasi va viloyat davlat soliq boshqarmasi bilan birgalikda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga mahalliy byudjetning ijrosi to‘g‘risida har chorakda axborot berib borish vazifasi yuklatilsin.
  3. Mazkur qaror “Namangan xaqiqati” gazetasida e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga topshirilsin.

 

  Xalq deputatlari viloyat

  kengashi raisi, viloyat hokimi                                      X. Bozarov 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech