Chop etish

Namangan viloyatida o’tgan 2015 yilda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo’yicha manzilli dasturga muvofiq 16 ta loyiha amalga oshirilib, 7,7 mlrd. so’m mablag’lar o’zlashtirilgan. 2015 yilda viloyat hokimligi va uning tizimida 10 ta axborot tizimlari (Ijro intizomi, E-ijro, E-xat, Kadr-5, Mukofot, Uz-ASBO, Kottej, Bozor, Paxta, Avtograf) hamda 9 ta axborot resurslari ishga tushirilgan va belgilangan tartibda Yagona reestrdan o’tkazilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi PQ-2412-son qaroriga asosan tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida Namangan shahar va tumanlarida 12 ta “Yagona darcha” markazlari faoliyati yo’lga qo’yildi.

Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishda yanada qulaylik yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan:

Viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti www.namangan.uz orqali 28 ta turdagi, shu jumladan fuqarolar uchun 13 ta hamda yuridik shaxslar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun 15 ta interaktiv davlat xizmatlarini ikki tomonlama ko’rsatilishi yo’lga qo’yildi. Shuningdek, hokimlik rasmiy veb-saytining mobil va ko’rish qobiliyati zaiflashgan shaxslar uchun versiyalari ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari uchun qulaylik yaratish maqsadida viloyat hokimligining rasmiy saytida “Ochiq ma’lumotlar” bo’limi tashkil etildi.

2016 yildan boshlab viloyat hokimligida tadbirkorlarga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo’yicha qisqa raqamli “1056” – “Ishonch telefoni” tashkil etildi va dastur yordamida elektron tizimga kiritiladi. Ishonch telefoniga murojaat qilingan vaqtni bir o’zida murojaatlar statistikasi va baholash natijalari onlayn tarzda viloyat hokimligining saytida aks etib borilishi yo’lga qo’yildi. SHuningdek, “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilinishini keng ommaga yetkazish maqsadida viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan videoroliklar efirga uzatilishi hamda matbuotda e’lonlar berib borilishi yo’lga qo’yildi.

2016 yildan boshlab viloyatda “E-nazorat” monitoring tizimi ishga tushirildi.

Viloyat, shahar va tuman darajasidagi tashkilotlarning 550 dan ziyod foydalanuvchilari “E-xat” ximoyalangan elektron pochta tizimiga hamda 500 dan ziyod foydalanuvchilarni “E-ijro” idoralararo elektron hamkorlik tizimiga ulandi va bu borada ishlar davom ettirilmoqda.

Viloyatdagi barcha 118 ta kasb-hunar kollej va akademik litseylarda
“E-davomat” tizimini joriy etish maqsadida Toshkent shahar “Yangi pedagogik texnologiyalari” MCHJ mutaxassislari tomonidan barcha o’quv muassasi tizimga ulandi va elektron bazalari shakllantirildi.

Shu bilan birga, Namangan viloyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo’yicha 2016 yilda amalga oshirilishi belgilangan manzilli dasturga asosan viloyat miqiyosida umumiy qiymati 11 mlrd. so’mdan ziyod jami 47 ta loyiha va tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Xususan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish yo’nalishida 9 ta, iqtisodiyotning real tarmoqlarida AKTni joriy etish hamda axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish yo’nalishida 19 ta, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishida 9 ta, Axborot xavfsizligini ta’minlash va AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish yo’nalishida 10 ta istiqbolli loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Yuqorida ko’rsatilgan loyihalarni amalga oshirish natijasida viloyat, shahar va tuman darajasida davlat organlari o’rtasida idoralararo elektron hamkorlik tizimini keng tadbiq etish, qishloq xo’jaligi sohasida fermer xo’jaliklari hisobini yuritish va faoliyati monitoringini olib boruvchi “Agromonitoring”, davlat organi xodimlarini ish yuritishi bo’yicha “Kadrlar” axborot tizimlarini joriy etish, hokimlik faoliyati doirasidagi ochiq ma’lumotlar reestrini shakllantirish, viloyatdagi bo’sh turgan binolarni va nochor korxonalar hisobini yuritish ma’lumotlar bazasini joriy etish, Namangan to’qimachilik korxonalarida ishlab chiqilayotgan mahsulotlarni Internet tarmog’i orqali sotish va yetkazib berish tizimini joriy etish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2012 y. PQ-1741-son qaroriga asosan viloyat aholisining raqamli televidenie bilan qamrovini 58,3 foizdan 92,4 foizga yetkazish va 12 ta ijtimoiy teledasturlar paketidan foydalanish imkonini yaratish, mavjud aloqa liniyalarini modernizatsiya qilish va yanada kengaytirish orqali keng polosali ma’lumot uzatish imkonini yaratuvchi optik tolali aloqa liniyalarini qurish, mobil aloqa operatorlarining (2G, 3G va 4G LTE texnologiyasi asosida) 220 ta baza stantsiyalarni viloyat va tumanlar markazlarida ishga tushirish, Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi o’rtasida axborot almashinuvini yanada kengaytirish va mavjud tarmoqni zahiralash maqsadida Angren – Pop yo’nalishida optik tolali aloqa liniyasini qurish, viloyat tadbirkorlik sub’yektlari va aholini kompyuter savodxonligini oshirish va “Elektron xukumat” tizimini rivojlantirish bo’yicha “Bunyodkor 2016 – kompyuter savodxonligi” o’quv kurslarini tashkil qilish kabi yirik loyihalar bajariladi.