Viloyat hokimining 2018 yil 5 apreldagi "Namangan viloyati hokimi va uning o'rinbosarlari o'rtasida ish taqsimotini tasdiqlash to'g'risida"gi 244-son qarori

 

Viloyat hokimi rahbarlik qiladigan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari

 

1. Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo'yicha viloyat mintaqaviy komissyasi;

2. Viloyat hokimligi huzuridagi xorijiy fuqarolarga, shu jumladan MDH qatnashchilari bo'lgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga yashash uchun guvohnomalar berish hamda ularni doimiy ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni ko'rib chiqish bo'yicha maxsus komissiya;

3. Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyasi

4. Namangan viloyatidagi toponomik ob'yektlarga nom berish masalalarini muvofiqlshtiruvchi viloyat komissiyasi;

 

Viloyat hokimining birinchi o'rinbosari rahbarlik qiladigan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari

1. Jazoni o'tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashtirishda yordam ko'rsatish bo'yicha viloyat maxsus komissiyasi;

2. Toshqin va sel oqimlarini havf-xatarsiz o'tkazib yuborish; ko'chki hodisalarining oldini olishni ta'minlash viloyat komissiyasi;

 

Viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari rahbarlik qiladigan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari

 

1. Viloyat pudrat savdolarini (tender) o'tkazish komissiyasi;

2. Viloyatda ikkilamchi qora va rangli metal parchalari va chiqindilarini tayyorlash va topshirilishini tashkillashtiruvchi hamda nazorat qilib boruvchi ishchi guruhi;

 

Viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari rahbarlik qiladigan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari

1. Davlat tili to'g'risidagi Qonunni amalga oshirilishi bo'yicha viloyat komissiyasi;

2. Viloyat chaqiruv komissiyasi;

 

Viloyat hokiming o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasining raisi rahbarlik qiladigan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari


1. Zulfiya nomli davlat mukofoti viloyat komissiyasi;

2. Sog'lom avlod, ayollar sog'lig;ini mustahkamlash va oilada tibbiy madaniyatni oshirish masalalari bo'yicha komissiya.

 

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (31 KB)