O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2458-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 16,8 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 564,2 mlrd.so’m jami 581,0 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 2,4 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 240,9 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 189,8 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 49,9 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo’yicha 77 ta, qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida 451 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 621 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’ektlarini rivojlantirish borasida 30 ta, jami 1179 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 8578 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

2016 yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 21,6 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 14,5 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar hisobidan 7,1 mlrd.so’m hamda boshqa manbalar hisobidan 16,1 mlrd.so’m jami 59,3 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,1 foizga o’sishi ta’minlandi.

O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 29 ta sanoat, 105 ta xizmat ko’rsatish va servis va 60 ta qishloq xo’jaligi, jami 194 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 1-chorak yakuni bilan 105 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 8,8 mlrd.so’mdan ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 482 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 29 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 7,8 mlrd.so’m (3,8 mlrd.so’m o’z mablag’i, 4,0 mlrd.so’m bank kreditimablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 311 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Jumladan, Namangan shahrida 21 ta, Mingbuloq tumanida 2 ta, Pop tumanida 1 ta, Uychi tumanida 3 ta, Uchqo’rg’on tumanida 1 ta va Yangiqo’rg’on tumanida 1 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 60 ta loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 2,8 mlrd.so’m (2,4 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 0,4 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 172 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, Hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 15 ta loyihalar bo’yicha 17,3 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Xisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 2,4 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Jumladan, Chortoq tumanidagi "Chartak Resorts" MCHJda 2,2 mln.dollar hamda qo’shimcha loyiha hisobiga To’raqo’rg’on tumanidagi "PACKING INDUSTRIES " MCHJda 200,0 ming dollar, jami 2,4 mln.dollar miqdorida to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

  1. Sanoat.

Viloyatda 2016 yil 1 aprel holatiga faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3154 tani tashkil etib, ular tomonidan hisobot davrida 823,6 mlrd.so’mlik (112,5%) sanoat mahsulotlari, 504,0 mlrd.so’mlik (116,9%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (111,8% hamda 114,5% ) parametrlari ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati 10,7 foiz, oziq-ovqat sanoatida 18,0 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (43,3%) va oziq-ovqat sanoati (25,0%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 315,8 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 193,2 ming so’mni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 112,3 ming so’m va 92,1 ming so’mga ko’p bo’ldi.

Namangan viloyatini “2016-2018 yillarda sanoat saloxiyatini rivojlantirish Dasturi” doirasida joriy yilda umumiy qiymati 483,3 mlrd.so’mlik 260 ta loyixalarni amalga oshirish va natijada 10000 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilishi belgilangan loyixalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda, yengil sanoat yo’nalishida 320,8 mlrd.so’mlik 88 ta loyiha (6094 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 30,2 mlrd.so’mlik 56 ta loyiha (666 ta), qurilish materiallari sanotida 59,1 mlrd.so’mlik 61 ta loyiha (1368 ta), mashinasozlik va metallni qayta ishlash soxasida 16,3 mlrd.so’mlik 14 ta loyiha (377 ta), mebel va qog’oz sanoatida 5,2 mlrd.so’mlik 17 ta (165 ta), kimyo va neftkimyo soxasida 32,0mlrd.so’mlik 21 ta loyiha (1152 ta) xamda farmatsevtika sanoatida 19,3 mlrd.so’mlik3 ta (178 ta) loyixalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.  

Dasturga ko’ra joriy yilning yanvar-mart oylari davomida loyixa qiymati 5,5 mlrd.so’mlik 29 ta loyixalarni amalga oshirish va 311 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan bo’lib, amalda 29 ta loyixalar ishlab chiqarishga tadbiq etildi va 311 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Foydalanishga topshirilgan loyixalarga loyixa tashabbuskorlari tomonidan 3,8 mlrd.so’m va 1,7 mlrd.so’m bank kredit mablag’lari jalb etildi.

Amalga oshirilgan loyixalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda yengil sanoat yo’nalishida 1,4 mlrd.so’mlik 11 ta loyiha (114 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 1,6 mln.so’mlik 10 ta loyiha (79 ta), qurilish materiallari sanoatida 550,0 mln.so’mlik 3 ta (55 ta), ximiya va neftximiya soxasida 100,0 mln.so’mlik 1 ta (4 ta) loyihalar foydalanishga topshirildi.

Misol uchun, Namangan shaxrida "Registon qurilish invest" MCHJda temir beton mahsuloti ishlab chikarishni modernizatsiya kilish(20 ta yangi ish o’rinlari), "Zafar tikuv servis" MCHJda noto’qima mato ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (22 ta), Yangiqo’rg’on tumanida "Xamkor Unversal servis" XKda shlakoblok mahsuloti ishlab chikarishni tashkil etish (30 ta) kabi loyixalar foydalanishga topshirildi.