Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

I. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2015 yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2015 yil 1-chorak yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 9,1 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq xo’jaligi 6,6 foizga, kapital qo’yilmalar 0,4 foizga, qurilish ishlari 10,0 foiz, chakana savdo aylanmasi 13,1 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 16,2 foizga o’sishi ta’minlandi.

Shuningdek, YaHMdagi sanoatning ulushi 18,0 foizni (2014 yil 1-choragida 16,9%), qishloq xo’jaligi 5,7 foizni (5,7%), qurilish 7,7 foizni (7,2%), transport va aloqa 13,5 foizni (13,7%) va boshqalar 36,3 foizni (37,6%) tashkil etgan. Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi esa 67,8 foizga (66,9%) va xizmatlar ulushi 63,6 foizga to’g’ri kelgan.

II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.

1. Davlat Investitsiya dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida»gi PQ-2264-sonli va shu asosida viloyat hokimining 22 noyabrdagi 342-sonli qaroriga asosan 2015 yil davomida 2079,7 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 161,5 mlrd.so’m byudjet mablag’lari, 5,1 mlrd.so’m mahalliy byudjet mablag’lari, 99,1 mlrd.so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 521,2 mlrd.so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 57,3 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasi RRQJ mablag’lari, 428,5 mlrd.so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 147,1 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari, 516,0 mlrd.so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 143,9 mlrd.so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan.

Joriy yil 1-chorak yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 231,3 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,4 punktga ko’p jalb etilishi ta’minlandi. Shu davrda 165,5 mlrd.so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’sish sur’ati 110,0 foizni tashkil etdi (prognoz 109,4%).

Markazlashgan mablag’lar hisobidan 8 ta (3 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 19 ta (1 ta yangi qurilish, 9 ta rekonstruktsiya va 9 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 5 ta sog’liqni saqlash ob’ektlari hamda yangi qurilish va rekonstruktsiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, xisobot davrida markazlashgan mablag’lar hisobidan sog’liqni saqlash sohasi bo’yicha rekonstruktsiya hisobiga 5 ta (2,5 mlrd.so’m) sog’liqni saqlash muassasalari, rekonstruktsiya hisobiga 3 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 8 ta (3,9 mlrd.so’m) kasb-hunar kollejlari, yangi qurilish hisobiga 1 ta, rekonstruktsiya hisobiga 9 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 9 ta jami 19 ta (7,7 mlrd.so’m) umumta’lim maktablari hamda 35 ta ichimlik suvi (2,4 mlrd.so’m) ob’ektlarida 16,5 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi  va bu maqsadlar uchun jami 18,2 mlrd.so’m mablag’ o’zlashtirildi.

Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» hisobidan jami 15 ta jumladan, 11 ta maktablar uchun sport zal va 4 ta Bolalar va o’smirlar sport maktabi ob’ektlarida qurilish ishlarini boshlash borasida ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi maydonlarida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruktsiya hisobidan 12 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 4 ta ob’ektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va bu maqsadlarga 3240,0 mln.so’m miqdorida mablag’lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan.

Joriy yil yanvar-mart oylari yakuni bilan ob’ektlarda 280,0 mln.so’mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 143,3 ming kv.m. turar-joy, 32,9 km ichimlik suvi va 6,0 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

2. Hududiy investitsiya dasturi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2264-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2015 yil 15 yanvardagi “Namangan viloyatining 2015 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 48-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 5,1 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 456,4 mlrd.so’m jami 461,5 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 5,1 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 141,3 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 147,1 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 41,0 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.

Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo’yicha 394 ta, qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida 242 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 707 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’ektlarini rivojlantirish borasida 11 ta, jami 1354 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 10850 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

2015 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 19,8 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 12,0 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 5,4 mlrd.so’m xamda boshqa manbalar hisobidan 15,7 mlrd.so’m jami 52,9 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi.

O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 18 ta sanoat, 65 ta xizmat ko’rsatish va servis va 69 ta qishloq xo’jaligi, jami 152 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 1-chorak yakuni bilan 65 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 4,4 mlrd. so’mdan ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 229 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 18 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 3,4 mlrd.so’m (1,9 mlrd.so’m o’z mablag’i, 1,5 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 218 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Jumladan, Namangan shahrida 8 ta, Namangan tumanida 3 ta, Pop tumanida 3 ta, Uychi tumanida  1 ta, Uchqo’rg’on tumanida 1 ta, Chortoq tumanida 1 ta va Yangiqo’rg’on tumanida 1 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 69 ta  loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 8,2 mlrd.so’m (7,7 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 0,5 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 229 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 8 ta asosiy va 6 ta ustivor loyihalar bo’yicha 17,1 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Xisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 2,15 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Jumladan, Norin tumanidagi "ELDORBEK SANOAT" MCHJda 69,8 ming dollar, Pop tumanidagi "PAP FEN" xorijiy korxonasida 2081,0 ming dollar, jami 2,15 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

3. Transport va aloqa, yo’l infratuzilmasi. 2015 yilda yo’l dasturiga kiritilgan 26 ta umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarida 28,1 km avtomobil yo’llarini rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlariga 35,3 mlrd.so’mlik ish hajmlari bajarilishi rejalashtirilgan.

2015 yil 1-choragi yakuni bilan barcha ob’ektlarda 0,7 mlrd.so’mlik ish hajmlari bajarildi.

Shundan, dasturdagi umumfoydalanuvdagi 8 ta mahalliy ahamiyatdagi 23,0 km avtomobil yo’llariga jami 6,5 mlrd so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, amalda hisobot yakuni bilan 1,0 mlrd so’m qurilish ishlari bajarildi.

Xalqaro ahamiyatdagi 4 ta ob’ektlarda yanvar-mart oylari yakuni bilan 0,7 mlrd so’m miqdorida ish hajmlari bajarilishi belgilangan bo’lib, amalda 658,9 mln. so’mlik ish hajmlari bajarilib, 1-chorak rejasining 94,1 foizi bajarildi.

Davlat va mahalliy ahamiyatidagi yo’llarda 2015 yilda bajariladigan ob’ektlar bo’yicha taklifi ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilib, qaror loyihasi ko’rib chiqilmoqda.

Shuningdek, taqdim etilgan taklifga yo’l dasturini bajarilishini ta’minlash hamda yo’l qurilishi korxonalarini sifatli asfaltbeton bilan ta’minlash maqsadida Namangan KXSITFK va To’raqo’rg’on TYXPTFKga qarashli ABZni modernizatsiya qilish hamda Yangiqo’rg’on TYXPTFK, CHortoq TYXPTFK hamda Kosonsoy TYXPTFK ga qarashli ABTSlarni to’la ta’mirlash ishlari kiritilgan.

Shu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalardan uzunligi 122,7 km bo’lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi ob’ektida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, loyiha bo’yicha 185,0 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, 157,0 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’ektda o’zlashtirilgan mablag’lardan 27,3 mlrd.so’m byudjet, 27,5 mlrd.so’m “O’zbekiston Temir yo’llari” DAK o’z mablag’lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 128,5 mlrd.so’m hamda 1,7 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasini Rivojlantirish jamg’armasi hisobiga to’g’ri keldi.

Sanoat.

Viloyatda 2015 yil 1 aprel holatiga faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari soni 2985 tani tashkil etib, ular tomonidan hisobot davrida 520,8 mlrd.so’mlik (112,7%) sanoat mahsulotlari, 258,6 mlrd.so’mlik (118,2%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (111,0%) parametrlari ta’minlandi.

Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati 10,7 foiz, oziq-ovqat sanoatida 18,0 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (43,3%) va oziq-ovqat sanoati (25,0%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.

SHu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 203,6 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 101,1 ming so’mni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 35,3 ming so’m va 13,9 ming so’mga ko’p bo’ldi.

Jumladan, Namangan shahridagi “Karbonam” MCHJda 471,2 mln so’mga (60,6%), “Elektr qurilmalari” AJda 1,6 mlrd so’mga (37,8%), Pop tumanidagi “Pop Fen” Xor.Kda 1,2 mlrd.so’mga (67,0%) Chust tumanidagi “Chust Tekstil” MCHJda 924,3 mln so’mga (68,7%) hamda Yangiqo’rg’on tumanidagi “Yangiqo’rg’on sharobi” MCHJda 2,2 mlrd so’mga (53,9%) mahsulot ishlab chiqarish hajmlari o’tgan yilga nisbatan kamaygan.

Hududiy sanoat.

Joriy yilning yanvar-mart oylari uchun viloyatda faoliyat yuritayotgan xududiy korxonalar tomonidan maxsulot ishlab chiqarish xajmini o’tgan yilning shu davriga nisbatan 115,5 foizga o’sishini ta’minlash reja qilib belgilangan.

O’tgan 3 oy davomida xududiy sanoat korxonalari tarkibidagi yirik korxonalar tomonidan 2,2 mlrd.so’m (o’sish sur’ati 124,4%), kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan 103,1 mlrd.so’m (119,9%), yakka tartibdagi mexnat faoliyati 43,2 mlrd.so’m (110,2%), uy xo’jaligi 32,8 mlrd.so’mlik (113,7%) sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko’rsatkichlari to’liq ta’minlangan.

Biroq, yordamchi sanoat korxonalari tomonidan 6,1 mlrd.so’mlik sanoat maxsulolari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning shu davriga nisbatan 78,4 foizni tashkil etgan.

Namangan viloyatini “2013-2015 yillarda sanoat saloxiyatini rivojlantirish Dasturi” doirasida joriy yilda umumiy qiymati 2,9 trln. so’mlik 276 ta loyixalarni amalga oshirish va natijada 8695 ta yangi ish o’rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Dasturga ko’ra joriy yilning yanvar-mart oylari davomida loyixa qiymati 3,1 mlrd.so’mlik 16 ta loyixalarni amalga oshirish va 195 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan bo’lib, amalda 18 ta loyixalar ishlab chiqarishga tadbiq etildi va 218 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Foydalanishga topshirilgan loyixalarga loyixa tashabbuskorlari tomonidan 1,9 mlrd.so’m va 1,5 mlrd.so’m bank kredit mablag’lari jalb etildi.

Dastur asosida amalga oshirilgan loyixalar soni belgilangan rejaga nisbatan 2 taga va yaratilgan ish o’rinlari soni 23 taga ortig’i bajarildi. 

Amalga oshirilgan loyixalarni tarmoqlar kesimida ko’rilganda yengil sanoat yo’nalishida 270,0 mln.so’mlik 5 ta loyiha (80 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 300,0 mln.so’mlik 3 ta loyiha (15 ta), qurilish materiallari sanoatida 2,4 mlrd.so’mlik 6 ta (98 ta), charmpoyabzali yo’nalishida 290,0 mln.so’mlik 3 ta (15 ta), ximiya va neftximiya soxasida 147,0 mln.so’mlik  1 ta (10 ta) loyihalar foydalanishga topshirildi.

Misol uchun, Namangan shaxrida "Firdavs tekstil" MCHJda yengil sanoat soxasida tikuvchilik mahsulotlari (50 ta yangi ish o’rinlari), Namangan tumanida "Turbo Plast Plyus" MCHJda ximiya va neftximiya soxasida bir martalik probirkalar (10 ta), Pop tumanida "Chorkesar lochin testil" oilaviy korxonasida yengil sanoat soxasida tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish (15 ta) kabi loyixalar foydalanishga topshirildi.

Mahalliylashtirish dasturi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qarorini viloyatda ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2015 yil 17 fevraldagi 64-sonli qarori qabul qilinib, dasturga asosan 2015 yilda jami 9 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 15 ta loyihasi bo’yicha 16,2 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.

Dastur doirasida 1-chorak davomida 1,6 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 2,8 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 2,1 mlrd.so’mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi.

Shu davrda iqtisod qilingan valyuta miqdori 766,6 ming dollarni tashkil etib, Dastur asosida 33 ta yangi ish o’rinlari tashkil etishga erishildi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko’rilganda;

Namangan shahridagi «AUTO PLAST PART» MCHJda 54,3 ming komplekt avtomobil ehtiyot qismlari, «Nam lider lityo servis» MCHJda 2013,0 dona non qoliplari va «Namangan rezina plast» SHKda 3,1 ming kv.m konveer lentalari, Kosonsoy tumanidagi «Kosonsoy to’qimachi» MCHJda 9,5 ming p.m. bayka mato, 11,2 ming p.m odeyal mato, 43,8 tonna sintetik trikotaj ip mahsulotlari, Namangan tumanidagi «CHina Namangan Indastriy» MCHJda 33,0 tonna elektrod mahsulotlari hamda Uychi tumanidagi «Extra Primer Bat» MCHJda 770,0 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida 1-chorakka belgilangan prognoz topshiriqlari to’liq bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muxitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4609-sonli farmoni bo’yicha viloyatda amalga oshirilgan ishlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muxitini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4609-sonli farmoni bo’yicha viloyatda qurilish materiallari sanoati, yengil sanoat xamda oziq-ovqat sanoati tarmog’idagi kichik korxonalardagi ishchilarning cheklangan o’rtacha yillik sonini o’rta xisobda amaldagidan ikki barobarga oshirib, 200 nafarga yetkazish borasida shahar va tuman xokimliklari bilan birgalikda tizimli ish tashkil etilib, ushbu farmon asosida xududiy bo’ysinuvdagi Namangan shahrida 2 ta, Kosonsoy tumanida 1 ta xamda Namangan tumanida 4 ta, jami 7 ta korxonalar aniqlangan.

Tarmoqlar bo’yicha ko’rilganda qurilish sanoatida 1 ta, yengil sanoat yo’nalishida 6 ta korxonalarda ushbu farmonga asosan qo’shimcha yangi ish o’rinlari yaratilgan.

Jumladan,

Korxona nomi

2014 yil

1 iyul xolatiga mavjud ish o’rinlari

2015 yil

1 yanvar xolatiga mavjud ish o’rinlari

2015 yil

1 aprel xolatiga mavjud ish o’rinlari

1

"Kosonsoy Tuqimachi" MCHJ

118

138

138

2

"Istiqlol Tekstil Dizayn" MCHJ

103

125

129

3

"Namangan Temir Beton Buyumlari Zavodi" MCHJ

96

140

140

4

"Lyuks Plyus Servis" MCHJ

113

214

181

5

"Iftixor Kiyim Sanoat" MCHJ

112

125

130

6

"Nafis Teks Group" MCHJ

-

189

189

7

"Aisha Home Textile" MCHJ

99

96

119

Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etilishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi “Davlat tasarrufidagi mulklarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2200-sonli qarori asosida 5 ta ; Namangan shahridan "Natural invest" MCHJ, "Namanganagromash" OAJ, sobiq "SHifo LTD" MCHJ, To’raqo’rg’on tumanidan sobiq "148-XMKK" MCHJ va sobiq "Dehqonmashta’minot" OAJlar xamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 192-sonli qarorining 5-ilovasida keltirilgan 1 ta yer uchastkalari negizida tashkil etiladigan kichik sanoat zonalariga tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish bo’yicha Pop tumanidan "Uzruberoid" AJ xududidagi bo’sh turgan yer maydonlari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish va ularga tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish belgilangan.

Sanoat zonalari tashkil etilishi belgilangan xududlarda, ya’ni Namangan shahar, To’raqo’rg’on va Pop tumanlarida sanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish bo’yicha xududlarda yagona direktsiya tashkil etilib, Namangan shahrida 4 ta, To’raqo’rg’on va Pop tumanlarida 2 tadan, jami 8 ta shtat birligida ish o’rni tashkil etilgan.

Namangan shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan 3 ta sanoat zonasiga tadbirkorlik suyu’ektlari to’liq joylashtirilib, o’z faoliyatini to’liq yo’lga qo’ygan.

Mazkur xududlardan "Natural invest" MCHJda 20 ta, "SHifo LTD" MCHJda 3 ta xamda "Namanganagromash" OAJda 3 ta tadbirkorlik sub’ektlari joylashtirilgan.

Shuningdek, To’raqo’rg’on tumanidagi sobiq "148-XMKK" MCHJda 4 ta tadbirkorlik sub’ektlari joylashtirilgan bo’lib, xozirda 3 tasida tashabbuskorlar tomonidan ishlab chiqarish jarayonini yo’lga qo’yish uchun uskuna va jixozlar olib kelinmoqda. Bundan tashqari 1 ta korxonada qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sobiq "Dehqonmashta’minot" OAJda esa 8 ta tadbirkorlik sub’ektlari joylashtirilgan bo’lib, xozirda ulardan 1 tasida maxsulot ishlab chiqarish jarayoni yo’lga qo’yilgan va 7 ta korxonada ishlab chiqarish binolarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Pop tumanidagi "Uzruberoid" AJ xududidagi bo’sh turgan yer maydoni negizida tashkil etilishi belgilangan sanoat xududiga 10 ta tadbirkorlik sub’ektlari joylashtirilgan va xozirda ishlab chiqarish binolarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

3. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 776,7 mlrd.so’mni tashkil etib, 2014 yilning mos davriga nisbatan 117,3 foiz o’sdi. Yoki, sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 63,6 foizga to’g’ri keldi.

Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 135,6 foiz (prognoz 114,7%), kompyuterli programmalashtirish xizmatlari konsultatsion xizmatlar bilan birga 108,5 foiz (121,4%), transport xizmati 115,8 foiz (125,5%), moliya va bank xizmatlari 125,2 foiz (124,9%), qurilish xizmatlari 115,8 foiz (126,0%), texnologiya uskunalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish 118,4 foiz (112,2%), qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xizmati 114,1 foiz (106,2%), turizm xizmati 115,0 foiz (105,2%), savdo xizmati 114,1 foiz (114,1%), maishiy xizmatlar 115,9 foiz (115,1%),  ta’lim xizmatlari 112,4 foiz (111,4%), sog’liqni saqlash xizmatlari 120,2 foiz (120,5%), qishloq xo’jaligi soxasidagi xizmatlar 115,4 foiz (113,5%) va boshqa xizmatlar 114,8 foiz (108,8%)ga bajarildi.

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2015 yil yanvar-mart oylari davomida «Mikrokredit bank» tomonidan 744,0 mln.so’m kredit mablag’lari yo’naltirildi.

“Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga muvofiq xizmatlar va servis yo’nalishida 2015 yil yanvar-mart oylari davomida umumiy qiymati 2,0 mlrd.so’mlik 48 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlarini tashkil etish belgilangan.

Hisobot davrida 50 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchasi  tashkil etilib, topshiriq 104,2 foizga bajarildi.

Shu jumladan, 20 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do’koni, 8 ta savdo va umumiy ovqatlanish, 2 ta dorixona, 3 ta maishiy xizmat ko’rsatish, 5 ta sun’iy qoplamali futbol va boshqa sport maydonchasi, 4 ta avtotexxizmat, 4 ta go’zallik salonlari va 4 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shaxobchalari foydalanishga  topshirildi.

4. Chakana savdo. Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 870,2 mlrd.so’m (113,1%), pullik xizmatlar hajmi 336,9 mlrd.so’mni (116,2%) tashkil etib, prognoz parametrlari (113,0% va 113,4%) ta’minlandi.  

Hududlar bo’yicha ko’rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan shahri (o’sish sur’ati 135,7%), Mingbuloq (124,8%) va Chust tumanlarida (123,2%),  pullik xizmat ko’rsatish hajmi Namangan (120,2%) va Yangiqo’rg’on (118,1%) tumanlarida o’sish sur’atlari yuqori bo’ldi.

Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 340,1 ming so’m, pullik xizmat 131,7 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 10,3 va 13,3 foizga ko’paydi.   

III. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 dekabrdagi 334-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2013 yil 23 noyabrda qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatildi.

Mazkur qaror asosida «Namangan viloyati tumanlarida 2015 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum  mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko’rsatkichlari» ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, 2015 yilda barcha xo’jaliklarda 240,0 ming tonna kartoshka, 642,4 ming tonna sabzavot, 70,4 ming tonna poliz, 216,4 ming tonna meva, 115,0 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 114,3 ming tonna go’sht,  580,6 ming tonna sut, 357,1 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2014 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

1-chorak yakuni bilan 1,5 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 109,6%), 20,8 ming tonna go’sht (106,2%), 91,4 ming tonna sut (106,1%) va 66,5 mln.dona tuxum (126,1%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

Buning hisobiga viloyatda 148,9 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 106,6 foizga ta’minlandi (prognoz 105,8%).

Shu davrda, qoramol bosh sonlari 576,5 ming boshni (102,0%) shu jumladan, sigirlar 203,9 ming boshni (101,6%), qo’y-echkilar 681,4 ming boshni (102,9%), parrandalar 3210,9 ming boshni (115,4%) va otlar 6,6 ming boshni (100,8%) tashkil etdi.

O’zbekiston Resublikasi Prezidentining 2011 yil 31 oktyabrdagi “2012-2015 yillarda Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’risida”gi PQ-1633-sonli qaroriga asosan viloyatda 2015 yilda jami 13 ta,  8 ta yangi va 5 ta modernizatsiya qilinadigan loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Shuningdek, amalga oshiriladigan loyixalarga jami 13,4 mlrd so’m, shundan  8,9 mlrd so’m bank kredit, 4,6 mlrd so’m tashabbuskor mablag’lari sarflanishi belgilandi. Bular natijasida 151 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirildi.

2015 yilda yangi quriladigan va modernizatsiya qilinaadigan har bir loyiha bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan reja-jadval (setevoy grafik) ishlab chiqildi va foydalanilmasdan  bo’sh  turgan maydonlardan yer uchastkalari ajratish bo’yicha tuman va shahar hokimlarining qarorlari qabul qilindi.

Joriy yilning 1-chorak yakuni bilan Namangan tumanidagi "Anor" fermer xo’jaligi tomonidan yillik quvvati 10 tonna sutni qayta ishlash korxonasi ishga tushirildi va 5 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Qolgan loyihalarni o’z muddatida ishga tushirish bo’yicha tijorat banklaridan kredit ajratish hamda texnologiya sotib olish ishlari olib borilmoqda.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi “2011-2015 yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi VM-105-sonli qaroriga asosan 2015 yilda jami 6100 tonna quvvatga ega yangi 7 ta omborxonalar qurish belgilangan.

Shuningdek, shahar va tumanlar hokimliklarining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosarlari rahbarligida tuman (shahar) monitoring-nazorati guruhi tuzildi.

2015 yilda yangi quriladigan va modernizatsiya qilinadigan har bir loyiha bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan reja-jadval (setevoy grafik) ishlab chiqilgan va foydalanilmasdan bo’sh turgan maydonlardan yer uchastkalari ajratish bo’yicha tuman va shahar hokimlarining qarorlari qabul qilindi.

Dasturdagi loyihalarni o’z muddatida ishga tushirish bo’yicha tijorat banklaridan kredit ajratish hamda texnologiya sotib olish uchun shartnoma tuzish ishlari olib borilmoqda.

“Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga muvofiq qishloq xo’jaligi yo’nalishida 2015 yil davomida umumiy qiymati 100,6 mlrd.so’mlik 459 loyihalar amalga oshirish ko’zda tutilgan.

Xususan, 9888 bosh qoramol boqishga ixtisoslashgan 165 ta qoramochilik, 843,0 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 38 ta parrandachilik, 589,0 gektar maydonda 49 ta baliqchilik, 2895 ta asalari oilasi boqishga ixtisoslashgan 74 ta asalarichilik, 990,0 gektar maydonda 91 ta intensiv bog’dorchilik xo’jaliklari, 278,0 gektar yer maydonda 13 ta tokzorlar hamda 21,0 gektar maydonda 29 ta yengil konstruktsiyali issiqxonalar tashkil etish bo’yicha tasdiqlangan tarmoq grafiklari asosida ish olib borilmoqda.

Hisobot davrida 3,2 mlrd so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 58 ta loyihalar (187,1%) amalga oshirilib, 155 ta yangi ish o’rinlari (267,2%) yaratildi. Jumladan, 315 bosh qoramol boqishga ixtisoslashgan 6 ta qoramolchilik, 97,0 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 5 ta parrandachilik, 127,5 gektar maydonda 8 ta baliqchilik, 33 ta asalarichilik (800 ta oila) xo’jaliklari tashkil etilib, 0,5 gektar maydonda 1 ta issiqxona, 5 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 18,4 gektar maydonda intensiv bog’lar barpo etildi.

Namangan viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan 2015 yil Davlat dasturi asosan olib borilayotgan meliorativ tadbirlar  to’g’risida.

2015 yil viloyatimiz tumanlaridagi 28856 gektar sug’oriladigan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 4 ta loyixalarda  3241,6 mln.so’mlik 2,0 km uzunlikda yangi kollektor qurish, 1 dona meliorativ nasos stantsiyasini, 10,0 km uzunlikda kollektorni va 12 dona meliorativ tik qudqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish hamda 24 ta loyixalarda 7300,0 mln.so’mlik 950,6 km uzunlikda kollektorlarni 24 dona meliorativ tik quduqlarini ta’mirlash va tiklash ishlari rejalashtirilgan.

Melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari loyixalari

1. Mingbuloq tumanidagi «Damkul» kollektorini rekonstruktsiya qilish ob’ekti. Loyixani shartnoma  kiymati 717,0 mln.sum. 2015 yil 1 aprel kuniga 50,5 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan bo’lib, amalda 79,6 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi. Loyixada 1 dona ekskovator, 1 dona buldozer ish olib bormoqda.

2. Viloyat tumanlarida 12 dona meliorativ kuduklarni rekonstruktsiya qilish ob’ekti. 2015 yil 1 aprel kuniga 125,5 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan  bo’lib, amalda 188,9 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi.

3. Mingbuloq tumanidagi «Tegirmon» nasos stantsiyasini rekonstruktsiya qilish ob’ekti. 2015 yil 1 aprel kuniga 70,5 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan bo’lib, amalda 11,5 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi.

4. Pop tumanidagi «Korakalpok» kollektoriga yangi kollektorlar kurish ob’ekti. 2015 yil 1 aprel kuniga 32,9 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan bo’lib, xozirgi kunda qurilish ishlari boshlanmoqda.

Ta’mirlash va tiklash ishlari  loyihalari 2015 yilda 18805 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida 24 dona loyixalardagi 950,6 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, shundan 6 donasi yildan-yilga o’tuvchi 18 donasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlarda, kollektor drenaj tarmoq-larini, 24 dona meliorativ tik quduqlarini, 162 dona quvurli o’tish joylarini, 16 dona suv o’lchash inshoot-larini, 178 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlari rejalashtirilib, ushbu ishlarga 7 mlrd 300 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan.

Joriy yil 1-chorak yakunida 212,08 km uzunlikdagi 1631,95 mln.so’mlik  ishlar rejalashtirilgan bo’lib, amalda 224,68 km uzunlikda 1721,40 mln.so’mlik ta’mir-lash va tiklash ishlari bajarildi.

IV. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

Tashqi savdo aylanmasi. Viloyatda 2015 yil 1-chorak yakuni bilan 70,3 mln. dollarlik (2014 yilning mos davriga nisbatan 107,5%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 33,4 mln.dollarni (106,4%), import 36,9 mln. dollarni (104,8 %) tashkil etdi.

Jumladan, viloyatdagi eksportyor korxonalardan "Samo tekstil servis" MCHJ 200,1 ming dollar (106,7%), "Namangan momiq sochiqlari" MCHJ 399,7 ming dollar (133,2%), "Namangan to’qimachi" MCHJ 1532,3 ming dollar (124,7%), "Iftixor kiyim sanoat" MCHJ 354,9 ming dollar (112,5%) korxonalarida maxsulotlarni eksportga chiqarishda o’sish sur’atlari ta’minlandi.

Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o’sib bormoqda. 2014 yil 1-chorak yakuni bilan eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni 37 tani tashkil etgan bo’lsa, 2015 yil 1-chorakda ularning soni 9 taga ortib, 46 tani tashkil etdi.

Hisobot davrida viloyatdagi eksportyor korxonalar soni ortishi bilan bir qatorda yangi turdagi mahsulotlarni eksportga chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Xususan joriy yildan boshlab viloyatdagi “Muxtaram Tolib” MCHJda (16,5 ming dollar) tomyopqich ashyolar, “Karmen Fason” MCHJda (7,8 ming dollar) erkaklar poybzali, “Nam motor servis” MCHJda (34,4 ming dollar) nasos aggregatlari kabi yangi turdagi maxsulotlarni eksportga chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati. 2015 yilning 1 aprel holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 65 tani tashkil etib, qo’shma korxonalarning 54 tasi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 2 tasi savdo va xizmat ko’rsatish sohasida,  3 tasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, 3 tasi  telekommunikatsiya, 2 tasi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va 1 tasi farmatsevtika sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida viloyatdagi qo’shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar xajmi 89,0 mlrd.so’mni (o’sish 104,8 %) tashkil etib, mintaqada ishlab chiqarilgan jami maxsulotdagi ulushi 21,6 foizga yetdi (2014 yil yanvar-mart oylarida 18,9 foiz).

O’tgan davr mobaynida qo’shma korxonalarning eksport xajmi 13,8 mln.dollarni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 112,8 foizga o’sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 39,4 bandga ortib 41,4 foizga yetdi.

Qo’shma korxonalarning import xajmi 16,3 mln.dollarni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 104,0 foizga ortishi ta’minlandi.

V. Kichik biznesni rivojlantirish.

Umumiy holat. Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. 2015 yilning 1 choragida kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 67,8 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes subektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.

Viloyatda 2015 yilning 1 aprel holatiga jami 15494 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2014 yilning mos davriga nisbatan 104,8 foizga ortdi.

2014 yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 152,3 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo’lsa, 2015 yilning yanvar-mart oylarida ushub ko’rsatkich 190,4 mlrd.so’mni tashkil etdi. Kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi mos ravishda 42,6 foizdan 43,7 foizga ortishi ta’minlandi.

Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning qishloq xo’jaligidagi ulushi 99,5 %, qurilish ishlarida 92,4%, chakana savdoda 46,1%, jami xizmatda 63,4 %ni tashkil etdi.    

2015 yilning yanvar-mart oylarida kichik korxonalar tononidan eksportga chiqarilgan mahsulotlar xajmi 2014 yilning mos davriga nisbatan 127,2 foizga ortib 12,5 mln.dollarni tashkil etdi. Buning natijasida viloyat eksportidagi kichik biznes sub’ektlarining ulushi mos ravishda 40,1 foizdan 43,7 foizga ko’paydi.

Kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan import amallari 18,7 mln.dollarni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 136,2 foizga ortishi hamda viloyat jami importdagi ulushi 50,6 foizga ortishi ta’minlandi (2014 yilning 1-choragida 48,6%).

Hisobot davrida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 5241 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo’lganlar soni 728,4 ming kishiga yetdi. 

 

2015 yil yanvar-mart oylari yakunlarida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari (Microsoft Excel 277 Kb)

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirib olish (195 Kb)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech