Mingbuloq tumani hokimi

 Xudoyberdiyev Nurshod Nurmamatovich (batafsil)

 Qabul qilish kunlari: Xar haftaning Dushanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha

 tel: (0-369) 45-21-937

 Manzil: 160200, Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, Jomashuy shaharchasi

 E-mail:  Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.

 Veb-manzil: www.mingbuloq.uz

Mingbuloq tumani hokimligining reglamenti

 
Mingbuloq tumani shimol tomondan Chust va To’raqo’rg’on tumanlari bilan, sharq tomondan Andijon viloyatining Ulug’nor tumani bilan, janub tomondan Farg’ona viloyatining Yazyovon tumani bilan, janubiy-g’arbiy tomondan Farg’ona viloyatining Buvayda tumani bilan va g’arb tomondan esa Pop tumani bilan chegaradosh. Tuman Farg’ona vodiysining markaziga joylashgan. Butun vodiyni bir shokosa deb tasavvur qilinsa, Markaziy Farg’ona shu kosaning tubi bo’lib, chor tarafdan oqava suvlar, yer osti suvlari qadimdan shu joyga oqib tushavergan. Hududning topografik joylashuvidan kelib chiqib,Mingbuloq deb nomlanishiga sabab, yer ostki-ustki boyliklari zahirasidan kelib chiqqan. Jumladan, hozirgi Dovduq qishlog’idagi neftь zahiralari, Gurtepa qishlog’ida «Hovuz mozor»dagi shifobahsh buloqlar, qo’sh qishlog’idagi sho’rsuv buloqlari, Balandgurtepa, Uzuntepa, Mulkobod, qo’g’oliko’l qishloqlaridagi buloqlar o’zining ming dardga davoligi bilan xarakterlanadi. 1992 yilda tumanning Dovduq qishlog’i xududidan neft boyligining otilib chiqishi va yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib,tumanga Mingbuloq nomi berildi. Tumanning umumiy maydoni 740 kv.kilometr. Tuman xududi geologik faol zonada joylashgan. Tuman xududidan Sirdaryo daryosi va Oxunboboev nomli kanallar oqib o’tadi. Iqlimi kontinental. Yozi issiq-uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Tuprog’i asosan bo’ztuproq.

Sirdaryoning so’l qirg’og’idan qadimiy Axsikent qal’asining qoldiqlari ko’zga tashlanadi. Tarixiy manba’larga qaraganda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Yahyo G'ulomov 1960 yillarda Gurtepa qishlog’ida «Balandgurtepa» hudida olib borilgan arxeologik qazishmalarda bronza asriga oid mehnat qurollari topilganligini ma’lum qiladi. Demak, bizning hududimizda miloddan avvalgi beshinchi asrlarda ham ota-bobolarimiz yashaganligidan dalolat beradi (Yahyo G'ulomov. «Tanlangan asarlar» 1960 y. Toshkent.) O’zbek klassik adabiyotining namoyondalaridan biri, shox Zahiriddin Muxammad Boburning dunyoga mashhur «Boburnoma» asarida shunday jumlalarga duch kelasiz: «Axsikatning janubiy tomonida shunday joylar bordurkim, ov qilg’oningizda samog’a ko’tarilgan tovuslarning rangi yetti xil rangda yal-yal tovlanadi.» («Boburnoma», Toshkent, 1966 y.). Tumanning tub aholisi asosan o’zbeklar. Hududdagi eng katta va qadimiy qishloq Gurtepa qishlog’i bo’lib, aholisi qadimiy Axsikentdan, qo’qon, Andijon va O’shdan kelib o’rnashib qolgan. qishloqning tarixi uzoq o’tmishlarga borib taqaladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qishloq nihoyatda gurkirab rivojlangan, «ming uyli» kichikroq shaharcha darajasiga yetgan. qishloq o’rtasida juda katta tim, ya’ni usti yopiq bozor bo’lgan. Bozorning chor atrofi savdogarlarning rastalari va baqqollik do’konlaridan iborat bo’lib, bozordan to’rt taraf tomga-tom ulanib ketgan ekan. Aholining asosiy ќismi, faqat savdogarlik bilan shug’ullangan, bo’z to’qigan. qishloqda hunarmandchilik ham rivojlangan, hatto musiqa asbobi yaratuvchi ustalar bo’lgan, ko’p san’atkorlar yetishib chiqqan. Hududning Momohon, qolgandaryo, Nayman, Beshserka kabi qator qishloqlarida Farg’ona qorakalpoqlari istiqomat qiladi. Tuman aholisi qadim-qadimdan dehqonchilik, chorvachilik, qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan. Yerlarga don, sholi, qovun-tarvuz, qisman paxta va sabzovot ekilgan. Hozirda tuman markazi bo’lgan Jomasho’y, Chordona, Ingichka, qayrog’ochovul, Mazgil, Momohon, Nayman, qolgandaryo, Beshserka, Alami kabi qator qishloqlar ham qadimdan mavjud bo’lib, o’ziga hos tarixga ega. Bu qishloqlarning tabiiy sharoiti yashash uchun noqulay edi. Atrof ko’l va botqoqliklardan, qamishzor to’qay va qum barxanlaridan iborat edi. Katta-kichik ko’llarning suvi qo’qon tomonga oqib ketar edi. qishloqdan-qishloqqa borish uchun bir necha kechuvdan o’tishga to’g’ri kelar edi. Hududda istiqomat qiluvchi qoraqalpoqlar qamish o’rib bo’yra to’qishgan. Chorvachilik va ovchilik ham asosiy mashg’ulot edi. Chor Rossiyasi hukumati butun Turkistonda bo’lgani kabi mana shu cho’l mintaqadagi qishloqlarda ham mustamlakachilik va talonchilik siyosatini o’tkazardi. Oliq-soliqlar yil sayin ortib borardi. O’rta Osiyoning istilo qilinishi ushbu hudud ahlining ham ikki tomonlama ezilishga olib keldi. 1915-1916 yillarda yuqumli kasalliklar keng tarqalib, odamlar boshiga behisob ofatlar yog’dirdi. 1918-1920 yillarda «qizil imperiya»ning talonchilik maqsadida olib borgan urushi mamlakatda avj olishi natijasidagi ta’sir Mingbuloq hududlariga ham yetib keldi. Ya’ni, shu davrda M.V.Frunze boshchiligidagi rus bosqinchilari «Ming uyli» Gurtepa qishlog’ini uch kun tinimsiz to’plardan o’qqa tutadi. Buning sababi erkin dexqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib yashayotgan tub mahalliy aholi rus bosqinchilariga bo’yin egishni hohlamaydi va o’z mustaqilligi uchun kurash olib boradi. SHu sababli qishloq vayron qilinadi. Shundan keyin «Kultepa» deb nomlana boshladi. Ulug’ Vatan Urushi ushbu tuman aholisi hamda mehnatkashlari uchun ham katta sinov bo’ldi. Ishga yaroqli erkaklarning hammasi birin-ketin frontga, front orti ishlariga safarbar etildi. Urush yillari front orqasini mustahkamlash, xalq ho’jaligi ishlarini to’xtatmaslik, jangchilarimizni kiyim-bosh va oziq-ovqat, samolyot, tanklar yasalishi uchun mablag’ bilan ta’minlash ishlarida xotin-qizlar, qariyalar, bolalar, turli sabablar bilan qoldirilgan kishilar, shuningdek nogironlar kechayu-kunduz tinimsiz mehnat kilib, frontga har tomonlama madad ko’rsatdilar. Asosan ayollar, qariyalar, o’spirinlarning mehnati bilan frontga paxta, don, go’sht va boshqa mahsulotlar, kiyim-kechak va boshqa buyumlar yetkazib berdilar. Birgina Gurtepa qishlog’idan frontga hammasi bo’lib 128,0 ming so’m pul, 42 tonna sabzovot, 47 tonna g’alla, 32 tonna meva, 40 tonna pichan, 24 tonna go’sht, 1400 kilogramm sariyog’, 127 bosh ot, 250 juft paypoq, 121 juft etik yuborilgan. Urushda tumandan 1,5 mingga yaqin kishi qatnashib, ulardan 718 nafariga qadrdon oilalari bag’riga qaytish nasib etmadi. Urushda nemis boskinchilariga qaqshatgich zarba berishda mardlik, jasorat ko’rsatgan Karimjon Mamajonov, Mamajon Nazarov, Sharofiddin Iloviddinov, Mirzaxon Odilov, Bektursin Anapiyaev, Ubaydulla Usmanov, Bozorboy Olimov, Ostonaqul Boymirzaev, I.Yunusov, G.Barkov kabi yuzlab yurtdoshlarimizning ko’ksini Vatanning orden-medallari bezadi. Ular tinch qurilish yillarida ham fidokorona mehnat qilib, tumanda qishloq ho’jaligini rivojlantirishda katta xizmatlar qilishdi. Ulug’ Vatan Urushi xalqimizning /alabasi bilan tugagach, mamlakatda tiklanish, xalq ho’jaligini oyoqqa turg’izish xarakati boshlandi. Tumanimizda ham ho’jalik, madaniy qurilish vazifalarini bajarish yo’lida keng hajmdagi ishlar amalga oshirildi. qishloq ho’jaligi va chorvachilikni rivojlantirish, yangi tashkil etilgan qishloq ho’jaligi korxonalari va qurilish tashkilotlaridan ish hajmini oshirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi. Mingbuloq tumani 1952 yil 16 aprelda dastlab «Zadaryo» nomi bilan tashkil etildi. Yangi Zadaryo tumani tarkibiga o’sha paytda Pop tumani tarkibida bo’lgan Nayman, Yakkatut, Mehnatobod qishloq kengashlari hamda To’raqo’rg’on tumani tarkibida bo’lgan Momohon, Gurtepa, Dovduq va Jomasho’y qishloq kengashlari kiritildi. Jomasho’y yaqin o’tmishda kichik xaroba qishloq edi. Tuman tashkil etilib, Jomasho’y markaz qilib olingandan keyin, bu qishloqda juda katta o’zgarishlar ro’y berdi va obod shaharchaga aylandi. Urushdan keyingi 60 yil ichida shahar, qishloqlarimiz jamoli tubdan o’zgarib, aholi turmush darajasi yaxshilandi. Katta hajmda ko’p qavatli uylar, maktablar, bolalar bog’chalari, shifoxonalar, madaniy-maishiy, savdo tarmoqlari, ma’muriy binolar qurildi, yo’llar ravonlashib, asfaltlashtirildi, ichimlik suvi, tabiiy gaz va boshqa qulayliklar bilan ta’minlash keskin yahshilandi. Shu yillarda tuman hududidan ko’pgina olimlar, katta intelektual kuch yetishib chiqdi. Namangan Davlat Universitetining kafedra mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Nishonov Mamasharip Nishonovich, shu universitet dekani, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Toshqinboy Umaraliev, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi ilmiy-tekshirish isntitutining professori, tibbiyot fanlari doktori Umarjon Xonafiyaev va boshqalar bilan mingbuloqliklar xaqli ravishda faxrlanishadi. Yaqin o’tmishda ham tuman xududida barmoq bilan sanarli darajada savodli kishilar yashab o’tgan bo’lsa, hozirgi kunda bir necha yuzdan ortiq oliy ma’lumotli muxandis-texnik hodimlar, pedagoglar va olim agronomlar xalq ho’jaligining turli sohalarida faoliyat yuritmoqdalar. qishloq ho’jaligi sohasida Abduqodir Valiev, Tojiboy Toshboev, Lim Men Gik, Org’inboy Xusanov, Zafar Imomberdievlar Mehnat qaxramoni, Abduvaxob Turg’unov sobiq Ittifoq Davlat mukofoti unvonlariga sazovor bo’lganlar. Respublikamiz Mustaqillikka erishganidan so’ng tumanimizda 1992-2009 yillarda Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar soni 85 nafarni tashkil etdi. Shundan, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni 1 nafar, «Mexnat shuhrat ordeni» 3 nafar, «Do’stlik ordeni» 4 nafar, «Fidokorona mehnatlari uchun» ordeni 3 nafar, «Sog’lom avlod uchun» ikkinchi darajali 1 nafar, «Shuhrat» medali 26 nafar, «Jasorat» medali 1 nafar, «Faxriy unvon» 17 nafar, «O’zbekiston Respublikasi faxriy yorlig’i» 33 nafar, «O’zbekiston xizmat ko’rsatgan pillakor» unvoni 1 nafar, «O’zbekiston xalq o’qituvchisi» unvoni 1 nafar, shulardan 13 nafari ayollarni tashkil qiladi. Shuningdek tumanda ma’naviy, iqtisodiy, madaniy sohalarda xam sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Milliy qadriyatlarimiz tiklandi, davlat maqomi berilgan o’zbek tilida ish yuritish keng quloch yoydi, yetim-esir bolalar va yakka yolg’iz qariyalar, nochor oilalar va nogironlarni ijtimoiy himoyalash, ularga muruvvat, xayr-ehson, saxovat ko’rsatish an’anaga aylandi, mahallalardagi ishlar jonlandi, odamlar o’rtasida mexr-oqibatni mustaxkamlashda katta ishlar olib borilyapti.