Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish
  1. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

Joriy yilning yanvar-dekabr xisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmi (YaHM) 9252,3 mlrd.so’mga (o’sish surati 105,0 foizga), sanoat ishlab chiqarish hajmi 3763,8 mlrd.so’mga (105,9 foizga), qishloq xo’jaligi 3796,6 mlrd.so’mga (104,6 foizga), qurilish ishlari 1434,9 mlrd.so’mga (105,4 foizga), chakana savdo aylanmasi 6111,3 mlrd.so’mga (103,2 foizga) hamda jami xizmatlar hajmi 4782,1 mlrd.so’mga (106,0 foizga) o’sishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2018 yil yanvar-mart oylarida yalpi hududiy mahsulot hajmi (YaHM) 1863,7 mlrd.so’mga (o’sish surati 104,3 foizga), sanoat ishlab chiqarish hajmi 1032,7 mlrd.so’mga (105,2 foizga), qishloq xo’jaligi 206,9 mlrd.so’mga  (103,2 foizga), qurilish ishlari 318,5 mlrd.so’mga (102,1 foizga), chakana savdo aylanmasi 1487,6 mlrd.so’mga (103,1 foizga) hamda jami xizmatlar hajmi 1048,4 mlrd.so’mga (104,8 foizga) o’sishi kutilmoqda.

“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.

Dastur doirasida viloyatda 2017 yil yanvar-noyabr oylari davomida umumiy qiymati 112,3 mln.dollar bo’lgan 971 ta investitsiya loyihalar  amalga oshirilgan.

Shundan,

Viloyatda 2017 yil davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha 1150 ta loyihalar amalga oshirish belgilangan bo’lib, 2017 yil davomida 1151 ta loyihalar amalga oshirish hisobiga 179,7 mln.dollar investitsiya mablag’lari o’zlashtirilgan.

Shundan,

Viloyatda 2018 yilda 383,0 mln.dollar bo’lgan 842 ta loyiha foydalanishga topshirish belgilangan.

Jumladan,

2018 yil 1-chorak yakuni balan 18,6 mln.dollar bo’lgan 81 ta loyihalar foydalanishga topshirish belgilangan.

  Jumladan,

  1. Kichik biznesni rivojlantirish.

2017 yil yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 80,5 foizni tashkil etish belgilangan. SHuningdek, sanoat sohasidagi ulushi 71,2 %ni, investitsiyada 52,3 %, jami xizmatlarda 75,3% hamda eksportda 92,1% tashkil etishi rejalashtirilgan.

Shunigdek, 2018 yil 1-chorak yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 80,5 %ni, sanoat sohasida 71,9 %, investitsiyada 58,3 %, jami xizmatlarda 76,3% hamda eksportda 82,1% tashkil etishi kutilmoqda.

Viloyatda 2017 yil 1 noyabr holatiga jami 17056 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2016 yil mos davriga nisbatan 103,5 foizga ortdi.

III. Sanoat.

 2017 yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirgan korxonalarda ishlab chiqarish xajmlarini kamayishini olidini olish, joriy yilda ishlab chiqarish xajmlarini kamaytirgan korxonalar tomonidan prognoz ko’rsatkichlarini ta’minlash maqsadida nazorat-reja ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu nazorat-rejaga asosan xar bitta ishlab chiqarish xajlarini kamaytirgan korxonalarga ma’sullar biriktirilib, vazifalar belgilandi. Jumladan Namangan shahridagi "Karbonam" MCHJ, "Namangan vino" AJlarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar xajmi o’tgan yilga nisbatan ko’payib, kamaytirgan korxonalar safidan chiqarilishi kutilmoqda.  

Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan sanoat sohasida joriy yilning yanvar-dekabr oylari davomida jami qiymati 141,3 mln.dollarga teng bo’lgan 314 ta loyihalar  foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining sanoat sohasida jami qiymati 85,7 mln.dollarga teng bo’lgan 223 ta loyihalar  foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan umumiy loyiha qiymati 36,7 mlrd.so’m bo’lgan Namangan shahrida “Art Soft tekstil” qo’shma korxonasi, “Iftixor kiyim sanoat”, Norin tumanida “Norin teks” aksionerlik jamiyati, Pop tumanida “Amr Feniks Plyus” qo’shma korhonasi, “Pop fen” qo’shma korhonasi, To’raqo’rg’on tumanida “YORTEPA ALP ZAMIN” fermer ho’jaligi, Uychi tumanida “Mega tekstil” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonalari tomonidan kiritilgan loyihalarning amalga oshirish muddati tashabbuskorlari tomonidan 2018 yilga o’zgartirilganligi sababli mazkur loyihalar o’rniga ish o’rinlari o’zgarmagan holatdagi yangi loyihalar ishlab chiqililmoqda.

Bundan tashqari  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan sanoat sohasida 2018 yilda jami qiymati 313,4 mln.dollarga teng bo’lgan 269 ta loyihalar  foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Shundan, 2018 yil 1-chorak yakuni bilan jami qiymati 6,2 mln.dollarga teng bo’lgan 17 ta loyihalar  foydalanishga topshiriladi.

  1. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida viloyat hokimining 2017 yil 20 fevraldagi 83-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatilgan.

Mazkur qaror asosida “Namangan viloyati tumanlarida 2017 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz, uzum, go’sht, sut va tuxum  mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish prognoz ko’rsatkichlari” ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 30 noyabr’ holatiga tumanlar hokimliklari va mas’ul tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga asosan, jami 31,6 ming tonna (rejaga nisbatan 73,6%) zaxiraga qo’yilgan. Shundan:

- 10045,1 tonna kartoshka (52,6%);

- 10798,7 tonna piyoz (84,5%);

- 7651,5 tonna sabzi (108,2%);

- 3093,2 tonna guruch (87,6%)

2017 yilda barcha xo’jaliklarda 190 ming tonna (108%) paxta, 740 ming tonna (129,4%) don, 281 ming tonna (106,8%) kartoshka, 771 ming tonna (106,8%) sabzavot, 82 ming tonna (106,7%) poliz, 264 ming tonna (106,8%) meva, 135 ming tonna (106,1) uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 135 ming tonna (108,2) go’sht, 690 ming tonna (108%) sut, 485 mln. dona (114%) tuxum, 2905 tonna (102,3%) pilla, 950 tonna (105,3%) asal yetishtiritirgan holda yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarishni 3986,5 mlrd so’mga yetkazish  ko’zda tutilgan.

Namangan viloyati hududlarida 2017-2018 yillarda qish va baxor oylarida asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg’arish tadbirlarida jami 47,6 ming tonna (17,9 ming tonna ombor, 29,7 ming tonna sovutgich) sig’imga ega jalb etilgan 589 ta omborxonalar va sovutgichli kameralar mavjud.

“Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan qishloq xo’jaligi yo’nalishida 2017 yil davomida 18,9 mln dollorlik 277 ta loyihalarni amalga oshirish va natijada 1923 nafardan ziyod ish o’rinlarini yaratish belgilangan bo’lib, “On-line” monitoring tizimiga kiritilgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida umumiy qiymati 9,3 mln dollorlik 224 ta loyihalarni amalga oshirish va natijada 1401 nafar ish o’rinlari yangi ish o’rinlari yaratildi.

2018 yil davomida esa 222 ta loyixalar xisobiga 38,2 mln.dollorlik investisiya o’zlashtirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 2018 yil 1-choragida 11 ta 9,4 mln dollorlik investitsiya o’zlashtiriladi.

2017 yilda barcha xo’jaliklarda 126 ming tonna sabzavot, 12 ming tonna go’sht, 157,2 ming tonna sut, 77,8 ming tonna meva va 51,9 ming tonna uzum maxsulotlari qayta ishlandi.

V. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

Xizmat ko’rsatish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi “2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi 55-sonli qarori ijrosini to’g’risida ta’minlash maqsadida viloyatda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Viloyatda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan hisoblangan xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish, ichki iste’mol bozorini zamonaviy, sifatli xizmat turlari bilan to’ldirilishi natijasida uning iqtisodiyotdagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.

Jumladan, tasdiqlangan tarmoq grafiklarga asosan 2017 yil yanvar-dekabr oylari davomida umumiy qiymati 17,3 mln.dollarlik (bank krediti 4,0 mln dollar) 524 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, natijada 3269 ta ish o’rinlari yaratilishiga erishildi. Yoki rejaga nisbatan 115,4 foizga bajarildi.

Jumladan, 15 ta aloqa, 2 ta moliya, 9 ta transport, 31 ta yashash va ovqatlanish, 332 ta savdo, 22 ta ko’chmas mulk bilan bog’liq, 29 ta sog’liqni saqlash, 2 ta ta’lim, 11 ta kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash, 58 ta shaxsiy, 1 ta me’morchilik, muxandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasida xizmatlar va 12 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi.

Servis sohasida 2017 yil yanvar-dekabr oylarida yaratilgan jami 2927 ta yangi ish o’rinlari qishloq joylarida tashkil etildi.

Dasturga asosan 2018 yil davomida 31,4 mln.dollarlik 351 ta loyihalarni ishga tushirilish gatijada 1894 ta ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo’lib, shundan 2018 yil 1-choragida 2,9 mln.dollarlik 53 ta loyihalarda 252 ta yangi ish o’rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Viloyatda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida xizmat ko’rsatish xajmi 2015 yilda 3590,6 mlrd so’mni, 2016 yilda 4262,3 mlrd so’mni, 2017 yilda 4876,1 mlrd yoki 2015 yilga nisbatan 1,3 marta (1285,5 mlrd so’m)ga orib o’tgan yilning mos davriga nisbatan 105,1 foizga o’sishga erishildi. Ushbu ko’rsatkich
2018 yilning yanvar-mart oylarida 1153,4 mlrd.so’mni tashkil etib 105,3 foizga erishishi kutilmoqda.

Viloyatda aholi jon boshiga ko’rsatilgan xizmatlar 2015 yilda 1222,0 ming so’mni, 2016 yilda 1571,7 ming so’mni, 2017 yilda 1787,4 ming so’mni, 2018 yil yanvar-mart oylarida 426,5 ming so’mni tashkil etdi.

Demografiya va aholi bandligi. Viloyatda o’rtacha doimiy aholi soni 2017 yilda 2675,4 ming  kishi, 2018 yilning 1-choragida  2704,3 ming kishiga yetishi kutilmoqda.  

Bugungi kunda viloyat axolisining o’rtacha soni 2016 yilga nisbatan 47,3 ming nafarga yoki 101,8 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, mehnat resurslari 2017 yilda 1549,1 ming kishini tashkil etib 1090,5 ming nafari iqtisodiy faol aholiga to’g’ri kelib iqtisodiy faollik darajasi 70,4 foizni tashkil etmoqda.

Viloyatdagi band aholi soni 2017 yil 1034,4 ming  kishini, mehnatga muhtoj ishsiz aholi soni 55,7 ming kishini tashkil etib ishsizlik darajasi 5,4 foizni tashkil etmoqda. Xozirgi kunga kelib mehnat bo’limlarida ro’yxatga olingan rasmiy ishsizlar soni 448 nfarni tashkil etdi.

Aholini ish bilan ta’minlash dasturlari doirasida joriy yilda 62,2 mingta ish o’rinlari tashkil etish belgilangan bo’lib amalda 63,0 mingta ish o’rinlari (101,3 foizga) yaratildi.

Bugungi kunda viloyatda 472 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 66,7 ming nafar tarbiyalanuvchilar tarbiyalanib ularning qamrov darajasi 34,2 foizni tashkil qilmoqda.

Viloyatda 687 ta umumta’lim maktablarida 426,2 mingta o’quvchilar tahsil olib kelmoqdalar.

Shu bilan bir qatorda 109 ta kasb-xunar kolejlarida 92770 nafar, 8 ta akademik litseylarda 7525 nafar o’quvchilar taxsio olib kelmoqdalar

Viloyatda 3 ta oliy ta’lim muassasalari, 8 ta muzeylar (filiallarni qo’shgan xolda), 1 ta teatr, 1 ta kontsert tashkiloti, 14 ta madaniyat va istirohat bog’lari hamda 218 ta kutubxona muassasalari soni (ARM va AKM) mavjud bo’lib o’z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.

VI. Uy-joy va kommunal xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar.

Davlat Investitsiya dasturi doirasida 10 ta ishlab chiqarish ob’yektlar (o’tgan yilga nisbatan 166,7 foiz) hamda 84 ta ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlari (133,3 foiz) foydalanishga topshirish rejalashtirilgan bo’lib, amalda barcha ob’yektlar foydalanishga topshirildi.

Jumladan, yil yakuni bilan markazlashgan mablag’lar hisobidan 20 ta (1 ta yangi qurilish, 16 ta rekonstruktsiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari, 27 ta (7 ta rekonstruktsiya va 20 ta kapital ta’mirlash)8 ta sog’liqni saqlash ob’yektlari, 1 ta musiqa va san’at maktabi, 2 ta bolalar sporti ob’yektlarida qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar natijasida, 6520 o’quvchi o’rinli (1 ta 216 o’quvchi o’rinli yangi qurilish, 16 ta 6304 o’quvchi o’rinli rekonstruktsiya qilish) jami 20 ta umumta’lim maktabi, 310 o’rinli 8 ta sog’liqni saqlash ob’yekti, 27 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi va 2 ta bolalar sporti ob’yektlari foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida"gi PQ-2639-sonli qaroriga asosan, 2017 yilda viloyat tumanlarining 38 ta massivida 1184 ta uylarni qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, barchasi foydalanishga topshirildi.  

Yanvar-dekabr oylari yakuni bilan barcha manbalar hisobidan 176,2 km ichimlik suv tarmoqlari va 19,3 km tabiiy gaz tarmoqlari tortildi, 29,3 km avtomobil yo’llari ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda Namangan viloyatida umumfoydalanuvdagi davlat va mahalliy ahamiyatdagi, ichki xo’jalik yo’llarini ta’mirlash uchun jami 45,1 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirildi. Shundan ichki yo’llarni ta’mirlash dasturiga asosan, 225 km yo’llar ta’mirlanib, joriy ta’mirlash ishlariga 15,4 mlrd.so’mlik mablag’lar o’zlashtirildi.

2018 yilda Markazlashgan mablag’lar hisobidan 19 ta 4056 o’quvchi o’rinli (3 ta  yangi qurilish(846 o’quvchi o’rinli), 15 ta rekonstruktsiya (3210 o’quvchi o’rinli) va 1 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari, 1 ta kasb hunar kollejini rekonstruktsiya qilish, 2 ta oliy ta’lim muassasasini kapital ta’mirlash, 20 ta 480 o’rinli (1 ta yangi qurilish, 19 ta rekonstruktsiya) sog’liqni saqlash ob’yektlari, 1 ta musiqa va san’at maktabi, 2 ta bolalar sporti ob’yektlarini qurilish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, 2018 yilda viloyat tumanlarida 1184 ta na’munaviy uy-joylarni qurilishi belgilangan.

Shuningdek, barcha manbaalar hisobidan 177,7 km ichimlik suv tarmoqlari va 30,0 km tabiiy gaz tarmoqlarini tortish hamda 106,0 km avtomobil yo’llarini rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan.

2017 yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari (Microsoft Excel 34 KB)

Microsoft ko'rinishida ko'chirb olish (MSWORD 102 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech