Komissiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2833-sonli qaroriga asosan amalga oshiradi.

 

Viloyat komissiyasi, tuman (shahar) komissiyalari (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar) o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organlar hisoblanib, ular:

 

voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

 

voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;

 

ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish maqsadida tuzilgan.

 

Hududiy komissiyalar o‘z faoliyatida yuqori turuvchi komissiyalarga hisobdordir, o‘z faoliyati to‘g‘risida har chorak yakunlari bo‘yicha ularni xabardor qilib turadilar va hisobot berib boradilar.