Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Fuqarolarning murojaatlariga oid qonun xujjatlari ijrosini ta’minlash va nazorat qilinishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida

  Viloyatdagi barcha maxalliy davlat hokimiyati, boshqaruv va o’zini-o’zi boshqarish organlari xamda boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda O’zbekiston Respublikasining Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida"gi qonuni ijrosini ta’minlash va nazorat qilinishini tartibga solish, fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda raxbar va mas’ul xodimlarning mas’uliyatini oshirish, fuqarolarning va yuridik shaxslarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilishga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida:

 1. Viloyatdagi barcha maxalliy davlat xokimiyati, boshqaruv va o’zini-o’zi boshqarish organlari xamda boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda murojaatlarni kurib chiqilishi va uning ustidan nazoratni tashkil qilinishi yuzasidan yagona tartibni ishlab chiqish bo’yicha viloyat ishchi guruxi tarkibi ilovaga muvofiq, tasdiqlansin.

 2. Ishchi guruhiga:

20 iyulga qadar maxalliy davlat xokimiyati, boshqaruv va o’zini-o’zi boshqarish organlari xamda boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda murojaatlarni ko’rib chiqilishi va uning ustidan nazoratni tashkil qilinishi yuzasidan yagona tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun viloyat xokimiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.

3. Mazkur kunsha farmoyishning ijrosini nazorat qilib borish viloyat xokimining birinchi o’rinbosari O’.Ergashev xamda viloyat prokurorining birinchi o’rinbosari M.Abduraxmanov zimmalariga yuklansin.

 

Microsoft Word ko'rinishida ko'chirb olish (25,5 KB)

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech