Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


 
 
 
Viloyat hokimligiga kelib tushgan har qanday so'rov qabul qilinadi, ro'yxatdan o'tkaziladi. Ularni hokim va uning birinchi o'rinbosari, zarur holda tegishli o'rinbosarlar tomonidan ko'rib chiqilishi uchun ish qog'ozlari to'ldirib umumiy bo'lim mudiri orqali taqdim qilinadi. Rahbarlar ko'rsatmasiga muvofiq fuqarolarni so'rovlarini ijrochilarga yetkazilishi ta'minlanadi. Belgilangan tartibga muvofiq yuqori idoralardan va viloyat hokimligiga fuqarolardan kelgan so'rovlar qabul qilib olinadi, mazmuniga qarab viloyat hokimi topshirig'i loyihasini tayyorlanadi va shaxsan viloyat hokimi ko'rib chiqishi uchun taqdim etiladi, hokim o'rinbosarlari nomiga kelgan yozma so'rovlar ham shu tartibda rasmiylashtiriladi, ijrochilar tomonidan o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash choralari ko'rilishi nazoratga olinadi.
 

Namangan viloyati hokimligi faoliyati to'g'risidagi axborotni olish uchun so'rovlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va qayta ishlash tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech