Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


LOYIHA

 

 

XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHINING QARORI

 

2017 yil ___  iyun                           ____-son                       Namangan shahri

 

Namangan shahar mahalliy byudjetining 2018-2020 yillar uchun byudjet loyihasini tasdiqlash  to’g’risida

 

O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 90-94-moddalariga muvofiq, Namangan shahar hokimining 2017 yil 20-apreldagi “Namangan shahar mahalliy byudjetining 2018-2020 yillar uchun byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni  viloyat hokimligining moliya boshqarmasiga taqdim etish chora-tadbirlari xaqida”gi 453-sonli qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi

QAROR QILADI:

1. Namangan shahar mahalliy byudjetining 2018-2020 yillar uchun loyihasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “Mahalliy boshqaruvni tizimini qo’llab quvvatlash, II-bosqich” qo’shma  loyihasi hamkorligida ishlab chiqilgan yo’riqnomalar asosida ishlab chiqilganligi hamda mazkur loyiha yuzasidan  Namangan shahar moliya bo’limining axboroti   ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Namangan shahar mahalliy byudjeti 2018 yil loyiha ko’rsatkichlarining daromadlar qismi 248 mlrd. 965 mln. 466 ming so’m, xarajatlar qismi 248 mlrd. 965 mln. 466 ming so’m.

 Namangan shahar mahalliy byudjeti 2019 yil loyiha ko’rsatkichlarining daromadlar qismi 274 mlrd. 604 mln. 141 ming so’m, xarajatlar qismi 274 mlrd. 604 mln. 141 ming so’m.

 Namangan shahar mahalliy byudjeti 2020 yil loyiha ko’rsatkichlarining daromadlar qismi 302 mlrd. 199 mln. 315 ming so’m, xarajatlar qismi 302 mlrd. 199 mln. 315 ming so’m, miqdorida 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

3. Mazkur qaror “Namangan sadosi” gazetasida rasman e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

4. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasiga topshirilsin.

 

Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi                                   B. Bekxodjaev

 

1-2 ilova

3-ilova

4-ilova

5-ilova

6-ilova

7-ilova

8-ilova

9-ilova

10-ilova

11-ilova

12-ilova

13-ilova

14-ilova

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech