Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Paxta yig‘im-terimi mavsumida 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha “Zarbdor 30 kunlik” e’lon qilinishi munosabati bilan viloyat hokimligi va bir qator jamoat tashkilotlarining viloyat aholisiga murojaatiga javoban viloyat davlat soliq organlari xodimlaridan iborat 60 nafar hasharchilar dam olish kunlari Mingbuloq tumanidagi Navoiy nomli MMTP hududida joylashgan “Terak burguti” fermer xo‘jaligi a’zolariga kamarbasta bo‘lishdi.

 Har bir kilogramm terilgan paxta uchun 700 so‘mdan haq to‘lanayotgani, ilg‘orlarga terim pulidan tashqari bir litrdan o‘simlik yog‘i berilayotgani yaxshi samara bermoqda.

Abduvali Ahmedov, Zeboxon Nuriddinova, Tatyana Budanova, Erkinjon Yusupov, Azizbek Muqimov kabi ilg‘or terimchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

 

Axborot xizmati.

 

 

Arxiv

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech