Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Norin tumani istiqomat qiluvchi fuqaro F.Bobojonovaning sud qarori ijrosi ta’minlanmayotgani yuzasidan yo‘llagan murojaati boshqarmaning murojaatlar bilan ishlash sho‘basida qanoatlantirildi. 

Bugun barchamiz engil havoda og‘ir dard, har yutum nafasda havotir borligini, kimsasiz ko‘chalar, bo‘m-bo‘sh bog‘lar, bolalar yayrab o‘ynashi kerak bo‘lgan chog‘larda hadikli dunyo ko‘ndalang turganligini yaxshi anglamoqdamiz.

Mingbuloq tumanining Qolgandaryo mahallasida istiqomat qiluvchi Zokirovlar hovlisiga qadam qo‘ygan kishi saranjom-sarishtalik, tozalikni, ayniqsa, tomorqani ko‘rib, “Fayzli, qut-barakali xonadon ekan”, degan xulosaga kelishi tayin.

Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 15 taga etgani haqida ma’lumot berilgan edi. Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi o‘rinbosari Davlatali Qosimov kecha va bugun qayd etilgan so‘nggi uch holat bo‘yicha ma’lumot berdi:

Mamlakatimizda bugunga kelib koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning soni 158 nafarga bordi. Bu ko‘rsatkich viloyatimizda yana uchtaga ko‘payib 15 tani tashkil etdi.

Viloyatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli odamlarning ko‘chaga chiqmasdan uyda qolishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech