Chop etish

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5552-son Farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda - 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.

Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 4633 ta boʻsh yer uchastkalari, 1 trl. 551 mlrd. 425 mln. soʻm investitsiya kiritish, 24237 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 81 mlrd. 284 mln. 700 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1945 ta boʻsh yer uchastkalari 596 mlrd. 145 mln. soʻm investitsiya kiritish, 7658 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 13 mlrd. 804 mln.300 ming soʻmga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2688 ta boʻsh yer uchastkalari 77 mlrd. 859 mln. 600 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 347 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 125 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 248 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 2535 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 105 mlrd. 510 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan9 mlrd. 272 mln. 248 soʻm miqdorga sotildi.

Bugungi kunda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 155 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 1848 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 123 mlrd. 500 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 6 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 91 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2 mlrd. 900 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

Auksiondagi ishtirokingiz yurt ravnaqi hamda biznesingiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshadi. Sotib oling, yurt taraqqiyotiga oʻz hissangizni qoʻshing!

Sohibjon Rapiqov, MIB Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori