Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tuman bo‘limi ish yuritiuvidagi “Momoxon oltiq zamin dalasi” fermer xo‘jaligi salkam 13 million 300 ming so‘m qarzdorlikni muddatida to‘lamagani uchun tasarrufidagi mol-mulk xatlovga olindi. Aniqlanishicha, viloyat iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan fermer xo‘jaligidan undiruvchisi Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga 11 052 934,52 so‘m asosiy qarz, qayta ulov uchun 2 246 625 so‘m va 16 218 so‘m pochta xarajatlari undirish haqida qarori chiqqan. Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tuman bo‘limi ijro ishi yurituviga joriy yilning 26 yanvar kuni kelib tushgan hamda ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan. Biroq, qarorda qarzdor “Momoxon oltin zamin dalasi” fermer xo‘jaligi rahbariga ijro

hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy bajarishlik uchun muddat berilgan. Buni paysalga solib kelgan fermer xo‘jaligi rahbari bajarmaganligi uchun unga nisbatan MJtKning 198-1-moddasiga asosan hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 82-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining 10 (o‘n) barobari ya’ni 2 027 300 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor “Momoxon oltin zamin dalasi” fermer xo‘jaligining mol-mulkini ko‘zdan kechirish maqsadida uning joylashgan er maydoniga borilganda va mulkiy holati ko‘zdan kechirilganda ikki dona elektr dvigatel borligi aniqlandi. 2019 yilning 14 fevral kuni dalolatnoma rasmiylashtirilib, xatlangan mol-mulklar realizatsiya qilish maqsadida tumandagi “Baraka Nilufar Madina” xususiy korxonasiga qarashli maxsus do‘konga topshirilgan.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi