Janubiy Koreya Respublikasining “Inchxon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari Kim Jin Yong boshchiligidagi delegatsiya viloyatimizda bo‘ldi.

Viloyat hokimligida uyushtirilgan qabul marosimida “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi va “Inchxon” erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, “Inchxon” erkin iqtisodiy zonasida namanganlik mutaxassislar malakasini oshirish, koreyalik ishbilarmonlarni “Namangan” erkin iqtisodiy zonasiga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

 

Uchrashuvda namoyish etilgan taqdimotda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Mehmonlar Namangan shahrining diqqatga sazovor joylari, jumladan, “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘idagi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari,  “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

 

 

Axborot xizmati