Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Muddatli harbiy xizmatni o‘tagandan so‘ng Namangan viloyatidagi uchta oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli ravishda qabul qilinib, hozirda o‘rtacha o‘zlashtirishi 86 foiz va undan yuqori ko‘rsatkich bilan tahsil olayotgan talabalarning 393 nafariga to‘lov-shartnoma mablag‘ining 35 foizi  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berildi.

 

 

 

Viloyat markazidagi “Uch favvora” xiyobonida tashkil etilgan marosimda o‘qish va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatayotgan mazkur talabalarga to‘lov-shartnoma pulining 35 foizi to‘lab berilishi rasmiylashtirilgan sertifikatlar tantanali topshirildi.

Axborot xizmati

 

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech