Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda birorta masala e’tibordan chetda qolmayapti. Chunki, xalq bilan davlat organlari yaqinlashdi. Kattami yoki kichik mutasaddilar zimmasiga sharafli va mas’uliyatli vazifalar yuklatildi. Qaerdaki kamchilik bo‘lsa aniqlanib, muammolar bartaraf etilyapti.

 

Ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi a’zolari ikki oy davomida Chortoq tumanidagi mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashdi.

Ishchi guruhi uyma-uy yurib, 52 ta mahalladagi 33 ming 748 ta xonadondagi ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlari bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida turli yo‘nalishlarda 4 ming 975 ta muammo aniqlanib, ularning 4395 tasi (88,3 foizi) bartaraf etildi.

Jumladan, 23 ta bo‘sh turgan bino aniqlanib, shundan 18 tasi 5,5 mlrd.so‘m investitsiya kiritish va 445 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan xususiylashtirish yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlariga berildi. O‘rganish davrini o‘zidayoq 4 tasi ishga tushirilib, 50 ta ish o‘rni yaratildi.

1436 kishiga har bir oila tadbirkor dasturi asosida 23,1 mlrd so‘m kredit ajratildi. 979 dona (300 mln 553 ming so‘mlik) maishiy gaz ballonlari tarqatildi, shuningdek,11 ming 699 dona gaz ballonlariga 233,9 tonna
 (222,3 mln so‘mlik) suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib berildi.

Elektr energiya bo‘yicha jami jami 950,3 mln so‘mlik ehtiyot qismlar olib kelinib, tumandagi jami 22 ta mahallalardagi 5 968 ta aholi xonadonlari, 10 ta ijtimoiy soha muassasalari va 45 ta tadbirkorlik sub’ektlarining elektr ta’minoti yaxshilandi.

Toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha 284 ta murojaatning ijrosini ta’minlash, aholini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 ta MFYga jami 4,2 mln.so‘mlik 4,2 m yangi ichki tarmog‘ini tortildi, qolgan MFYlarda suv ta’minotini yaxshilash va suv tarmoqlari tortish ishlari rejalashtirildi. Natijada qo‘shimcha 752 ta xonadon yoki 3 250 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. 58 ta ko‘chada 15,3 km yo‘llar shag‘allandi.

Tuman fuqarolarining 12061 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shu jumladan, 61 nafar nogironlar, 116 nafar pensionerlar va 68 nafar boshqa toifadagi fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shuningdek, 57 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 17 nafar fuqaroga qo‘ltiq tayoq, 15 nafar fuqaroga eshitish moslamasi berildi. Nogironlik belgilash masalasida 94 nafar fuqarolarni hujjatlari o‘rganib chiqilib,
4 nafar fuqarolarga nogironlik guruhi belgilandi.

 Bandlik masalasida ham ish tashkil etilib, 140 nafar fuqaroga ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi, 99 tasi ishga joylashtirildi.