Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Tashrif davomida ijodiy gurux Z.M.Bobur istiroxat bog‘ida davom etayotgan «Gul bayrami», tarixiy madaniy meros ob’ekti-Mulla Qirg‘iz madrasasi, Chorsu dexqon bozori faoliyati bilan yaqindan tanishishgan bo‘lsa, tashrifning ikkinchi kuni xunarmandlar shaxri Chust tumanidagi pichoqchilar sulolasi vakili Usta-xunarmand Raximjon Ubaydullaev xonadonida hamda kasanachilik usulida do‘ppi tikish xunari bilan shug‘ullanib kelayotgan Ma’mura Solieva xonadonida tasvirga olish ishlarini davom ettirishdi. Tashrif yakunida esa ijodiy gurux CHust tumanidagi Mavlono Lutfullo istiroxat bog‘ida osh tayyorlanish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

 

Namangan viloyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv Fransiyaning «Bandua communication»telekanali orqali namoyish etiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat Qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech