Chop etish

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlarni tarbiyalashdagi muhim 5 ta tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi, ya’ni yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida o‘tkazilgan “Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” musobaqalari, viloyat sport inshootlarida besh kun davomida 10 ta sport turi bo‘yicha 4000 dan ortiq yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.Viloyatda bandligi ta’minlanmagan 82 mingdan ziyod yoshlarning ommaviy sportga qiziqishlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijasida 24 mingdan ziyod yoshlarning, xususan 7 mingdan oshiq qizlarning sport bilan shug‘ullanish istagi borligi aniqlandi. Bugungi kunda ushbu yoshlarning 12 mingga yaqini mavjud sport inshootlaridagi 24 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilgan qo‘shimcha seksiyalarga jalb etildi.



Yoshlarning sportga qamrovini yanada oshirish maqsadida viloyatda 2019 yilda xususiy va davlat xususiy sherikchiligi asosida 35 ta yangi sport inshootlari barpo etilmoqda.

Bu islohotlar natijasida 2019 yil davomida viloyatdagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 800 ming yoshlarning sportga qamrovini 12 foizdan 30 foizga oshirishni maqsad qilingan.



Davlatimiz rahbarining bu yil mart oyida Namanganga tashriflari paytida bergan ko‘rsatmalari asosida viloyatdagi bolalar va o‘smirlar sport maktablarini sport jihozlari bilan jihozlash uchun 1,9 mlrd so‘mlik 82 turdagi sport anjomlari va jihozlari taqdim etilib, foydalanish uchun topshirildi.

SHuningdek, Namangan tumanida bolalar va o‘smirlar sport maktabiga umumiy qiymati 7 mlrd 350 mln so‘m bo‘lgan yopiq suzish havzasi va sport zali yangidan qurib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, 24 aprel kuni Namangan shahrida 34 mlrd mablag‘ evaziga eng zamonaviy 50x25m o‘lchamdagi “Okean” nomli yopiq suv saroyi foydalanishga topshirildi. Mazkur ob’ektda hozirda kunda sportning 3 ta turi bo‘yicha bir kunda 250 nafar sportchi shug‘ullanish imkoniyati mavjud.

E’tiborli jihati shundaki, bu ob’ektlar ommaviy foydalanishni ko‘zda tutadi.


Yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Namangan viloyatda ommaviy sportdan professional sportga o‘tishga tayyor bo‘lgan atletlar soni kun sayin ortmoqda. 2018 yilda viloyat sportchilari jahon, Osiyo va respublika musobaqalarida jami 2227 ta medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 2019 yilning bugungi holatiga xalqaro va Respublika musobaqalarida namanganlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 1200 tadan oshib ketdi.

Hozirda viloyatimizning 15 nafar sportchilari Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqdalar. Xususan, boksda Shukurjon Raximov, og‘ir atletikada Adhamjon Ergashevlar natijalardan kelib chiqib, yo‘llanmani qo‘lga kiritish arafasida turishibdi.