Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Mingbuloq tumanining chekka hududida joylashgan “Damko‘l” mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida yangi o‘quv yili oldidan “Beshta tashabbusning bolajonlar tarbiyasidagi ahamiyati” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda maktabgacha ta’lim muassasasi mutaxassislari tomonidan «Rivojlantiruvchi markazlar» metodik usulidan foydalanilayotgani va bu yaxshi natija berayotganini ta’kidlandi. MTM tarbiyalanuvchilariga musiqa san’atini o‘rgatish, sportga, kitobga bo‘lgan mehrni uyg‘otish maqsadida foydalanilayotgan o‘ziga xos metodlar namoyish etildi hamda ular haqida yig‘ilganlar bilan fikr almashildi.

 

 “Damko‘l” mahallasi Mingbuloq tumanining markazdan olis qismida joylashgan bo‘lishiga qaramasdan, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasilariga qamrab olish yuqori saviyada tashkillashtirilgan.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech