Nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari mavjudmi?

Ha, I yoki II-guruh nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, qat’iy belgilangan soliqni oyiga eng kam ish haqining 50 foiz miqdorida to‘laydilar.

  Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan

aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi.

 

 YaTTlar soliq rejimini o‘zgartirish uchun asos bo‘luvchi tovar aylanmasining chegaraviy miqdorlari qancha ekanligini bilasizmi?

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq rejimini o‘zgartirish uchun asos bo‘luvchi tovar aylanmasining chegaraviy miqdorlari qancha va qaysi muddatdan boshlab soliq rejimi o‘zgaradi?

Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaganda keyingi oydan boshlab yagona soliq to‘lovini, agarda 1 milliard so‘mdan oshsa keyingi oydan umumbelgilangan tartibdagi soliqlarni to‘lashi belgilangan.

 Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan

aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi.

 

 Yirik soliq to‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati bilan DSQ saytida tanishish mumkin

 

Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy saytida O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxati e’lon qilindi.

Ushbu ro‘yxatdan respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 1416 ta xo‘jalik sub’ekti joy olgan. Ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 12 iyuldagi 178-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Yirik soliq to‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati bilan saytida tanishish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 12 iyulda 3172-son bilan ro‘yxatga olingan “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchi sifatida tasniflash mezonlarini aniqlash to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandiga muvofiq, yirik soliq to‘lovchilar toifasiga quyidagilar kiradi:

  1. a) aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
  2. b) tijorat banklari va ularning filiallari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
  3. v) “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
  4. g) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
  5. d) yil yakuni bo‘yicha mahsulotlarni (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar.

Yirik soliq to‘lovchilar toifasini aniqlashda, yuqoridagi Nizomning 4-bandining “d” kichik bandida ko‘rsatilgan mezonlar o‘tgan kalendar yil yakunlari bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarining ko‘rsatkichlari asosida belgilanadi.

 

Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi.