Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Chortoq tumani Muchum mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro N.Boqiboevning Toshkent shahrida joylashgan “Media Prom” MChJ dan 40.039.584 so‘m qarzdorlikni undirishyuzasidan yo‘llagan murojaati Byuro direktorining birinchi o‘rinbosari X.Kabirdjanovning Namangan viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida qisqa muddat ichida yechim topilishi bo‘yicha alohida nazoratga olindi.

 

Darhaqiqat, fuqarolarning murojaat qilish huquqi inson huquqlari ta’minlanishining muhim omillaridan biridir. Davlatimiz rahbarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidan murojaatlarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Byuro direktorining birinchi o‘rinbosari Xasan Kabirdjanov tomonidan Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi binosida viloyat aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Ochiq, oshkora ruhda o‘tgan uchrashuvda Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida sud va boshqa organlari hujjatlari ijrosi, aliment bilan bog‘liq 8 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Har bir ko‘tarilgan muammolar, murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

-Men Byuro direktorining birinichi o‘rinbosari etilgan sayyor qabulida bir nafar farzandim uchun aliment pullarini o‘z vaqtida undirilishi, 2018 yilda aliment qarzdorligi qolib ketganligi va hozirda qaytadan hisoblab undirib berilishi yuzasidan murojaat yo‘lladim, deydi Uchqo‘rg‘on tumani YOshlik mahallasida yashovchi G.Burxonova. Aynan sayyor qabul davomida murojaatim atroflicha tinglangib, alohida nazoratga olinib qisqa muddat ichida ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Asosiysi, bo‘lib o‘tgan sayyor qabul davomida har bir murojaat bo‘yicha aniq vazifalar, uning yechimlari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

                                                            MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech