Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Hurmatli tadbirkorlar va o‘z faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan ishbilarmonlar diqqatiga !

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 iyundagi 524-son qaroriga asosan viloyatda 5 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etilgan.  


Hozirda viloyatimizda tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida bo‘sh er maydonlari mavjud. Jumladan,


- Namangan shahar “Dashtbog‘” MFYda joylashgan Akademik M.Mirzaev nomidagi respublika ilmiy tadqiqot institutining Namangan viloyati filialiga qarashli 3,8 gektar;


- Mingbuloq tumani “YOshlik” MFYda joylashgan sobiq “Gulbog‘” qishloq uchastka shifoxonasining 1,5 gektar er maydoni 0,10 gektar bino-inshootlari bilan;


- Namangan tumani “Katta Toshbuloq” MFYda joylashgan 4,5 gektar bo‘sh er maydoni;


- Pop tumani “Mirishkor” MFY hududida joylashgan 2,0 gektar bo‘sh yer maydoni;


- Yangiqo‘rg‘on tumani “Bunyodkor” MFY hududidagi 10,0 gektar bo‘sh yer maydoni.


Kichik sanoat zonalariga tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish maqsadida joriy yilning 15 sentyabr kuni soat 10-00 da viloyat yerkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan viloyat Iqtisodiyot va sanoat  bosh boshqarmasi binosida tanlov o‘tkaziladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi PF-5621-son Farmonida kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlar berilgan:


o‘z mablag‘lari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning  qismlariga) mulk huquqini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;


investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davrdan boshlab kamida 5 yil muddat o‘tgandan keyin, o‘zlariga byerilgan binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish;


rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlashni o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davrdan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyi, binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish;


bino va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash uchun kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan ajratilgan mablag‘lar ularni xususiylashtirishda hisobga olinishi ko‘rsatilgan.


Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar Namangan shahar, Mingbuloq, Namangan, Pop va Yangiqo‘rg‘on tumani hokimliklariga quyidagi hujjatlarni  taqdim etishlari shart:


1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
2. Muhrlangan konvyertga solingan biznes-reja, unda quyidagi ma’lumotlar albatta o‘z aksini topishi lozim:


investitsiya majburiyatlarining taklif etilayotgan summasi, moliyalashtirishning aniq manbalari;


investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning turi, muddati va ularni bajarish shartlari;


yaratiladigan ish o‘rinlarining soni va mehnat resurslarini jalb etish manbalari;


ishlab chiqarishni tashkil etish uchun talab etiladigan xom-ashyo resurslarining manbalari, foydalanish imkoniyatlari mavjudligi;


ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulot(lar) nomi, tur(lar)i va hajmi, jumladan eksport hajmi;


loyihani amalga oshirish grafigi va ishlab chiqarishni boshlash muddati;


investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun talab qilinadigan elektr energiyasi, gaz, suv va boshqa turdagi kommunal xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj;


Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi tadbirkorlik sub’ektlarini taklif qilamiz.


Viloyat Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi (telefon: 227-23-48) yoki shahar va tuman hokimliklariga murojaat qilishingiz mumkin.


Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech