Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil (Ombudsman) Devoni tashabbusi bilan Namangan viloyati tadbirkorlari faoliyatini rivojlantirish hamda moliyaviy barqarorlikka erishishga ko‘maklashish maqsadida Namangan shahridagi YOshlar markazida 2019 yil 19 avgust kuni soat 13:00 da Xalqaro darajadagi biznes-trener, 23 ta biznes sohibi, multimillioner Saidmurod Davlatov bilan bepul biznes-trening o‘tkaziladi.

Ushbu trening, biznesda yuzaga kelayotgan moliyaviy nobarqarorlikni, personalni boshqarish, biznes-rejalashtirishdagi xatoliklarni hamda boshqa turdagi muammolarni bartaraf qilishga ehtiyoji bo‘lgan va yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish istagini bildirgan tadbirkorlar auditoriyasiga yo‘naltirilgan. 

Trening davomida ishtirokchilar bilan interaktiv suhbat o‘tkazilib, muammolarni echimi bo‘yicha tajribalarga asoslangan tavsiyalar, kadrlar bilan ishlash mexanizmlari hamda moliyaviy mustaqil bo‘lish yo‘llari bo‘yicha asoslantirilgan bilimlar beriladi.

Tadbirda ishtirok eting va biznes sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ling.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech