Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Joriy yil 1 iyul holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining soni 34 ming 94 tani tashkil etib, shundan 15,7 mingta yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, 18,4 ming yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil etadi.

 

 

O‘tgan davr mobaynida 13 ming 776 ta sub’ektlar tashkil etilgan bo‘lib, iyul oyida ularning soni 1 ming 326 tani tashkil etdi.

 

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev joriy yil 23 iyul kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishlarida bergan topshiriqlariga asosan, haftaning dushanba, seshanba, chorshanba va payshanba kunlari “Tadbirkorlik kuni” deb e’lon qilindi. “Tadbirkorlik kuni” ni shahar va tumanlardagi aholi va tadbirkorlik sub’ektlari zich joylashgan markaziy hududlardan boshlandi.

 

Birgina misol, 27 iyul kuni Chust tumanida 45 ta tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etib, 15 tasining vujudga kelayotgan muammolari joyida hal etildi va qolgan 30 nafarini mutasaddi boshqarma va tashkilotlar tomonidan hal qilinmoqda. Shuningdek, 6 avgust seshanba kuni Chortoq tumanida markaziy dehqon bozori buzilishi munosabati bilan er maydonlari olingan tadbirkorlik sub’ektlari bilan “Tadbirkorlik kuni”da yuzma-yuz muloqot qilinib, jami 400 dan ortiq  tadbirkorlar ishtirok etdi.

 

 

 

Bundan tashqari, 14 avgust chorshanba kuni “Tadbirkorlik kuni”da CHust va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida ham 120 dan ortiq sub’ektlar ishtirokida sayyor uchrashuvda jami 28 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. 11 tasining masalasi joyida hal qilinib, qolgan 17 ta tadbirkorlarni tegishli boshqarma va tashkilotlar tomonidan hal etilmoqda.


 

Shu bilan birga, 15 avgust payshanba kuni Mingbuloq va Namangan tumanlaridagi uchrashuvda jami 160 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etib, 24 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi.
9 tasining masalasi joyida hal qilinib, qolgan 15 ta tadbirkorlarni masalasi o‘rganib chiqish va hal qilish maqsadida ijroga qaratildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech