Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish, joy-joyiga qo‘yish va ular bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandiga muvofiq, quyidagi shaxslar adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilinishi mumkin emas:

 

 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar;

 o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar;

 belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

 ilgari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun oldingi ish joyidan belgilangan tartibda bo‘shatilgan shaxslar;

adliya organi yoki muassasasining ishlab turgan xodimi bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lsa (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, farzandlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), agar ishga qabul qilinayotgan yoki tayinlanayotgan lavozim ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishni taqozo qilsa;

 ishga kirish uchun soxta hujjatlar yoki bila turib yolg‘on ma’lumotlar taqdim etgan bo‘lsa.

Qonun hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tegishli lavozim yoki adliya organlari va muassasalarining tarkibiy bo‘linmasi toifasi va o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, lavozimlarning ayrim toifalariga tayinlash uchun qo‘shimcha talablar (kasbiy tayyorgarlik darajasiga ko‘ra, ish staji va hokazo) belgilanishi mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar ariza bilan birga dastlab qo‘yidagi hujjatlarni topshiradi.

 1.Xodimning shaxsiy varaqasi (so‘rovnoma, anketa yoki ma’lumotnoma-ob’ektivka);

 2.Faoliyat ko‘rsatayotgan (oxirgi) ish joyidan (o‘qish joyidan) ma’lumotnoma (agar egallab turgan lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa tegishli buyruq nusxasi) va tavsifnoma;

 3. Diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno;

 4. Nomzodning pasport nusxasi.

 

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar tegishli hujjatlarni 2019 yil 6 sentyabr kuniga qadar davlat xizmatlari agentligi namangan viloyat boshqarmasining kadrlar bo‘limiga topshirishlari lozim.

 

Telefon: 69 228-78-56

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech