O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi bayrami hamda 2019-2020-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan shahar va tuman dehqon bozorlari hududida arzonlashtirilgan “Daladan dasturxongacha” shiori ostida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat hamda maktab o‘quv qurollari savdo yarmarkasi tashkil etildi.


 

«Daladan dasturxongacha» tamoyili doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi dehqonlar o‘zlari bozor rastalarida sotishmoqda. Bu esa narxlarning sun’iy oshib ketishini, aholi kayfiyatiga salbay ta’sir o‘tkazishining oldini olmoqda. Chust shahar dehqon bozori MChJ hududida tashkil etilgan savdo yarmarkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z tomorqasida yetishtirgan fuqarolar va xususiy tadbirkorlar asosan 40 turdagi oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanmoqdalar.

«Men 6 yildan buyon tomorqamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini y Mana mahsulotimizni o‘zimiz bozorga olib chiqib sotish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bu biz dehqonlarga, ham xaridorlarga juda qulay. Sababi narxni ulgurji belgilayapmiz. Bozorlardan bizga maxsus rastalar ajratilgan, har kim o‘z mahsulotini istaganicha sota oladi», - deydi Turg‘unboy Zaripov.

 

 

Savdo yarmarkasi doirasida fuqarolar orasida go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxlarining oshib ketishi bilan bog‘liq savollar va muhokamalarning oldini olish maqsadida tuman DSI tomonidan 1 bosh qoramol so‘yilgan xolda, 1 kg go‘shtning o‘rtacha narxi xisoblab chiqildi.  Mol go‘shtining 1 kg uchun 39000 so‘m narx belgilanib, xaridorlarga yetkazilmoqda. Boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Namangan viloyat boshqarmasi va viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Asosiysi, bu yerda naqd pul savdosi uchun kassa cheklari berilishi va to‘lov terminallarining uzluksiz ishlashi ta’minlangan.

Xaridorlar o‘zlari ta’kidlashganidek, bunday savdo yarmarkalarning tashkil etilishi fuqarolarning bayram kayfiyatini yanada oshirish bilan bir qatorda narx-navoning mo‘‘tadilligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Viloyat DSB matbuot xizmati