Chop etish

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bugun imzolangan Farmon bilan davlat mukofotiga loyiq ko‘rilganlar qatorida Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Adxamjon Tillavoldiev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Qutlaymiz!