Chop etish

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi mahalliy va xorijiy investorlarni quyidagi davlatga tegishli bo‘lgan aksiya paketlarini sotib olish bo‘yicha birja savdolariga taklif etadi.


Savdoga chiqarilayotgan davlat aksiya paketlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

Emitent nomi – “Namanganvino” AJ Namangan viloyati, Namangan tumani Xonobod MFY Istiqlol ko‘chasi 2-uy;

Emitentning faoliyat sohasi – Mahalliy xom-ashyo negizida, Vino, Aroq va Likyor mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlov berish;

Davlat aksiyalarini savdolarga qo‘yish sanasi va joyi – davlat aksiyalari 2019 yil 2 oktyabrda “Toshkent RFB” AJ savdolariga qo‘yiladi;

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 57,24 foiz;

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 618 666 (olti yuz o‘n sakkiz ming olti yuz oltmish olti)  dona oddiy aksiya;

Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 2 933 (ikki ming to‘qqiz yuz o‘ttiz uch) so‘m;

Bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 32 356 (o‘ttiz ikki ming uch yuz ellik olti) so‘m;

Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 20 017 557 096 (yigirma milliard o‘n yetti million besh yuz ellik etti ming to‘qson olti) so‘m;

Emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) - 3 170 086 122 (uch milliard bir yuz yetmish million sakson olti ming bir yuz yigirma ikki) so‘m;
Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;

Lotlar soni – 1 (bir) ta;

Emitentning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni sotuvchining, emitentning, fond birjasi va sotuvchi investitsiya vositasining veb saytlari va internet kanallaridan olish mumkin.     

Talabgorlar e’lon berilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kun ichida “Toshkent RFB” AJning maxsus portali (sayti) orqali birja qoidalariga muvofiq davlat aksiya paketlari sotib olish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishlari kerak.

Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Birja savdolariga chiqarilgan davlat aksiyalarini ularni savdoga qo‘yish narxi bo‘yicha sotib olishga ikki oy mobaynida buyurtmanoma bo‘lmagan taqdirda, har 15 kunda boshlang‘ich savdoga qo‘yish narxining 10 foiz miqdorida, lekin boshlang‘ich savdoga qo‘yish narxining 50 foizidan past bo‘lmagan holda, savdoga qo‘yish narxini qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qo‘llaniladi.

Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi  hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun o‘zi qaror qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni so‘rash va olishga haqlidir, o‘zining xususiyatiga ko‘ra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.

Qo‘shimcha ma’lumot va savollar yuzasidan quyidagilarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Sotuvchi:    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi.
Manzil:Namangan shahar Navoiy ko‘chasi 72-uy  
Telefon raqami:+998969 233-03-91
Telefaks raqami: +998969 233-51-52
Elektron pochta manzili: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак..
Veb-sayt www.namdavaktiv.uz

Sotuvchining investitsiya vositachisi: “Mulk sarmoya brokerlik uyi” aksiyadorlik jamiyati.
Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shox ko‘chasi 107 uy.
Telefon raqami:+99890 993-95-58
Telefaks raqami:0371 267-34-96
Elektron pochta manzili: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Web sayt: www.ndvakt.uz  

Emitent: “Namanganvino” AJ
Manzil: Namangan viloyati, Namangan tumani, Xonobod MFY, Istiqlol ko‘chasi 2-uy/
Telefon raqami: +99897 256-04-44
Telefaks raqami: +99878 223-04-81
Elektron pochta manzili: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.  Veb-sayt: Namanganvino.uz,


    Birja savdolarida ishtirok etishda huquqlaringiz buzilgan taqdirda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi ishonch telefonlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz: (0371) 259-21-37, 1082.