Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi mahalliy va xorijiy investorlarni quyidagi davlatga tegishli bo‘lgan aksiya paketlarini sotib olish bo‘yicha birja savdolariga taklif etadi.



Savdoga chiqarilayotgan davlat aksiya paketlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

Emitent nomi – “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJ Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani, Qurbonaliev ko‘chasi;

Emitentning faoliyat sohasi – Hidsizlantirilgan tozalangan paxta yog‘ini ishlab chiqarish;

Davlat aksiyalarini savdolarga qo‘yish sanasi va joyi – davlat aksiyalari 2019 yil 2 oktyabrda “Toshkent RFB” AJ savdolariga qo‘yiladi;
Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 51,7 foiz;

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 527 746 (besh yuz yigirma yetti ming yetti yuz qirq olti)  dona oddiy aksiya;

Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 3 034 (uch ming o‘ttiz to‘rt) so‘m;

Bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 42 693 (qirq ikki ming olti yuz to‘qson uch) so‘m;

Aksiyalar paketining savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi – 22 530 684 800 (yigirma ikki milliard besh yuz o‘ttiz million olti yuz sakson to‘rt ming sakkiz yuz) so‘m;

Emitentning ustav fondi miqdori (pul ifodasida) - 3 094 683 034 (uch milliard to‘qson to‘rt million olti yuz sakson uch ming o‘ttiz to‘rt) so‘m;
Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;

Lotlar soni – 1 (bir) ta;

Emitentning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni sotuvchining, emitentning, fond birjasi va sotuvchi investitsiya vositasining web saytlari va internet kanallaridan olish mumkin.     

Talabgorlar e’lon berilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kun ichida “Toshkent RFB” AJning maxsus portali (sayti) orqali birja qoidalariga muvofiq davlat aksiya paketlari sotib olish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishlari kerak.

Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Birja savdolariga chiqarilgan davlat aksiyalarini ularni savdoga qo‘yish narxi bo‘yicha sotib olishga ikki oy mobaynida buyurtmanoma bo‘lmagan taqdirda, har 15 kunda boshlang‘ich savdoga qo‘yish narxining 10 foiz miqdorida, lekin boshlang‘ich savdoga qo‘yish narxining 50 foizidan past bo‘lmagan holda, savdoga qo‘yish narxini qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qo‘llaniladi.

Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi  hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun o‘zi qaror qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha axborotni so‘rash va olishga haqlidir, o‘zining xususiyatiga ko‘ra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.

Qo‘shimcha ma’lumot va savollar yuzasidan quyidagilarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Sotuvchi:    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi.

Manzil:Namangan shahar Navoiy ko‘chasi 72-uy  
Telefon raqami:+998969 233-03-91
Telefaks raqami: +998969 233-51-52
Elektron pochta manzili: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак..
Veb-sayt www.namdavaktiv.uz

Sotuvchining investitsiya vositachisi: “Mulk sarmoya brokerlik uyi” aksiyadorlik jamiyati.

Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shox ko‘chasi 107 uy.
Telefon raqami:+99890 993-95-58
Telefaks raqami:0371 267-34-96
Elektron pochta manzili: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак. Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Veb sayt: www.ndvakt.uz  

Emitent: “Uchqo‘rg‘on-yog‘” AJ
Manzil:  Uchqo‘rg‘on tumani, Madaniyat MFY, Qurbonaliev ko‘chasi 2-uy
Telefon raqami: +99895 303-88-23
Telefaks raqami: +998969 462-37-84
Elektron pochta manzili: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.
Veb-sayt: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.,


    Birja savdolarida ishtirok etishda huquqlaringiz buzilgan taqdirda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi ishonch telefonlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz: (0371) 259-21-37, 1082.