Chop etish

Namangan shahridagi 30-maktabgacha ta’lim muassasida eng ulug‘, eng aziz ayyom – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqillikning 28 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

 


“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda muassasaning “Qaldirg‘och” nomli guruh tarbiyalanuvchilariga  navqiron avlodga Vatan, Mustaqillik atalmish buyuk ne’mat, milliy urf-odat va an’analarimiz haqida tushunchalar berildi. Bolajonlar tomonidan ona Vatanni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
                              

 Saida Rapiqova, 30-MTM tarbiyachisi