Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 7 sentyabr kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida hududlar va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv oldidan rahbariyat va komissiya a’zolari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishish hamda muammoli masalalarni o‘rganish maqsadida bir qator korxona va fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurishdi.

Yig‘ilish davomida tadbirkorlarning faoliyatini monitoring qilish va ularning so‘rovlariga tezkor javob berish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hududning eksport salohiyatini rivojlantirish tizimini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va banklar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik zarurligi bildirildi.

 

Kreditlarni rasmiylashtirish, har xil turdagi ruxsatnomalar, litsenziyalar va guvohnomalarni olishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik, shaffoflik tamoyillariga va biznes yuritishning qonuniyligiga rioya qilish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, eksport qiluvchi tashkilotlarning muammoli masalalari joyida hal qilindi: Vazirlikning hududlarga biriktirilgan xodimlari tegishli ko‘rsatmalar oldilar va ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni bajarilishini monitoring qilishni davom ettiradilar.

Namangan viloyati bo‘yicha Investitsiya va tashqi savdo vazirligi markaziy apparatidan biriktirilgan mas’ul xodimlar ro‘yxati ilovada keltirilgan.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech