Chop etish

Siz Madad nodavlat-notijorat tashkilotini eshitganmisiz? Bu tashkilot haqida ma’lumot bormi? Tabiiyki bu masalada aniq fikringiz bo‘lmasligi mumkin! Tashkilot tashkil etilganiga hech qancha vaqt bo‘lgan bo‘lsada, uni yaqindan tanishtirish, faoliyat yo‘nalishlari va maqsadidan xalqimizni xabardor etish maqsadida Namangan viloyat televideniesi orqali lavha tayyorladik.



Bugun Namangan davlat universitetida davra suhbati tashkil etildi. Fikrimizni ana shu haqda davom ettiramiz! Xabaringiz bor Adliya vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar aholi manfaatlari va ularning haq-huquqlari himoyasiga qaratilayotganligi bejiz emas. Inson hayoti davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha huquqiy savollarga javob izlab yashaydi. Ana shu maqsadda fuqarolarimiz uchun bepul huquqiy maslahatlarini berib kelayotgan, har tomonlama qulay va zamonaviy portal bu - Advice.uz hisoblanadi.
Buyuk Britaniya tajribasi asosida yaratilgan portal yurtimizda ish boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. U O‘zbekiston tarixida o‘xshashi bo‘lmagan interaktiv saytdir. Unda inson hayoti davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha huquqiy savollarga javoblar jamlangan. Shu bilan bir qatorda foydalanuvchilar onlayn rejimda savol berib, javob olishlari mumkin bo‘lgan onlayn muloqot tizimi mavjud bo‘lib, bu o‘ziga xos huquqiy tez yordam demakdir.

Bu boradagi munosabatlarni yanada tartibga solish maqsadida shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga huquqiy axborotni etkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Qaror bilan «Madad» — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi. Uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarini, shuningdek, tuman (shahar)larda ularning huquqiy maslahat byurolari tashkil etilishi kutilmoqda.

Quyidagilarni Muassasaning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha shu jumladan, onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish;

fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish ishlariga ko‘ngillilarni safarbar etish;

fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga ko‘ra huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etish;

«Advice.uz» (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalining muntazam ravishda yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.

Bundan tashqari, “Adolat ” huquqiy axborot markazi» davlat muassasasi vazirlik huzurida faoliyat olib borayotgan bo‘lib, Qarorda muassasa vazifalari ham belgilab berildi.
Jumladan, qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini yuritish, shuningdek, qonun hujjatlarining Milliy bazada rasmiy nashr etilishini ta’minlash;

normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga elektron shaklda etkazilishini ta’minlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan belgilangan tartibda foydalanilishini ta’minlash;
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
autsorsing shartlarida yuridik adabiyotlar va rasmiy nashrlarning rasman chop etilishini ta’minlash;

Bu borada aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini hali ko‘p bora davom ettiramiz! Muhimi fuqarolar ushbu tashkilot berishi mumkin bo‘lgan madaddan foydalansalar kifoya.

Eslatib o‘tamiz!

Advice.uz – fuqarolarga hamisha, hamma joyda istalgan muammo yuzasidan konfedensial bepul huquqiy maslahat beradi.

Advice.uz hech qanday tijoriy maqsadlarni ko‘zlamagan ijtimoiy loyihadir. Ushbu loyihaning maqsadi fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.
Brauzeringizga hoziroq Advice.uz ni tering va muammolaringizga biz bilan qonuniy echim toping!

Advice.uz – ayni daqiqalardan boshlab xizmatingizda!

Namangan viloyat adliya boshqarmasi