Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Bugungi sa’y-harakatlarimiz, maqsad-muddaomiz xalqimizning bugungi hayotidan rozi, ertangi kunidan ko‘ngli to‘q bo‘lishiga qaratilgan. Buni har bir rahbar yurakdan his qilishi va zimmasidagi ulkan mas’uliyatni anglab mehnat qilishi lozim. Shuni unutmaylikki, kechagi uslub, qotib qolgan qarashlar bilan oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Bugungi davr barchamizdan yangicha fikrlashni, zamon shiddatiga mos ishlashni taqozo etadi – deydi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev.


Darhaqiqat, viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar, bunyodkorlik ishlari, umuman, xalqimiz hayotini, turmush darajasini oshirish yuzasidan ulkan vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib kelayotgan tadbirkorlar va chet el investorlari bugun Adliya idoralarining diqqat e’tiborida.

Bu boradagi ishlarni jonlantirish, tadbirkorlarga huquqiy jihatdan yordam berish, ularning jadal rivojlanib borayotgan investitsion muhitga nisbatan ijobiy fikrlarini shakllantirish maqsadida Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Kosonsoy tumanida joylashgan Barkas tex O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida bo‘ldi. U erda korxona rahbari va xodimlar bilan uchrashdi.


SHu bilan bir qatorda tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari tomonidan barcha turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan ishlab chiqarish ob’ektlarida keng ko‘lamdagi manzilli targ‘ibotlar o‘tkazildi. Unda asosiy e’tibor tadbirkorlarimiz manfaatlari uchun xizmat qilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, soliq va bojxona imtiyozlari, ularga yaratilgan preferensiyalar va boshqa muhim ma’lumotlarga qaratildi.

SHuni guvohi bo‘ldikki, har bir hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi bor. Bunga birgina Uychi tuman misolida to‘xtalsak:


Bo‘lim boshlig‘i tomonidan ip yigiruv, netril va lateks qo‘lqoplar hamda paypoq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Mega tekstil” qo‘shma korxonasiga borilib, korxona rahbarlari bilan suhbatlashildi. Suhbat davomida korxonaning hozirda Turkiyalik investor Veli Gyunesh rahbarligidagi “O‘rta Osiyo tekstil” korxonasi (85% ulushga ega) bilan hamkorlikda qaytadan jihozlash ishlari ketayotganligi, 11,5 mln AQSH dollari miqdoridagi yangi dastgohlar o‘rnatilishi, shunda hozirda 3,5 mln AQSH dollari miqdordagisi Germaniyadan olib kelinib, o‘rnatilayotganligi, 430 ta ishchi o‘rni yaratish rejasi borligini aytib o‘tdi.
O‘z oldilariga ulkan maqsadlarni qo‘ygan bu kabi tadbirkorlarimiz Namangan shahar, Chust, Pop, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on va Norin tumanlarida ham faoliyat olib borib, hudud aholisini bandligini ta’minlab, yurtimiz va jahon bozoriga o‘z mahsulotlarini yetkazib kelayotganlaridan xursandmiz!


Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech